Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.88K photos
537 videos
42 files
2.49K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul Rishton tumanida o‘tkazildi

Mazkur tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham ishtirok etib, muammoga yechim izlab qabulga kelgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi, murojaatlarni o‘rgandi.

Qabul davomida boshqarma boshlig‘iga yer va mol-mulk soliqlari, yer uchastkasi toifasini o‘zgartirish, faoliyatini qonuniy tugatishda amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, subsidiya ajratish, tayanch ustunlari o‘rnatish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabullar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌 Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan quyidagi jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi👉

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan🎖🏅fuqarolar;

🔹urush nogironlari va qatnashchilari🛂, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

🔹sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining🛃 ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);

🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi👉

🔹 o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining👨‍👨‍👧‍👧;

🔹pensionerlarning;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning♿️.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
TOP-20: “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 100 ball bo‘lgan xodimlar

Joriy yil sentabr oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) - 84,8 ballni tashkil etdi.

E'tiborlisi, “Mahallabay” tizimida viloyatimizdagi 1 063 ta mahallada 435 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ularning 20 nafari samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha maksimum - 100 ballik natijani qayd etdilar hamda mukofotlash uchun tavsiya etildilar.

Ta'kidlash joiz, eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etishda Oltiariq tumani soliq inspeksiyasi xodimlari (5 nafar) yetakchilik qilmoqda.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi
oʻz kuch va imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, mahalladagi soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni namunali yo‘lga qo‘ygan hamda samaradorlik ko‘rsatkichi eng baland bo‘lgan ushbu xodimlarni samimiy tabriklaydi!

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram
#barqarorlik_reytingi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari Barqarorlik reytingida qo‘shimcha ball olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish hamda o‘rta, qoniqarli va quyi toifadagi tadbirkorlik subyektlarini yuqori toifaga olib chiqish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Xususan, mas’ul xodimlar "Far poydevori" MChJ vakillari bilan uchrashib, reytingdagi mezonlarni shaxsiy cabinet orqali tahlil qilib, jamiyat hisobchisiga batafsil tushuntirdilar.

Shuningdek, tadbirkorlik subyekti xodimlarining umumiy sonida “Yagona ijtimoiy reyestr”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va nogironligi bo‘lgan shaxslar ulushi 20 foizdan yuqori bo‘lganda — rag‘batlantiruvchi 10 ball; 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lganda — 5 ball berilishi yetkazildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#hamkorlik

Uchrashuv davomida Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyevga Qozogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qoʻmitasining oʻn yilligi munosabati bilan ko'krak nishoni topshirildi.

MDH mamlakatlari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar yaqin iqtisodiy hamkorlik va biznesni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qilayotganini alohida taʻkidlash joiz.

Muvofiqlashtiruvchi kengash soliq maʻmuriyatchiligi sohasida samarali hamkorlik qilish uchun muhim platformaga aylandi. Ilgʻor tajriba almashish tufayli tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning yagona mexanizmlari ishlab chiqilmoqda, zamonaviy raqamli xizmatlar va servislar joriy etilmoqda, bu esa tadbirkorlar uchun qulay biznes muhitini yaratmoqda.

Bunday oʻzaro hamkorlikning asosiy yoʻnalishlaridan biri soliq qonunchiligini takomillashtirish va buning natijasida tadbirkorlik erkin rivojlanishi, soliq organlari qonunchilikka rioya etilishi ustidan samarali nazorat olib borishi mumkin boʻlgan makonni yaratishdan iborat. Amalga oshirilayotgan yechimlar biznes yuritishni osonlashtiribgina qolmay, balki mamlakatlarimiz budjetlariga soliq tushumlarini oshirishga ham xizmat qilmoqda.

Doʻstona munosabatlarning mustahkamlanishi yanada yuksalish va farovonlik uchun zamin yaratadi. Birgalikdagi saʻy-harakatlar bugungi kundagi muammolarni yengib oʻtish va iqtisodiyotni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan.
__________
#сотрудничество

В ходе Заседания в честь десятилетия Комитета государственных доходов Министерства финансов Республики Казахстан председателю Налогового комитета Шерзоду Кудбиеву вручен нагрудный знак.

Стоит отметить, что дружественные отношения между странами СНГ служат основой для тесного экономического взаимодействия и выработки инициатив, направленных на развитие бизнеса.

Координационный совет стал важной платформой для эффективного взаимодействия в сфере налогового администрирования. Благодаря обмену лучшими практиками создаются единые механизмы поддержки бизнеса, внедряются современные цифровые услуги и сервисы, что делает бизнес-среду удобной для предпринимателей.

Одним из ключевых направлений такого взаимодействия является гармонизация налогового законодательства и, как следствие, создание такого пространства, где бизнес может свободно развиваться, а налоговые органы эффективно контролировать соблюдение законодательства. Внедряемые решения не только облегчают ведение бизнеса, но и способствует увеличению налоговых поступлений в бюджеты наших стран.

Укрепление дружественных отношений создает прочную основу для дальнейшего роста и процветания. Совместные усилия направлены на преодоление текущих вызовов и создание условий для успешного экономического развития.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig'i qaysi obyektlar uchun to'lanadi?

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
👉
Soliq kodeksi 423-modda

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
▫️uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlar;
▫️daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlar;
▫️qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar;
▫️koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari;
▫️boshqa imoratlar, binolar va inshootlarga
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 419-modda

👉2024-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer solig'i qaysi obyektlar uchun to'lanadi?

Jismoniy shaxslar yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
👉 Soliq kodeksi 440-modda

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 433-modda

Quyidagilar yer soligʻi obyektlari hisoblanadi:
▫️qishloq va dehqon xoʻjaligi uchun berilgan;
▫️yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun berilgan;
▫️jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchilik uchun berilgan,
▫️yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan;
▫️meros yoki hadya qilingan va sotib olinganda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan;
▫️qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan;
▫️tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilganda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari ostidagi yer uchastkalari.
▫️xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
▫️ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari
👉 Soliq kodeksi 434-modda

👉2024-yil uchun yer solig‘i bazaviy stavkalari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida faoliyat yuritish afzalliklari va Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish qulayliklari
______
O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt


1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (375 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq  (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

*Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning  daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt