Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.73K photos
524 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rishton tumani 4-sektor hududida aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
‼️Uy-joy ijara shartnomasi bir tomonlama o‘zgartirilmaydi va bekor qilinmaydi

So‘ngi vaqtlarda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan uy-joy ijarasi orqali ko‘proq daromad olish maqsadida avval ijaraga berilgan kvartiralardan ijarachilarni majburlab chiqarib yuborish yoki asossiz ravishda narxni oshirish holati kuzatilmoqda.

Uy-joy egalarining ushbu harakatlari Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari talablarini buzilishiga sabab bo‘lishi hamda kvartiralarni ijaraga berishning ayrim muhim huquqiy asoslari to‘g‘risida eslatib o‘tmoqchimiz.

1️⃣ Kvartirani ijaraga berish bo‘yicha shartnoma shakli

📄 Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

📌 Bunda shartnoma soliq organlarida davlat hisobiga qo‘yilishi kerak.

📝 Shartnomani davlat hisobiga qo‘yish ijara.soliq.uz portali orqali bepul amalga oshiriladi.

🗓 Shartnomani davlat hisobiga qo‘yish ijaraga beruvchining majburiyati hisoblanadi va bu shartnoma tuzilgan kundan 3 kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.

Ijaraga beruvchi shartnomani davlat soliq organlarida hisobga qo‘ymasa BHMning 5 baravaridan (1 mln 500 ming so‘mdan) 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

2️⃣ Ijara shartnomasining muddati

📋 Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.

Shartnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u 5 yilga tuzilgan hisoblanadi.

Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

3️⃣ Ijara uchun to‘lanadigan haq

🔹Ijara haqi miqdori ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining o‘zaro kelishuviga binoan shartnomada belgilab qo‘yiladi.

🔹Ijara haqining miqdori bir tomonlama o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔹Ijara puli shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanishi kerak.

4️⃣ Shartnomani bekor qilish

📝 Ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

⚖️ Ijara shartnomasini ijaraga beruvchining talabi bilan bekor qilish muayyan asoslarga ko‘ra faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

🔰Bu asoslar jumlasiga quyidagilar kiradi:

▫️ijara puli olti oy yoki qisqa ijarada esa shartnomadagi muddatdan keyin 2 martadan ko‘proq haq to‘lanmagan bo‘lsa;
▫️uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa;
▫️uy-joydan g‘ayriqonuniy maqsadlar uchun foydalanilgan bo‘lsa.

❗️Ijaraga oluvchi uy-joydan boshqa maqsadda foydalansa yoki qo‘shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirishi mumkin.

Ijaraga oluvchi ogohlantirish olganlardan keyin ham qoidabuzarliklarni davom ettirsa, ijaraga beruvchi shartnomani sud tartibida bekor qilishga haqli.

Yuqoridagilarga ko‘ra, shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ijaraga beruvchilar tomonidan kvartiradan chiqib ketish yoki ko‘proq haq to‘lashga oid noqonuniy talablar ustidan fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga murojaat qilish orqali buzilgan huquqlarni tiklash mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

🏠Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

👉Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma

#e_ijara

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Soliq-ko'makchi" tamoyili asosida tadbirkorga ko'mak berilishi natijasida 500 ta ish o'rni yaratiladi

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalar va ijaraga beruvchilarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarning majburiyati hisoblanib, natijada ijarada turuvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.

Shuningdek, jismoniy shaxslar uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlari
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilgan.
📗Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1 bandi

Talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini E-ijara interaktiv xizmati va "Soliq" mobil ilovasi orqali hisobga qo‘yish mumkin.

#bilasizmi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar “Soliq” mobil ilovasi orqali ko‘chmas mulk egalari bilan tuzilgan ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkinligidan xabardormi? Turar joylarni ijaraga olgan talabalar va ijaraga beruvchilar soliq to‘laydimi?

Ushbu savollar bilan talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

#e_ijara #sorovnoma

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari 🗓 12-oktabr kuni «Yer va mol-mulk soliqlari, suv resurslari hamda yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarini to‘ldirish» mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
____________
#онлайн_семинар

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится 🗓 12 октября на тему «Заполнение налоговой отчетности по земельному налогу, налогу на имущество, за пользование водными ресурсами и недрами».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 15:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qarzdorligini undirish maqsadida olib borilayotgan xatlov tadbirlari

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan haydovchilar soni mingdan oshdi

Xabaringiz bor, yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati (taksichilik) o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritildi.

2022-yil 1-sentabrdan boshlab yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘ta boshladilar. Hozirga qadar Farg‘ona viloyati bo‘yicha 1 126 nafar fuqaro mana shunday tartibda guvohnoma oldi. Yetakchi hududlar:

Farg‘ona sh. – 196 nafar;
Marg‘ilon sh. – 115 nafar;
Beshariq t. – 109 nafar.

Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksining 369-moddasiga asosan, belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jami daromadlar tarkibiga kiritilmaydi va soliqqa tortilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Forwarded from bakiroo
Уч кун қолди: мулк ва ер солиғини тўладингизми?

"Ташаббусли бюджет" билан боғлиқ кечаги қувончли қарорлар шукуҳида эсдан чиқармаслигимиз керакки, жисмоний шахслардан олинадиган мол-мулк солиғи ва ер солиғи тўлаш учун белгиланган охирги муддат 15 октябрь. Яъни, солиқлар тўлаш учун 3 кун муддат қолди.

"Ташаббусли бюджет"га йўналтирилаётган маблағларнинг асосий манбаини айнан шу икки солиқ ташкил этади.

Kommers.uz"га кўра, сентябрь охирига 2,8 триллион сўмлик тўланмаган қарздорлик бўлган. Унутмангки, шу сумманинг 1,3 триллион сўми ғолиб бўлган жами 1782та лойиҳани молиялаштириш учун йўналтирилади.

Ўзбекистонликлар ўзлари тўлаётган солиқларни равон йўлларга, ичимлик сувига, трансформаторларга, таъмирланган мактаб ва шифохоналарга айланаётганини кўра бошлашмоқда.

Шундай экан, солиқларни вақтида тўланг ва уларнинг қандай ишлатилишига бефарқ бўлманг, назорат қилинг.
Инсоният ҳали бундан яхшироқ йўлни ўйлаб топа олгани йўқ!
SHOSHILING, UCH KUN QOLDI‼️

🗓15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

❗️
Soliq kodeksiga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?
👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?
👉Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?

#mol_mulk_va_yer_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rishtonlik Nargiza opa 5 yil xonadonida qulay sharoit yo'qligidan aziyat chekdi. Bugun 4-sektor ko'magi bilan uning xonadoni ham fayzli, ham ko'rkam

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga, 15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning so‘ggi kuni

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek, soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?
👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?
👉Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?

#mol_mulk_va_yer_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
4-sektor rahbari tomonidan Uchko‘prik tumanida aholi muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi

Olis qishloqlarga borib, mavjud muammolarini uyma-uy yurib o‘rganish, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dardiga yaqindan quloq tutish va muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.Tillavoldiyev tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Binobarin, ana shunday qabullarning biri Uchko‘prik tumanida bo‘lib o‘tdi.

Tuman markazidan qariyb 15 km olislikda joylashgan Chang mahallasida o‘tkazilgan qabulga tumandagi mas’ul tashkilotlar vakillari jalb etildi. Tadbirda xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolari tinglandi hamda zarur yechimlar berildi.

Xususan, kam ta’minlangan fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon yetkazib berildi, shuningdek, moddiy ko‘mak ko‘rsatildi.

#sayyor_qabul #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 17-oktabr

🔹jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni;

sentabr oyi uchun:

🔹hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek
ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

🔹aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lash kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt