Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.41K photos
597 videos
43 files
2.72K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lash aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilarga yengilliklar beradi: mazkur yangilik mohiyati tadbirkorlarga yetkazilmoqda

🗓2023-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar ixtiyoriy asosda jami daromad summasiga qarab 20 mln yoki 30 mln so‘m qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni tanlash huquqiga egalar.

Ayni kunlarda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida mazkur yangilik mohiyati va afzalliklari tadbirkorlarga joyiga chiqqan holda batafsil tushuntirilmoqda. Ta’kidlash joiz, qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibiga o‘tish soliq to‘lovchiga qator yengilliklar beradi.

✔️Misol uchun, Farg‘ona shahrida umumiy ovqatlanish xizmatini ko‘rsatuvchi "SAMIYA SHIRIN TAOMLARI" MChJ ning 2022-yildagi tovar aylanmasi 921,2 mln so‘m bo‘lib, 8 foizli stavkada 73,7 mln so‘m aylanmadan olinadigan soliq to‘lagan. Ushbu tadbirkorlik subyekti 2023-yilda ham xuddi shunday tovar aylanmaga ega bo‘ladigan bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra, 30 mln so‘m qat’iy soliq to‘laydi, ya’ni, 2022-yil bilan taqqoslaganda 43,7 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ tadbirkor ixtiyorida qoladi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar jarayonida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lash tartibiga o‘tish va soliq to‘lash muddatlari tushuntirilmoqda.

#aylanmadan_olinadigan_soliq

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM