Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#keshbek

Avgust oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingidagi rag‘batlantiruvchi mezonlar tadbirkorlarga yetkazilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar davom ettirilmoqda.

Muloqotlarda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 10 ta umumiy mezon, yana qo‘shimcha 45 ball olish mumkin bo‘lgan rag‘batlantiruvchi, shu bilan birga, kamaytiruvchi mezonlar batafsil tushuntirilmoqda.

Xususan, avtomobil transportida yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Elegant avto klassik" xususiy korxonasi qoniqarli (CCC) toifada ekanligi hamda reytingni shaxsiy kabinet orqali muntazam kuzatib borish mumkinligi yetkazildi. Shuningdek, reytingni yuqori toifaga olib chiqish uchun zarur tavsiyalar berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti va to‘lov topshiriqnomalarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉 Soliq kodeksi 220-modda

Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YTTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 2-qism

Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 5-qism

Soliq organlarining axborot tizim orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
👉 MJTK 309-prim 3-modda / Soliq kodeksi 56-modda

*2024-yil 1-oktabrdan boshlab BHM 1 baravari = 375 000 so‘m

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#elon

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Soliq mobil ilovasining "Soliqlarni to‘lash" hamda "Ota-onam soliqlarini to‘lash" bo‘limlari hamda my3.soliq.uz sayti soliq to'lovchilar shaxsiy kabinetining "Jismoniy shaxslarning soliqlarini to‘lash" bo‘limida profilaktik ishlari o‘tkazilmoqda.

Bu vaqtda jismoniy shaxslar soliqlarni boshqa elektron toʻlov tizimlari yoki tijorat banklarining kassalari orqali toʻlashlari mumkin.

Soliq ilovasida va shaxsiy kabinetda ushbu xizmatning qayta tiklanishi haqida qo‘shimcha ravishda ma'lumot beriladi.
_________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В разделе "Оплата налогов" и "Оплата налогов родителей" в мобильном приложении Soliq и в разделе "Оплата налогов физических лиц" в персональном кабинете налогоплательщика на сайте my3.soliq.uz проводятся профилактические работы.

В данное время физические лица могут производить оплату по налогам через другие электронные платежные системы или в кассах коммерческих банков.

О возобновлении работы данной услуги в приложении Soliq и в персональном кабинете будет сообщено дополнительно.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan tadbirlar

Soliq xizmati organlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Marg‘ilon shahri, Oltiariq
va Yozyovon tumanlari soliq inspeksiyalari xodimlari bilan uchrashuv tashkil etilib, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaning barvaqt oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Muloqotlar davomida davlat xizmatchisi uchun soliq organlarida qo‘yilgan talablar va yaratilgan sharoitlar, mansab vakolatini suiiste'mol qilish holati aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari eslatib o‘tildi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennis

Stol tennisi bo’yicha “Soliq qo’mitasi kubogi” musobaqasining respublika bosqichiga start berildi.

Unda mamlakatimizning 14 hududidan 100 nafardan ortiq saralangan havaskor sportchilar bahslarga kirishadi.
_______
#настольный_теннис

Стартовал республиканский этап соревнований по настольному теннису за Кубок Налогового комитета.

В нем принимают участие более 100 любителей спорта из 14 регионов республики.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yer_soligi #imtiyoz

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Jinoyat Kodeksining 179-moddasi
ga asosan, soxta tadbirkorlik, ya’ni ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan

ssudalar, kreditlar olish;
foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish);
boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish 👉

BHM*ning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

*2024-yil 1-oktabrdan boshlab BHM 1 baravari = 375 000 so‘m

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt