#AOS
Kimlar AOS to‘lovchi deb e’tirof etiladi?
🔹soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
🔹soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan YaTTlar.
AOS kimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi?
🔸 O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirish (import)ni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va YaTTlarga;
🔸aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda 25 gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;
🔸benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga — oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha;
🔸bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
🔸markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga;
🔸alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalariga;
🔸bozorlarga va savdo komplekslariga;
🔸 soliq maslahatchilarining tashkilotlariga;
🔸 auditorlik tashkilotlariga;
🔸 notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga.
👉Soliq kodeksi 461-modda
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

❓Avtomobilni sotib olishda to'langan QQS qachon hisobga olinmaydi?
✅Soliq kodeksining 267-moddasiga asosan soliq to‘lovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chog‘ida to‘lagan QQS summalari quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish yoki olib kirish chog‘ida ham, agar bu tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmasa, hisobga olinmaydi:
➖ yengil avtomobillarni, mototsikllarni, vertolyotlarni, motorli qayiqlarni, samolyotlarni, shuningdek, motorli vositalarning boshqa turlarini va ular uchun yoqilg‘ini;
➖ alkogol va tamaki mahsulotlarini.
#bilasizmi #QQS
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#YaTT
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollanma xodimlarni soliq organlarida qanday hisobga qo‘yadi?
1️⃣Buning uchun my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib, xizmatlar qatoridan “Yollangan xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bandi tanlanadi.
2️⃣Yollanma xodimlarni hisobga qo‘yish uchun ochilgan ariza shakliga yollanma xodimning STIR yoki JShSHIR (PINFL)i kiritiladi va “Enter” bosiladi.
3️⃣Yollanma xodimning to‘liq ismi, pasport seriyasi, raqami, berilgan joyi va yashash manzili ko‘rsatilgan maydonlar avtomatik to‘ldiriladi.
4️⃣“Faoliyat turi” maydonida yakka tartibdagi tadbirkor shug‘ullanadigan faoliyat turi tanlanadi.
5️⃣“Faoliyat amalga oshirish joyi” maydoni avtomatik to‘ldiriladi.
6️⃣Yollanma xodimning telefon raqami va mehnat shartnomasi muddati qo‘lda kiritiladi.
7️⃣Mehnat shartnomasi PDF formatida yuklab olinadi.
8️⃣Ariza jo‘natiladi.
👉Batafsil
YaTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish

#rasmiy_munosabat
#QQS
Ijtimoiy tarmoqlarda tashkilotlarning sotib olingan va keyinchalik sotilgan yengil avtomobil uchun takroran QQS to‘lashi haqidagi murojaatlari e’lon qilinganligi munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston bo‘lgan tovar(xizmat)larni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQS soliq solish obyekti hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 238-modda 1-qism 1-band
Tovarga bo‘lgan mulk huquqini pullik asosda o‘tkazish ushbu aylanmaga kiradi.
👉 Soliq kodeksi 239-modda 1-qism 1-band
Agar QQS to‘lovchisi bo‘lgan tashkilot avtosalondan 300 mln so‘mga yengil avtomobil sotib olsa (egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazsa), avtosalonga ushbu summadan 15% QQS – 45 mln so‘m (jami 345 mln so‘m) to‘laydi. Avtosalon ham o‘z navbatida QQS to‘lovchisi bo‘lgani uchun bu 45 mln so‘mni budjetga o‘tkazishi shart.
Yengil avtomobil sotib olgan tashkilot QQSni (45 mln so‘m) hisobga olish huquqiga ega, agar:
🔸 soliq to‘lovchining tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ushbu avtomobildan foydalanilganda realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasiga soliq solinishi lozim bo‘lganda;
🔸 Ushbu avtomobil uchun avtosalondan QQS summasi alohida ajratilgan hisobvaraq-faktura olingan bo‘lsa.
👉 Soliq kodeksi 266-modda
Soliq to‘lovchida avtomobil uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qatnovlarni amalga oshirishda foydalanganligini tasdiqlovchi hujjatli dalillar bo‘lishi kerak.
Agar ushbu yengil avtomobil soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanilayotganligi soliq organi tomonidan dalilar bilan isbotlansa, avtomobilni sotib olish chog‘ida to‘langan QQS summalari hisobga olinmaydi.
👉Batafsil tushuntirish bu yerda
Agar tashkilot kelgusida yengil avtomobilni 200 mln so‘mga sotishga qaror qilsa, u holda avtomobilni sotib oluvchi ham unga ushbu summadan 15 % QQS – 30 mln so‘m (jami 230 mln so‘m) to‘laydi.
Agar tashkilot avval avtosalonga o‘tkazib bergan 45 mln so‘mni hisobga olgan bo‘lsa, ushbu summadan 30 mln so‘m QQS chegirib tashlanadi va natijada 15 mln so‘m hisobda qoladi.
Agar tashkilot avval QQSni hisobga olmagan bo'lsa yoki hisobga olish rad etilgan bo'lsa, u holda avtomobilni sotishda soliq to'lovchi sifatida yangi egasi tomonidan unga o'tkazilgan 30 mln so'm QQS summasi budjetga to'lanishi shart.
Demak, soliq to'lovchi tomonidan avtomobil sotib olingan va sotilganda, ushbu operatsiya bo'yicha bir marta QQS to'lanadi.

#bilasizmi
Ayrim sohalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi - 1 foiz
Quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilangan:
🔹chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔹mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
🔹avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
🔹transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔹kompyuter xizmatlari;
🔹maishiy texnikani ta’mirlash;
🔹agroko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.
Bu imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.
❗️Ro‘yxatdagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlanganda, mazkur soliq imtiyozining amal qilishi to‘xtatiladi❌ hamda qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

Xatlovdan so‘ng qarzdordan 700 mln so‘m undirildi
Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan MIB viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda soliq qarzdorligi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarida xatlov tadbirlari olib borilmoqda.
Joriy yil oktabr oyining dastlabki 15 kunida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida viloyat bo‘yicha 112 ta tadbirkorlik subyekti 13,1 mlrd so‘m miqdoridagi soliq to‘lovlarni amalga oshirdi.
Shuningdek, qarzdorligi katta bo‘lgan 132 ta subyektning qariyb 31,7 mlrd so‘m qiymatdagi transport vositalari, bino-inshootlari va boshqa mol-mulklari xatlovga olindi.
➡️Xususan, Davlat soliq qo'mitasi vakillari ishtirok etgan tadbirda Qo'qon shahridan ro'yxatdan o'tgan "Qo'qon neft gaz parmalash" AJning katta miqdordagi qarzdorligi hisobiga jamiyatga tegishli transport vositalari xatlanib, jarima maydoniga olib kirildi. Natijada, xatlovdan so‘ng qarzdordan 700 mln so‘m undirildi.
➡️Shuningdek, Uchko‘prik tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan "Elite grand imkon fayz" MCHJning 645 mln so‘m soliq qarzi uchun bino inshootlari xatlanib, 300 mln so‘m undirildi.
➡️Uchko‘prik tumanidagi yana bir qarzdor, velosiped ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi “Mirbas Qo‘qon” MChJning 1,2 mlrd so‘m soliq qarzi mavjud bo‘lib, tashkilotning taxminiy qiymati 6 mlrd so‘m bo‘lgan ishlab chiqarish dastgohi xatlovga olindi.
Xatlov tadbirlari davom ettirilmoqda.
#xatlov

#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 20-oktabr
sentabr oyi uchun:
➖QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksining 273-moddasi 1- va 2- qismlari);
➖agar sentabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);
➖norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);
➖yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3-va 4-qismlari);
oktabr oyi uchun:
➖soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);
III chorak uchun:
➖ foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi 5-qismi va 340-moddasi 1-qismi);
➖jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 280-moddasi 3-qismi);
➖ maxsus renta solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454(7)-moddasi 2-va 3-qismi).

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida o‘tkazilayotgan #ona_tilim_faxrim chellenjida faol ishtirok etmoqdalar.
#ona_tilim_faxrim #21_oktabr