Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.93K subscribers
4.72K photos
523 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 9-10 noyabr dam olish (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 11-noyabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga to‘langan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi

Hukumat Qarori (745-son, 07.11.2024 y.) bilan Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga byudjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik Nizomi tasdiqlandi.

⚡️ Vaqtinchalik Nizomga ko‘ra, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga - budjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

🔰2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

60 foiz va undan yuqori bo‘lganda — budjetga to‘langan soliqning 40 foizi;
60 foizdan kam bo‘lganda — budjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

🗓Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

Soliqning bir qismi quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:

🔸hisobot davrida soliq bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;

🔸hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam bo‘lmaganda;

🔸hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.

❗️Vaqtinchalik Nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Stol tennisi boʻyicha U-15 “O‘zbekiston kubogi" musobaqasiga start berildi

Avval xabar berganimizdek, Farg’ona viloyatida joriy yil 9-14-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi, Soliq qo'mitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida 🏓stol tennisi boʻyicha U-15 “OʻZBEKISTON KUBOGI”🏆 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun musobaqaning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

“OʻZBEKISTON KUBOGI”da mamlakatimizning 14 hududidan 15 yoshgacha bo'lgan 180 nafar professional sportchilar g’oliblik uchun qizg’in bahslarga kirishdilar.

Sportchilarga omad tilaymiz!


Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 11-noyabr

oktabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

noyabr oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram
#EHF

10-noyabr dam olish kuniga (ishlanmaydigan kun) to‘g‘ri kelganligi sababli, EHF rasmiylashtirishning oxirgi muddati 11-noyabrga koʻchirildi.

❗️Eslatib o'tamiz, EHF qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etilishi va qabul qilinishi lozim.
__________
#ЭСФ

В связи с тем, что 10 ноября - выходной (нерабочий) день, последний день оформления ЭСФ перенесен на 11 ноября.

❗️Напоминаем, что выставлять и принимать ЭСФ следует в установленные законодательством сроки.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#EHF #MXIK

Elektron hisobvaraq-fakturalarda paxta xom ashyosi tonnada realizatsiya qilinishi lozim

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisobvaraq-faktura asosida) bir tonna paxta xom ashyosi uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mln so‘m miqdorida subsidiya beriladi.
❗️Paxta-to‘qimachilik korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi hamda urug‘lik paxta bundan mustasno.

Shundan kelib chiqib, paxta xom ashyosi va paxta tolasi uchun MXIKga yagona o‘lchov birligi sifatida - tonna biriktirildi.

Endilikda, ushbu mahsulotlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda tonna o'lchov birligi avtomatik ravishda shakllanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollangan xodimlarning soliq qarzlarini shaxsiy kabineti orqali toʻlashlari mumkin

Buning uchun YTT “my3.soliq.uz” saytidan “Soliq majburiyatlari” bo‘limida “Yollanma xodimlarning soliqlarini to‘lash” xizmatini tanlashi kerak.

Ochilgan oynada YTT bilan mehnat munosabatida bo‘lib ro'yxatdan o'tgan yollanma xodimlar avtomatik ravishda aks etadi va soliq qarzining mavjudligi yoki yo'qligi to'g'risida ma'lumot ko‘rsatiladi.

Shu bilan birga, faqat soliq qarzi mavjud yollanma xodimlar yoki barcha xodimlarni tanlashingiz mumkin:
▪️"Qarzdorligi mavjud xodimlar" - joriy davr holatiga;
▪️"Barcha xodimlar" - umumiy miqdor.

Bitta yollanma xodim qarzini to'lash uchun "To'lov summasi" qatorida to'lanishi kerak bo'lgan miqdorni ko'rsatish hamda "To‘lash" tugmasini bosish va to'lovni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash kerak.

Shuningdek, bir vaqtning o'zida barcha yollanma xodimlarning soliq qarzi va hisoblangan soliqlarni to'lash mumkin. Buning uchun "To'lov summasi" qatorida to'lanishi kerak bo'lgan miqdor kiritilib, shu oynaning yuqori o‘ng qismida "Hammasini to‘lash" tugmasini bosish va to'lovni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash kerak.

Istalgan vaqtda amalga oshirilgan to‘lovlar yuzasidan "To‘lovlar reestri" bo‘limiga kirgan holda to‘lov topshiriqnomalar holatini kuzatish, topshiriqnomani yuklab olish imkoniyati mavjud.

Agar yollanma xodimlarni soliq qarzi bo'lmasa, ekranda "To‘lov summasi" qatorida summa shakllanmaydi va "To‘lash" yozuvi paydo bo'lmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda

Joriy yil 20-oktabrdan 20-noyabrga qadar soliq xizmati xodimlari o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda tizim xodimlari uchun profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Quvasoy shahri, Qo‘shtepa va Uchko‘prik tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berdilar.

Soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik ahamiyati tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

Tekshiruvdan oldingi tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilish holati Barqarorlik reytingida baholanadi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida "Ta'mirlash tiklash" MChJ vakillari bilan uchrashib, reytingdagi mezonlarni batafsil tushuntirdilar.

Soliq organlari tekshiruvdan oldingi tahlil natijasida aniqlagan kamchiliklarning bartaraf etilish holati axborot tizimlaridan foydalangan holda o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlil natijasida kamchilik aniqlanmaganligi yoki ularning bartaraf etilganligidan kelib chiqib baholanishi tushuntirildi👉

🔹kamchilik aniqlanmagan yoki keltirilgan kamchiliklarning mavjud emasligi asoslantirilgan yoxud kamchiliklar ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan bo‘lsa — 10 ball beriladi;

❗️Bunda kamchiliklar bartaraf etilmagan yoki keltirilgan kamchiliklarning mavjud emasligi asoslantirilmagan bo‘lsa5 ball chegiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati qanday to'xtatib turiladi?

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish, tugatish) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
👉Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom

Yuqoridagi qonunchilikka ko‘ra yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi faoliyatingizni vaqtincha toʻxtatib turish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz lozim.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt