Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#yer_soligi #imtiyoz

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Jinoyat Kodeksining 179-moddasi
ga asosan, soxta tadbirkorlik, ya’ni ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan

ssudalar, kreditlar olish;
foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish);
boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish 👉

BHM*ning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

*2024-yil 1-oktabrdan boshlab BHM 1 baravari = 375 000 so‘m

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#EHF #MXIK

Elektron hisobvaraq-fakturalarda paxta xom ashyosi tonnada realizatsiya qilinishi lozim

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisobvaraq-faktura asosida) bir tonna paxta xom ashyosi uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mln so‘m miqdorida subsidiya beriladi.
❗️Paxta-to‘qimachilik korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi hamda urug‘lik paxta bundan mustasno.

Shundan kelib chiqib, paxta xom ashyosi va paxta tolasi uchun MXIKga yagona o‘lchov birligi sifatida - tonna biriktirildi.

Endilikda, ushbu mahsulotlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda tonna o'lchov birligi avtomatik ravishda shakllanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Jismoniy shaxslardan undirilgan mol-mulk va yer soliqlarining 10 foizi “Mahalla budjeti”da qoladi

📃“Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-209-son, 25.12.2023)ga ko‘ra,

🗓2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi amaliyotga joriy etildi.

Unga ko‘ra, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha undirilgan mablag‘larning (noturar joylar bo‘yicha undiriladigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bundan mustasno) 10 foizi har bir mahalladagi Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilgan.

Batafsil infografikada.

#yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar!

Muhtaram ustoz va murabbiylar! Sizlarni, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlari va faxriylarini umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Biz ustoz zotini azaldan otaday ulug‘ deb biladigan, hamisha boshiga ko‘tarib e’zozlaydigan ma’rifatparvar xalq farzandlarimiz.

Har birimiz qaysi sohada, qanday martabada boʻlsak ham biz erishgan yutuq va muvaffaqiyatlarimiz ustozlarimiz bergan taʼlim-tarbiya samarasidir. Buning uchun, albatta, sizlarning oldingizda hamisha taʼzimdamiz.

Hurmatli ustoz va murabbiylar, soliq tizimi faxriylari! Bugungi umumxalq bayrami munosabati bilan barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Sharafli kasbingiz tufayli hamisha xalqimiz va shogirdlaringiz ardogʻida yuring!

Hurmat bilan,
Maqsudxon Mamatxanov,
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i

Telegram I Facebook I Instagram I
#ijtimoiy_soliq

1-oktabrdan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliq miqdori o‘zgardi

❗️2024-yil 1-oktabrdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) oyiga 375 000 so‘mni tashkil etadi.

Ushbu oydan boshlab ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) oyiga 375 000 so‘m;

🔹savdo majmualari
va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 187 500 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 375 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 375 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – oyiga 187 500 so‘m.

🔹 o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 1-dekabrga qadar ixtiyoriy asosdayiliga 375 000 so'm.

👉 Soliq kodeksi 408-modda

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul Rishton tumanida o‘tkazildi

Mazkur tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham ishtirok etib, muammoga yechim izlab qabulga kelgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi, murojaatlarni o‘rgandi.

Qabul davomida boshqarma boshlig‘iga yer va mol-mulk soliqlari, yer uchastkasi toifasini o‘zgartirish, faoliyatini qonuniy tugatishda amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, subsidiya ajratish, tayanch ustunlari o‘rnatish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabullar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌 Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan quyidagi jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi👉

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan🎖🏅fuqarolar;

🔹urush nogironlari va qatnashchilari🛂, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

🔹sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining🛃 ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);

🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi👉

🔹 o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining👨‍👨‍👧‍👧;

🔹pensionerlarning;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning♿️.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
TOP-20: “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 100 ball bo‘lgan xodimlar

Joriy yil sentabr oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) - 84,8 ballni tashkil etdi.

E'tiborlisi, “Mahallabay” tizimida viloyatimizdagi 1 063 ta mahallada 435 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ularning 20 nafari samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha maksimum - 100 ballik natijani qayd etdilar hamda mukofotlash uchun tavsiya etildilar.

Ta'kidlash joiz, eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etishda Oltiariq tumani soliq inspeksiyasi xodimlari (5 nafar) yetakchilik qilmoqda.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi
oʻz kuch va imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, mahalladagi soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni namunali yo‘lga qo‘ygan hamda samaradorlik ko‘rsatkichi eng baland bo‘lgan ushbu xodimlarni samimiy tabriklaydi!

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram
#barqarorlik_reytingi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari Barqarorlik reytingida qo‘shimcha ball olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish hamda o‘rta, qoniqarli va quyi toifadagi tadbirkorlik subyektlarini yuqori toifaga olib chiqish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Xususan, mas’ul xodimlar "Far poydevori" MChJ vakillari bilan uchrashib, reytingdagi mezonlarni shaxsiy cabinet orqali tahlil qilib, jamiyat hisobchisiga batafsil tushuntirdilar.

Shuningdek, tadbirkorlik subyekti xodimlarining umumiy sonida “Yagona ijtimoiy reyestr”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va nogironligi bo‘lgan shaxslar ulushi 20 foizdan yuqori bo‘lganda — rag‘batlantiruvchi 10 ball; 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lganda — 5 ball berilishi yetkazildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt