Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.94K subscribers
4.72K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Toshloq tumanida tadbirkorlar uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

Aholi bilan yaqindan muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida viloyatning barcha shahar va tumanlarida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Toshloq tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirkorlar bilan uchrashuvda soliq boshqarmasi rahbariyati ham bevosita ishtirok etib, tadbirkorlar murojaatlarini yaqindan tingladi.

Qabul jarayonida soliq imtiyozlarini qo‘llash, yakka tartibdagi tadbirkor uchun hisoblangan soliqlarni ko‘rib chiqish, soliq qarzdorligi kabi soliq ma'murchiligi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun amaliy yordam berish masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi hamda ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
#ijara

Uy-joy ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Fuqarolar oʻrtasida tuzilgan uy-joy ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
👉 Fuqarolik kodeksi 603-modda

Uy-joy ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

Uy-joy ijara shartnomasi ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin. Agar:
▫️belgilangan muddatdan 2-martadan koʻproq haq toʻlanmasa;
▫️uy-joy vayron qilingan boʻlsa;
▫️uy-joydan gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanilsa.

👉 Fuqarolik kodeksi 615-modda

2022-yil 1-yanvardan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan koʻchmas mulk ijara shartnomalari “E-ijara” xizmati yoki Soliq mobil ilovasi orqali masofadan turgan holda elektron shaklda soliq organlarida hisobga qoʻyiladi.
👉 VMQ-595-son 3-band 22.09.2021

Koʻchmas mulk ijara shartnomasi belgilangan namunaviy shaklga muvofiq yoki qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan shaklda tuziladi.
👉 VMQ-150-son. 02.04.2022

Taraflarning kelishuviga binoan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan “E-ijara” tizimi orqali real vaqt rejimida hisobdan chiqariladi.
👉 VMQ-150-son. 02.04.2022

Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq organlarida hisobga qoʻyishda ijara shartnomasi ham, uni bekor qilish uchun ikki tomonlama kelishuv ham yozma (qogʻoz) shaklda tuzilgan bo‘lishi lozim. Ushbu hujjatlar asosida ijara shartnomasi hisobga qoʻyiladi va hisobdan chiqariladi.

Soliq organlarida:
- yozma shaklda tuzilgan ijara shartnomasi hisobga qoʻyiladi.
- ijara shartnomasi yozma shaklda tuzilgan 2 tomonlama kelishuv asosida hisobdan chiqariladi.

Ijaraga beruvchi 2 tomonlama kelishuv tuzmagan holda ijara shartnomasini (soliq organida) hisobdan chiqargan boʻlsa, sud organlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.

A.Mahmudov,
Soliq qo‘mitasi boʻlim boshligʻi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Toshloq tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Mazkur muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad hududdagi tadbirkorlarning muammo hamda takliflarini o‘rganish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

Mazkur tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ishtirok etib, tadbirkorlar bilan bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning murojaatlarni o‘rgandi.

Uchrashuvda soliq imtiyozlarini qo‘llash, yakka tartibdagi tadbirkor uchun hisoblangan soliqlarni ko‘rib chiqish, soliq qarzdorligi kabi soliq ma’murchiligi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun amaliy yordam berish masalalari yuzasidan jami 35 ta murojaatlar kelib tushdi hamda ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, tadbir jarayonida soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan namunali tadbirkorlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Keshbek olish uchun FACE IDdan o‘tish lozim

Buning uchun:

📱Face ID bo'limiga kiring;
🪪 jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) ko‘rsating;
👨 Yuz ID
tizimi yuzingizni suratga oladi va tahlil qilib beradi.

✔️Muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan so'ng shaxsingiz tasdiqlanadi.

Iyun oyi uchun keshbek 25-iyuldan keyin tasdiqlanadi.
______
#кешбэк

Для получения кешбэка необходимо пройти Face ID

Для этого:

📱войдите в раздел Face ID;
🪪 укажите персональный идентификационный номер физического лица (ПИНФЛ);
👨 система Yuz ID сфотографирует и проанализирует ваше лицо.

✔️После успешной авторизации ваша личность будет подтверждена.

Суммы кешбэка за июнь будут подтверждаться после 25 июля.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

130 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti o‘z reytingini oshirdi

Barqarorlik reytingining xo‘jalik subyektlari faoliyatiga ijobiy ta'siri davom etmoqda.

Bunda soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan barqarorlik reytingidagi har bir mezon bo‘yicha tadbirkorlarga tavsiya va tushuntirishlar berib borilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Olib borilayotgan ishlar natijasida iyul oyining o‘tgan davrida 130,6 ming tadbirkorlik subyekti oʻz reytingini oshirdi.

📈Reyting toifalari boʻyicha tadbirkorlar 24.07.2024-yil holatiga:

🟩AAA 625 ta;
🟩AA 1 862 ta;
🟩A 2 900 ta;

🟦BBB 15 195 ta;
🟦BB 35 457 ta;
🟦B58 551 ta;

🟪CCC 38 043 ta;
🟪CC144 369 ta;
🟪C109 641 tani tashkil etmoqda.

Oʻz navbatida, 130 596 ta tadbirkor barqarorlik reytingining eng quyi – D toifasidan boshqa toifalarga o‘tgan. Shundan 12,4 mingtasi iyul oyiga to‘g‘ri keladi.

Reytingi koʻtarilgan tadbirkorlar sonining eng yaxshi oʻsish surʻatlari quyidagi hududlarda qayd etildi:
📍Toshkent shahrida – 16 420 ta;
📍Fargʻona viloyatida – 11 754 ta;
📍Samarqand viloyatida – 11 051 ta.

Joriy yil 24-iyul holatiga AAA toifadagi 236 ta tadbirkorlik subyektiga 421 ta ariza bo'yicha ortiqcha QQS toʻlovidan 400,1 mlrd soʻm mablagʻlar bir kun muddatda qoʻshimcha tekshiruvlarsiz qaytarilgan. Shundan, 83,8 mlrd so‘mi iyul oyining o‘tgan davrida 116 ta ariza bo'yicha 102 ta tadbirkorlik subyektiga qoplab berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Biznes tadbirlarini tashkil qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi beriladi


“Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-102-son, 18.07.2024-y.

Farmonga muvofiq, 01.01.2025-yil – 01.01.2028-yilgacha tadbirkorlar Oʻzbekistonda biznes tadbirlarni tashkil qilishdan tushgan daromadlaridan olingan foyda soligʻini 2 barobar kamaytirilgan soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.

Bunda biznes tadbirlari 3 kundan kam boʻlmagan muddatda, kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchi bilan oʻtkazilishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Barqarorlik reytingi mohiyati va imkoniyatlari tushuntirilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish hamda o‘rta, qoniqarli va quyi toifadagi tadbirkorlik subyektlarini yuqori toifaga olib chiqish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Xususan, mas’ul xodimlar Farg‘ona shahridagi "JIDDA PHARM" MChJga qarashli dorixonaga borib, korxona rahbari va hisobchisi bilan yuzma-yuz muloqot qildilar.

Ayni paytda korxona “B” toifada turganligi, reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun imkoniyatlar yetarli ekanligi tushuntirildi va zarur tavsiyalar berildi.

❗️2024-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda beriladi.
#imtiyoz

Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish

Avval xabar berganimizdek, “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish” interaktiv xizmati my3.soliq.uz portalida ishga tushirilgan.

Ushbu xizmatdan yuridik shaxslar, QQS va AOS to‘lovchilari bo‘lgan YTTlar foydalanishi mumkin.

Interaktiv xizmat orqali imtiyoz mavjud bo‘lgan ko‘chmas mulk egalik huquqi yoki maydoni o‘zgarganda ham ushbu obyekt uchun murojaat yuborish mumkin.

Buning uchun “Sotib yuborilgan yoki yer maydoni o‘zgargan maydonlar” oynasida tegishli ma’lumotlar (davr, hudud va kadastr ma’lumotlari) ko‘rsatilishi lozim.

👉“Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish” xizmatidan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Korrupsiyaning salbiy oqibatlari xodimlarga yetkazilmoqda

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Marg‘ilon shahri Oltiariq, So‘x Yozyovon hamda Toshloq tumanlari soliq inspeksiyalari xodimlari bilan uchrashuv tashkil etilib, ichki mehnat tartib qoidalari, xususan, chet elga chiqish tartibiga qat'iy rioya etish majburiyatlari yetkazildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashish, to‘sqinlik qilish yoki ularning noqonuniy faoliyatiga homiylik qilish, xizmat sirlarini oshkor etish kabi huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab bilan bog‘liq salbiy holatlar sodir etganlik holati aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilishi eslatib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt