❓Mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o‘tgan taqdirda mol-mulk solig‘i kim tomonidan to‘lanadi?
✅Soliq kodeksining 423-moddasiga muvofiq, mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o‘tgan taqdirda, soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1-yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.
#savol_javob
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

❓Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari qachon to‘xtatib turilishi mumkin?
📃Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan, yuridik shaxslar va YaTTning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organi tomonidan quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:
1) ushbu soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda;
2) soliq to‘lovchi tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
3) soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda;
4) soliq to‘lovchining o‘zi ko‘rsatgan manzilda yo‘qligida.
❗️Soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarning to‘xtatib turilishi banklar tomonidan soliq to‘lovchining barcha hisobvaraqlari bo‘yicha barcha chiqim operatsiyalari to‘xtatib turilishini anglatadi.

❓ Agar mol-mulk ijarasi bo‘yicha shartnoma qarindoshlar o‘rtasida tuzilsa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS) to‘lash zarurmi?
✅ Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar jumlasiga kiradi.
Agar ijaraga oluvchi - jismoniy shaxs bo‘lsa, ushbu daromadlarga daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida JShODS solinadi (Soliq kodeksi, 393-modda).
Sodda qilib aytganda haq evaziga mol-mulk ijaraga berilsa, ijaraga beruvchi tomonidan JShODS to‘lanadi.
❗️Soliq kodeksida yaqin qarindoshga mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha imtiyozlar mavjud emas.

❓Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?
🟣Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉
✅ «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
✅ urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;
✅ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
✅ yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;
✅ boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;
✅ Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;
✅ energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
#savol_javob #yer_soligi #15_oktabr