Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.94K subscribers
4.72K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Siz hamon yodimizdasiz, aziz hamkasblar!

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi vakillari tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan soliq tizimida samarali mehnat qilgan, hamkasblar o‘rtasida hurmat qozongan, lekin bevaqt o‘lim tufayli bu dunyoni erta tark etgan хodimlar xonadonlariga tashrif buyurilmoqda.

Xususan, boshqarma vakillari M.Kamolov va M.Xolmirzayevlar xonadonida bo‘lib, oila a’zolari va farzandlari holidan xabar oldilar.

Shuningdek, sobiq xodimlar dafn etilgan qabristonlar ziyorat qilindi, marhumlarning ezgu amallari yodga olinib, ularning xotirasiga Qur’on tilovat qilindi.

Bunday tadbirlar hududiy soliq inspeksiyalarida ham amalga oshirilmoqda.

#9_may

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-may

aprel oyi uchun:

🔹 aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

may oyi uchun:

🔹alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

🔹AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

🔹AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #YaTT

Farg‘ona viloyatida yakka tartibdagi tadbirkorlar soni qariyb 24 mingga yetdi

2023-yil 1-may holatiga respublika bo‘yicha YaTTlar 238 343 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4%ga (12,3 mingta) oshgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Soliq kodeksining 483-moddasiga asosan, quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilangan:

🔹chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔹mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
🔹avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
🔹avtotransport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔹kompyuter xizmatlari;
🔹maishiy texnikani ta’mirlash;
🔹agro va vetenariya xizmatlari;
🔹ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.

📌Ushbu imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Xonadoniga quyosh panelini o‘rnatganlarga har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi

🖊 Prezident qarori bilan umumiy quvvati 50 kVt gacha boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga oʻz isteʼmolidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilandi.

📲 Subsidiya har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarga to‘lab beriladi.

👉Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga soliq imtiyozlari beriladi.

👉Soliq mobil ilovasiga “Quyoshli xonadon” xizmati qo‘shildi.

🎞Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
25 yoshgacha xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliqni to‘liq qoplab berish davom ettirilishi tadbirkorlarga yetkazilmoqda

Prezident qarori bilan 2021-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvargacha ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliqni Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berish amaliyoti joriy qilingan edi. Joriy yil 26-apreldagi Prezident farmoni bilan mazkur amaliyot yana 2 yilga uzaytirildi.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu yangilik “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili doirasida soliq to‘lovchilarga yetkazilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy soliq bo‘yicha berilgan imtiyozdan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahrida mebel ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "DOLINA MASTER MEBEL" MChJda 40 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. E’tiborlisi, ishchilarning aksariyati yoshlar bo‘lib, ish beruvchiga ijtimoiy soliq bo‘yicha berilgan imtiyoz natijasida 2022-yilda 16,8 mln so‘m qaytarib berilgan.

#imtiyoz
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan me'yorlar belgilandi

Joriy yilning 10-may kuni Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–841-son Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodeksida tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq
tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaslik oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda – BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (6,6 mln so‘mdan 13,2 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jinoyat kodeksiga muvofiq –
Yuqoridagi holatlar maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:

▫️BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima;
▫️3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

O‘sha harakatlar:
ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

O‘sha harakatlar:
juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-may

aprel oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob- kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- hisobot davri yakunlari bo‘yicha AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#savol_javob

🔴 Korxonalar yuridik manzilini o‘zgartirishda yoki boshqa korxona tarkibiga qoʻshilish jarayonida Davlat xizmatlari markazida taqiq mavjudligi aniqlansa, qanday bartaraf etiladi?

🔵 Yuridik shaxs manzilini o‘zgartirish, shuningdek, yuridik shaxsni boshqa yuridik shaxsga qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda quyidagi holatlar rad etish uchun asos bo‘ladi:
🔹yuridik shaxsning BHMning 50 baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud boʻlsa;
🔹amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmi soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganda;
🔹soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi aniqlanganda;
👉 VMQ-66 09.02.2017-yil

Bunda mavjud kamchiliklar yuridik shaxslar tomonidan bartaraf qilinganda yoki asoslantirilganda qayta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilishi mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Prezident raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlashda yangi bosqichga oʻtish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi.

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar beriladi. Jumladan:

- kamida 20 foiz kambagʻal oila aʼzosini bir yil davomida ish bilan taʼminlasa, mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi;

- kambagʻal oila aʼzosi daromad soligʻidan ozod qilinadi;

- 5 million soʻmgacha ish haqi
toʻlayotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi.

Shuningdek, dasturda qatnashadigan tadbirkorlar soliq va bojxona maʼmurchiligida yengilliklar oladi. Xususan:

- ular faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi;

- ularga QQS, shuningdek, ortiqcha toʻlangan soliqlar tekshiruvsiz qaytarib beriladi;

- QQS boʻyicha guvohnoma muddatidan ilgari bekor qilinmaydi;

- barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib toʻlash imkoni beriladi;

- bojxona toʻlovlarini sugʻurta kafolatisiz olti oyga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barcha yoshdagi farzandlarning ta’limiga yo‘naltirilgan to‘lovlar soliqdan ozod qilinadi

2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

Bu nima degani?

#soliq_xabarlari #huquqiy_axborot

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Korxonada muhandis bo‘lib ishlayman. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida bo‘sh vaqtlarimda "taksist"lik qilsam bo‘ladimi?

PQ-311-sonli Prezident qaroriga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritildi.

Qaror bilan boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band bo‘lgan shaxslarga bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda shug‘ullanish huquqi berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
25 yoshgacha bo'lgan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq ish beruvchiga qaytariladi

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
🗣 Diqqat, ovozli chat!

📚Bugun soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlarga soliq imtiyozlari berilishi bo‘yicha ovozli chat tashkil etiladi.

👉 Savollaringizni qoldiring

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM