Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.87K subscribers
4.73K photos
524 videos
42 files
2.43K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Chakana savdo shoxobchasi rahbari: soliq imtiyozlari sabab faoliyatimni tezroq boshladim

Soliq xizmati organlari vakillari Yozyovon tumanidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyat joyiga borib, soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar.

Yoz faslining boshida tuman markazida zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi faoliyatini yo‘lga qo‘ydik, ish boshlashimizga tadbirkorlarga berilayotgan soliq imtiyozlari ham bir turtki bo‘ldi, – deydi "QUVONCH SUPERMARKET" MChJ rahbari A.Isaqov.

Tadbkirkorning aytishicha, aylanmadan olinadigan soliqni amaldagi 4 emas, balki 1 foizli, yollangan ishchilar uchun esa ijtimoiy soliqni 12 foiz o‘rniga 1 foizli imtiyozli stavkada to‘layotganligi yangi ish o‘rinlari yaratishga sabab bo‘lmoqda.

Subyekt tashkil etilganidan buyon 2 oy davomida qariyb 10 mln so‘mliq soliq imtiyozlaridan foydalangan hamda 8 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#YaTT

👉 Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?
👉 Ro‘yxatdan o‘tishda qancha davlat boji to‘lanadi?
👉 Necha nafargacha xodimlarni ishga olishi mumkin
?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Xarid cheklaridagi ayrim ma'lumotlarni o‘zgartirish imkoniyati beriladi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 🗓 2023-yil 13-sentabrdan 23-sentabrgacha (23-sentabr ham) 2022-yildagi onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoni beriladi.

Ushbu davrda cheklarning mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) va “komitent STIR” ma'lumotlarini o‘zgartirish mumkin.

💻 Buning uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek ma'lumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

📎 Ma'lumot o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasi bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi rasmiy xati (muhrlangan) ilova qilinishi lozim.

🔘 “Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📁 Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

👉QO‘LLANMA

❗️Tadbirkorlik subyektlariga 2023-yilning o‘tgan davri uchun aprel va avgust oylarida cheklarni tahrirlash imkoniyati berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya #uchrashuv

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan tizim xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Bag‘dod va Quva tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berildi.

Muloqot davomida poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan xodimlar ogohlantirildi. Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari tushuntirib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari shakllanib qolishining oldini oladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Fermer xo‘jaliklari hisobchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi hamda viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlari uchun seminar tashkil etildi. Unda fermer xo‘jaliklari hisobchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan g‘alla va paxta yetishtiruvchilar uchun joriy etilgan soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar, taqdim etilgan imtiyozlar batafsil tushuntirildi.

Misol uchun, 2026-yil 1-aprelgacha paxta-to‘qimachilik klasterlari va qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) o‘rtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish tartiblari, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarib berish shartlari haqida batafsil axborot berildi.

#uchrashuv

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning so‘nggi kuni!

Soliqlarni masofadan turib Soliq mobil ilovasi (Android / iOS ) orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin.

#15_oktabr #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #oylik_ish_haqi

Oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani Soliq mobil ilovasidan yuklab olish mumkin

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-sentabr

avgust oyi uchun:

🔹 hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

🔹 AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona tumanidagi tadbirkorlik subyektlari "Soliqchi-ko'makchi" tamoyili asosida qo‘llab-quvvatlanmoqda

©️Farg‘ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Aylanmadan_olinadigan_soliq_AOS_hisob_kitobini_to‘ldirish_bo‘yicha.pdf
532.3 KB
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉AOS hisobotining paket kodi: 10104_30
_______________
#налог_с_оборота

Инструкция по заполнению отчетности по налогу c оборота

👉Код пакета отчетности по налогу с оборота:
10104_30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads