Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Avtokameral: soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillar

🟡Tekshiruvdan oldingi tahlil - taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.

Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz, “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Mazkur tizimda joriy qilingan mezonlar mantiqiy shartlar va algoritmlar asosida,
tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan soliq organlarida mavjud ma’lumotlarni (jumladan, elektron hisobvaraq-faktura, eksport-import operatsiyalari, onlayn kassa texnikasi cheklari va h.k.) avtomatlashtirilgan tartibda taqqoslaydi.

Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida
soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

💬Xabarnomada qayd etilgan tafovut summasining batafsil hisoblash tartibini ko‘rish uchun ushbu xabarnomaning pastki qismida “Tafovutning hisoblanish tartibi (formulasi)” tugmasini bosish lozim. Shundan so‘ng avtomatik tarzda my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda tegishli oyna ochiladi. Uning quyi qismida “mutaxassis yordami” moduli orqali mas’ul mutaxassislar bilan qo‘shimcha savollar yuzasidan telefon orqali bog‘langan holda javoblar olishlari mumkin.

Soliq to‘lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo‘ladi.

Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlangan sanadan e’tiboran yakunlangan hisoblanadi.

Ushbu avtomatlashtirilgan tizimning joriy qilinishi soliq to‘lovchilarga bir qator afzalliklar yaratadi. Jumladan:
Soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda hisoblanishi hamda to‘lanishini ta’minlashda ko‘maklashadi;
Ularning faoliyatida yuzaga kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi;
Ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy jarimalar, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining oldi olinishini ta’minlashga xizmat qiladi;
Ularning faoliyatiga asossiz aralashish va korrupsiya holatlarini cheklash hamda ma’muriy bosimlarni kamaytirishga imkoniyat beradi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oltiariq tumanida 1600 dan ortiq tadbirkorni qiynayotgan muammolar o‘rganildi

🗺Amaliyotda uchrayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va bartaraf etish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili doirasida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Xususan, Oltiariq tumani DSI xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

👨‍💻Xususan, joriy yil yanvar-oktabr oylarida 1614 nafar tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ko‘maklashish zarur bo‘lgan 1411 ta subyektga 7 ta yo‘nalishda zarur amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Xususan, 185 nafar tadbirkorga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, 171 tasiga E-aktiv va E-ijara avtomatlashtirilgan dasturlardan qanday foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 221 ta holatda soliq turlaridan bo‘lgan ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda amaliy yordam berildi.

🛡Misol uchun, Qopchug‘ay MFY hududida tayyor mahsulotni qayta qadoqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "WINEYARDS VALLEY" MCHJ hamda Yangi hayot MFYda qog‘oz quti mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "SENIFIM" MCHJ vakillari bilan uchrashib, soliq sohasiga taalluqli masalalar yuzasidan zarur ko‘mak ko‘rsatildi.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-noyabr

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-va 5-qismlar);

- aylanmadan olinadigan soliq toʻlovi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 ноября 2022 года последний день

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389 Налогового кодекса, ч.4 и 5 ст. 407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота
(ч.3 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari Qo‘qon shahrida ham olib borilmoqda

Xabaringiz bor, joriy yil 17-oktabrdan 17-noyabrga qadar davlat soliq xizmati organlari xodimlari orasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Mazkur oylik doirasida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan 📍Qo'qon shahridagi aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo komplekslarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.

🔎Targ‘ibot tadbirlari davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlarini tushuntirish bilan birga soliq idoralari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan korrupsion xatti-harakatlar, tadbirkorlik faoliyatiga sun'iy ravishda to'sqinlik qilish holatlari kuzatiladigan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar Davlat soliq qo‘mitasining @dsq_anticorrupciya_bot telegram boti, [email protected] elektron pochtasi, shuningdek, DSQ (1198) va viloyat DSBning (73-241-70-61) ishonch telefonlari orqali murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tilmoqda.

💬Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Avtomobil ijara shartnomasini Soliq mobil ilovasida qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

1. Buning uchun ijaraga beruvchi jismoniy shaxs JShShIRni kiritib, Face ID yordamida shaxsini tasdiqlagan holda avtorizatsiyadan o‘tishi lozim.

2. “Personal xizmatlar” bo‘limidan “Ijaraga berish” ochilgan oynadan esa “Avtotransportni ijaraga berish” tanlanadi.

3. Ijaraga beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (FISh, hudud, tuman va manzil) avtomatik ravishda aks etadi. Telefon raqami qo‘lda kiritiladi.

4. "Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida:
agar ijaraga oluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIR ko‘rsatiladi;
agar ijaraga oluvchi yuridik shaxs bo'lsa, STIR ko‘rsatiladi.

Shundan so‘ng, ijaraga oluvchi haqidagi boshqa ma‘lumotlar (FISh, hudud, tuman va manzil) avtomatik ravishda aks etadi. Telefon raqami qo‘lda kiritiladi.

5. Ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (model, davlat raqami, rangi, ishlab chiqarilgan yili va ro‘yxatga olingan joyi) ham avtomatik tarzda shakllanadi.

6. Ijara shartnomasining amal qilish muddati va oylik ijara haqi ko‘rsatiladi. Umumiy miqdor avtomatik ravishda hisoblanadi.

7. “Yuborish” tugmasi bosiladi.

Muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida ma’lumot va ijara shartnomasining raqami ekranda paydo bo‘ladi.

Malumot uchun. Soliq maqsadlarida, 2022-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari:
🚘 yengil avtomobil - 630 000 so'm;
🚛 mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari - 1 250 000 so'm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter