Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida hududiy soliq inspeksiyalarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Binobarin, ana shunday seminarlar Marg‘ilon shahri va Oltiariq tumani soliq inspeksiyalarida o‘tkazildi. Unda korrupsiya va uning oqibatlari, ta’magirlik, mansab mavqеini suiistе'mol qilish bilan bog'liq jinoyatlar sodir etilishi mamlakatning iqtisodiy-ma'naviy tanazzuliga olib kеlishi mumkinligi ta’kidlandi.

Soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida korrupsiya va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan xushmuomalada bo‘lish bilan birga, xodimlar xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida korrupsion holatlarga duch kelgan taqdirda zudlik bilan boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limini xabardor etishlari shart ekanligi tushuntirib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Ochiq muloqot doirasida soliq sohasiga oid kelib tushayotgan murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

Xabaringiz bor, "20-avgust – Tadbirkorlar kuni" munosabati bilan yaqin kunlarda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi.

♻️Shu munosabat bilan, "Tadbirkor virtual ofisi" axborot portali, "Call-markaz, ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlar murojaatlarini tun-u kun qabul qilish va umumlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tuzilgan.

Ta’kidlash joiz, tadbirkorlardan kelib tushgan soliq sohasiga oid murojaatlarni hududlarda bevosita tadbirkorlar bilan uchrashgan holda o‘rganish va hal qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

🗓Joriy yilning 10-avgustiga qadar Farg‘ona viloyatidagi tadbirkorlardan soliq sohasiga oid 66 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 45 tasi qisqa fursatlarda ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt talab etadigan 21 ta murojaat ayni paytda o‘rganish va hal etish jarayonida.

🔹Misol uchun, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, saqlash hamda chet davlatlarga eksport qilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “My Garden” fermer xo‘jaligi rahbarining murojaati ijobiy hal etilib, 2,4 mlrd so‘m ortiqcha QQS to‘lovlari tadbirkor hisob-raqamiga qaytarildi.

🔹Bundan tashqari, “soliqchi-ko‘makchi” tamoyili doirasida yangi ishga tushgan tadbirkorlik subyektlari ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xususan, Oltiariq tumani Tegirmonboshi MFY hududidagi bo‘sh turgan binoda “Zilxa best textil” tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Soliq organlari xodimlari tadbirkor bilan uchrashib, tadbirkor uchun qulay soliq rejimini tanlash, 25 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ijtimoiy soliq bo‘yicha berilgan imtiyozlardan foydalanish hamda soliq hisobotlarini topshirish yuzasidan zarur tushuntirishlar berdilar.

#ochiq_muloqot

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
📙 FARG‘ONA SOLIQ TEXNIKUMI O‘QISHGA TAKLIF ETADI!

🔉2023-2024 o‘quv yili doirasida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf) va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega shaxslar o‘qishga taklif etiladi.

O‘qish muddati - 2 yil.

📖 Ta'lim yo‘nalishlari:
- soliqlar va soliqqa tortish;
- buxgalteriya hisobi va audit.

✏️ O‘qish shakli:
- kunduzgi;
- sirtqi.

📍 Manzil: Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi 122-uy.

🏢 Mo‘ljal: Farg‘ona politexnika instituti yonida.

☎️ Telefon:
73-241-11-65; 73-241-11-49;
99-127-90-23; 93-645-04-84

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari qachon to‘xtatib turilishi mumkin?

📃Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan, yuridik shaxslar va YaTTning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organi tomonidan quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:

1)
ushbu soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda;

2) soliq to‘lovchi tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;

3)
soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda;

4) soliq to‘lovchining o‘zi ko‘rsatgan manzilda yo‘qligida.

❗️Soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarning to‘xtatib turilishi banklar tomonidan soliq to‘lovchining barcha hisobvaraqlari bo‘yicha barcha chiqim operatsiyalari to‘xtatib turilishini anglatadi.

#savol_javob

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Xodimning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas

📃Mehnat kodeksining 245-moddasiga muvofiq, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida bir vaqtning o‘zida belgilanadi (ayni paytda 980 ming so‘m) hamda tashkiliy-huquqiy shakllaridan, mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir.

Ish vaqtining oylik normasini ishlab bergan va mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini bajargan xodimning mehnatiga haq to‘lashning oylik miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.

O‘z mehnat majburiyatlarini bajargan xodimning mehnatiga soatbay haq to‘lashning eng kam miqdori tegishli kalendar yilda olti kunlik ish haftasidagi ish soatlarining o‘rtacha oylik miqdoriga bo‘lingan, bir oyda mehnatga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.

❗️Mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar, ish haqiga ustamalar, boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, shuningdek ish vaqtidan tashqari ish, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish, tungi vaqtdagi ish uchun to‘lovlar, tuman koeffitsiyentlariga doir to‘lovlar hamda boshqa kompensatsiyaga oid va ijtimoiy to‘lovlar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga kiritilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-avgust

iyul oyi uchun:

🔹hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

🔹AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-4 qismlar).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mobil_ilova

Soliq” mobil ilovasi yangilandi

📲 Mobil ilovaning yangi 1.3.11 versiyasida:

▪️"Quyoshli xonadon" subsidiyasi va Ijtimoiy keshbek summalarini TaxPay* to’lov tizimi orqali bank kartalariga o’tkazish imkoniyati yaratildi;

▪️"Quyoshli xonadon" bo‘limida quyosh paneli orqali yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasi hajmini yangilangan diagramma orqali kuzatib borish mumkin;

▪️"O’zini-o’zi band qilish" bo‘limi takomillashtirildi.

🛒 Ilovani hoziroq yuklab oling Android / iOS

❗️"
Quyoshli xonadon" subsidiyasi hamda Ijtimoiy keshbek summalarini ilovaning "Keshbek" bo‘limidagi "Kartaga pul o‘tkazish" oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

*Tax Pay –
"Soliq-servis" DUK tomonidan "Soliq" mobil ilovasi orqali naqdsiz pul o‘tkazmalarini hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan to‘lov tizimi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturida ishtirok etadigan tadbirkorlarga berilayotgan soliq imtiyozlari va preferensiyalari

#soliq_imtiyozi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Paxta yetishtiruvchilarga QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi

“Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash hamda hisobga olish muddatlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (379-son, 14.08.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra:

🔹2023-yil hosilidan paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi to‘liq elektron tarozi orqali qabul qilinadi;

🔹QQSni paxta xomashyosi bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha to‘lash va hisobga olishga ruxsat etiladi;

🔹2026-yil 1-aprelgacha paxta-to‘qimachilik klasterlari va qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) o‘rtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar o‘z muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS to‘lovchisi hisoblangan qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi;

paxta-to‘qimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun elektron hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan QQS summasini qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) tomonidan QQS budjetga to‘lab berilganidan so‘ng hisobga olishga ruxsat etiladi.

QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lash va hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturi ishga tushiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt