QQS stavkasi yana pasaytiriladi
Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ta’kidlab o‘tilganidek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirilishi kutilmoqda.
Ayni paytda Farg‘ona viloyatida QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 14 226 tani tashkil etmoqda. Demak, mazkur soliq stavkasining pasayishi 14 mingdan ortiq tadbirkorga qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlar yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 1-oktabrdan QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizga pasaytirilgan edi.
#ochiq_muloqot_Fergana #QQS
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt