Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#imtiyoz #issiqxona
✅ Issiqxonalar uchun mol-mulk va yer soliqlaridan imtiyoz berilgan
Aholi tomorqalari va xonadonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan
🔹issiqxonalar va uy issiqxona majmualari uchun yer soligʻi stavkalari,
🔹uy issiqxona majmualari* tarkibidagi turar joylar uchun mol mulk soligʻi stavkalari
ular foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida 50 % miqdorda qoʻllaniladi.
Bunda:
🔸aholi tomorqalari va xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalar maydoni kamida 10 sotix, uy issiqxona majmualarining maydoni kamida 20 sotix boʻlishi lozim;
🔸issiqxona va uy issiqxona egasi oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyat olib boradi va ushbu faoliyat boʻyicha olingan daromadi soliqqa tortilmaydi;
🔸uy issiqxona tashkil etish uchun yer maydonlari investorlar oʻrtasida oʻtkaziladigan ochiq tanlov yakunlari boʻyicha ijara huquqi asosida ajratadi. Ijara muddati yakunlangandan soʻng uy issiqxona majmuasi mulk huquqi asosida, joylashgan yeri ijara huquqi asosida (ijara shartnomasi amal qilish muddatiga) beriladi;
🔸issiqxonalar va uy issiqxona majmualari investorlar tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy va energiya tejamkor uskuna-jihozlardan foydalangan holda tashkil etilishi lozim.
Yuqoridagi talablarga javob beradigan xonadonlarda tashkil etilgan issiqxona va yangi qurilgan uy issiqxona majmualari egalari imtiyozdan foydalanish uchun issiqxona joylashgan hududdagi soliq inspeksiyasi yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy kabineti orqali murojaat yuborishi lozim.
* Uy issiqxona majmualari — qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari, zaxiradagi hosildorligi past boʻlgan paxta va gʻalladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz deb topilgan bogʻ va tokzorlar joylashgan boʻsh yer maydonlarida har birining maydoni kamida 20 sotix boʻlgan turar joy majmuasini ham qamrab olgan issiqxonalar.
👉PQ 5138 son 07.06.2023
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM