Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.9K subscribers
4.75K photos
526 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-oktabr

sentabr oyi uchun:

🔹 QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1 va 2 qismlar);

🔹 agar sentabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5 qism);

🔹 norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

🔹 yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4 qismlar);

III chorak uchun:

🔹 soliq bazasi mavjud boʻlgan davrda foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻining hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454 (7)-modda 2 va 3 qismlar);

🔹 foyda soligʻi boʻyicha hisobotni taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 339-modda 5 qism, 340-modda 1-qism);

oktabr oyi uchun:

🔹 suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Sektor rahbari sayyor qabulida muammolarga ijobiy yechim topilmoqda

Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ularning muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Maqsudxon Mamatxanov tomonidan Bag‘dod va Qo‘shtepa tumanlarida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda qo‘shni tumanlardan ham fuqarolar ishtirok etdi.

Qabullar davomida imtiyozli kredit ajratish, bandlik, soliq hisobotlarini topshirish, deklaratsiya, ortiqcha to‘lovni qaytarish, ehtiyojmandlarga moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatish kabi masalalar yuzasidan 50 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Qisqa vaqt talab qiladiganlari shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi, qolganlarining ijrosi bo‘yicha esa qisqa muddatlar belgilandi.

Xususan, qator ehtiyojmand oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad topishni maqsad qilgan Oltiariq tumani Zilxa MFYda yashovchi J.Rustamovning murojaatiga asosan, motokultivator yetkazib berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Jismoniy shaxslar qanday qilib ortiqcha to‘lagan soliqlarini qaytarib olishi yoki boshqa soliq turiga o‘tkazishi mumkin?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 23-oktabr

🔹jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 milliard soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim soliq hisobotlari Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan:

🔹Soliq toʻlovchilarning tanloviga koʻra QQS, AOS, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish tartibi joriy etiladi.
Bunda soliq toʻlovchi yoki uning vakolatli vakili soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaydi yoki hisobotni qayta ishlab, soliq organlariga taqdim etadi.

Eslatma!
2022-yilda Xorazm viloyatida mazkur amaliyot boʻyicha eksperiment oʻtkazilgan edi.

🔹Sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarga tuzatish kiritish muddati keyingi soliq hisobotlarini topshirish davriga qadar uzaytiriladi (20.10.2023 y.)

bunga qadar tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantirilardi.

Mazkur qaror bilan 20.11.2020-yildagi VMQ-736-son qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, “Soliq toʻlovchining tanloviga koʻra soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom tasdiqlandi.

👉 VMQ-548 18.10.2023

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Vositachi va marketpleyslarning onlayn-NKT cheklari haqidagi maʼlumotlarni my3.soliq.uz shaxsiy kabinetida qanday koʻrish mumkin?

👉 YouTubeda ko‘rish

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening
🗓 24-oktabr kuni
“Elektron hisobvaraq-fakturalar, ularda MXIKlarni aks ettirish va QQS hisobotini shakllantirish” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится
🗓 24 октября на тему
«Электронные счета-фактуры, отражение в них ИКПУ и формирование отчетности по НДС».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaning oldini olish maqsadida Quva tumanida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Elektron hisobvaraq-fakturalar, ularda MXIKlarni aks ettirish va QQS hisobotini shakllantirish”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/N9S9E_li4MQ?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Электронные счета-фактуры, отражение в них ИКПУ и формирование отчетности по НДС».

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/N9S9E_li4MQ?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish uchun qanday holatlar asos bo‘lishi mumkin?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt