Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.72K photos
523 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-iyul

iyun oyi uchun:

🔹hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

🔹aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lash kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#sorovnoma

Qanday sabablarga ko'ra tadbirkorlar onlayn nazorat kassa mashinalari chekini bermaydi?

Yil boshidan buyon “Soliq hamkor” orqali respublikaning turli hududlaridan fiskal chek berilmaganligi haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

Soliq organlari tomonidan har bir murojaat o‘rganilib, tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda, biroq bunday murojaatlar soni ortib bormoqda.

💬DSQ tadbirkorlar qaysi sabablarga ko‘ra chek bermayotganini aniqlash, mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

⚡️ Sizning fikringiz biz uchun muhim!
_______________________________
#опрос

По каким причинам предприниматели не выдают чек онлайн контрольно-кассовой техники?

С начала года через систему "Налоговый партнер" из разных регионов республики в большом количестве поступают уведомления о невыдаче фискального чека.

Налоговыми органами изучается каждое обращение, проводится разъяснительная работа среди предпринимателей, однако число таких обращений продолжает расти.

💬В связи с этим ГНК проводит анонимный опрос, чтобы узнать, по каким причинам предприниматели по-прежнему не выдают чек, и оказать содействие в решении имеющихся проблем.

⚡️Нам важно мнение каждого!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🚕Taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar haqida 10 ta FAKT

1️⃣yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan 🚗yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritildi;

2️⃣yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati 📃litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;

3️⃣litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilindi;

4️⃣bir yilda bir marotaba transport vositasi 🔍texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart;

5️⃣o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar “Uztrans” axborot tizimi bazasiga kiritilgan 🏥ko‘p tarmoqli poliklinikalar va xususiy tibbiyot muassasalari orqali bir yilda bir marotaba 👩‍⚕️tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart;

6️⃣yo‘nalishsiz taksi faoliyati uchun 📃litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga BHMning bir barobari miqdorida (ayni paytda 300 ming so‘m) undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;

7️⃣yo‘nalishsiz taksi xizmati faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya varaqalarida📍 faoliyat hududi aks ettiriladi;

8️⃣o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarning avtomobil transporti tom qismiga 🚕“TAXI” tanish belgili to‘qsariq rangli fonar o‘rnatiladi;

9️⃣boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band bo‘lgan shaxslar 🧑🏻‍🏫🧑🏻‍💻👷🏻‍♀️bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda shug‘ullanishlari mumkin;

1️⃣0️⃣ Ushbu tartib 🗓2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar amal qiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Qo‘qonda 3 kun ichida 700 dan ortiq tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazildi

Qo‘qon shahridagi bozorlarda tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish, qonuniy faoliyat yuritishning afzalliklarini tushuntirish maqsadida Qo'qon shahar DSI bilan shahar hokimligi va boshqa mas’ul tashkilotlar ishtirokida ishchi guruh tashkil etildi.

Mas’ullar markaziy bozorlar, savdo majmualari hamda aholi gavjum joylarda hujjatsiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qildilar. Suhbat jarayonida savdogarlar davlat ro‘yxatidan o‘tib, rasmiy faoliyat yuritishlari lozimligi haqida ogohlantirish berdilar.

Shuningdek, to‘lanadigan soliqlarning ahamiyati va uning bir qismi pensiya jamg‘armasiga yo‘naltirilishi hamda nafaqa yoshiga yetganda fuqaroga pensiya sifatida qaytarilishi eslatib o‘tildi.

14-16 iyul kunlari o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida Qo‘qon shahrida 715 ta yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Tadbirlar davom ettirilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
⚡️Kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘ini 3 karra miqdorda hisoblash vaqtincha to‘xtatib turiladi

Bu haqida Davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan.

Yig‘ilishda aytilishicha, 2 million 600 mingta aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yo‘q.

Ushbu aholi tomorqa uchun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirishga ipotekadan foydalana olmayotgani haqida Xalq qabulxonalariga murojaatlar tushmoqda. Ustiga ustak, kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘i 3 karra miqdorda hisoblanmoqda.

Shu bois Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligiga bir hafta muddatda ishchi guruhlarini shakllantirib, ishlarni boshlash topshirildi. Ishchi guruhlari:

🔹 1-oktabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxatini shakllantiradi;

🔹 uy-joyga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlarni to‘playdi va elektron bazaga kiritadi.

Mutasaddilarga respublikaning barcha hududlarida kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasini ishlab chiqib, muhokamaga kiritish vazifasi qo‘yildi.

📃Yangi qonun qabul qilinguniga qadar bu uy-joy egalariga uch karra oshirilgan soliq qo‘llash to‘xtatib turishga qaror qilindi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 20-iyul

II chorak uchun:

🔹 foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi 5-qismi va 340-moddasi 1-qismi);

🔹jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 280-moddasi 3-qismi);

🔹 maxsus renta solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-7-moddasi 2-va 3-qismi);

iyun oyi uchun:

🔹 QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1-va 2-qismlari);

🔹agar iyun oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

🔹 norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

🔹yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari);

iyul oyi uchun:

🔹 soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#QQS

Davlat soliq qo‘mitasi keyingi vaqtlarda qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) salbiy farq summalarini qoplab berish bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ayrim postlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Joriy yilning I yarim yilligida 6 028 ta korxonaga 8,3 trln so‘m miqdorida QQS salbiy farq summasi budjetdan qoplab berildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 764,4 mlrd so‘mga oshgan.

Jumladan, belgilangan tartib asosida tezlashtirilgan tartibda
(7 kun) 2 604 ta eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirgan korxonalarga 4,5 trln so‘m (umumiy qaytarilgan summaning 54 %) qoplab berildi.

Shu bilan birga, QQS salbiy farq summasi o‘rnini qoplash yuzasidan murojaat qilgan 1 723 ta korxonaning 718,7 mlrd so‘mlik arizalari inson omiliga bog‘liq bo‘lmagan, avtomatlashtirilgan tahlika-tahlil dasturi orqali o‘rganilib, QQS zanjirida 1,4 trln so‘m soliq uzilishlari mavjud (yaʼni, tovar, xizmatlar yetkazib berish ketma-ketligidagi kontragentlar tomonidan soliqlar hisoblanmaganligi) holatlar aniqlangan soliq to‘lovchilarga kamchiliklari ko‘rsatib berilgan holda, mustaqil ravishda ularni bartaraf qilib qayta murojaat qilishlari uchun imkoniyat berildi.

Bu to‘g‘risida shaxsiy kabinetlariga xabarnomalar yuborildi.

❗️Davlat soliq xizmati organlari QQS salbiy farq summasini qoplab berish budjet mablag‘lari taqchilligi sababli rad qilinmoqda degan vajlarning asossiz ekanligini qayd etgan holda, ko‘rsatib berilgan xatoliklar to‘g‘irlanib, murojaat qilingan taqdirda belgilangan muddatlarda QQS salbiy farq summalari qoplab berilishi to‘xtatilmasligini maʼlum qiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mol_mulk

Mol-mulkni baholash natijalarini soliq organlariga masofadan yuborilishi mumkin

Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilar egaligidagi ko‘chmas mulk obyektlarini mustaqil baholash natijalarini taqdim etish interaktiv xizmati joriy etildi.

💻Endilikda my3.soliq.uz saytidagi “Barcha xizmatlar” interaktiv xizmati orqali mustaqil baholash natijalarini soliq organiga yuborish mumkin.

♻️DSQ mutaxassislari tomonidan ushbu xizmatdan foydalanish bo‘yicha maxsus qo‘llanma ishlab chiqildi.

👉Qo‘llanma bilan bilan batafsil bu yerda tanishing!

📌Soliq to‘lovchilar 1.10.2022-yilgacha ko‘chmas mulk qiymatini baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda mustaqil baholashni o‘tkazish yoki oxirgi 2 yil davomida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda o‘tkazilgan mol-mulkni baholash natijalarini soliq organlariga taqdim etish huquqiga ega. Bunda, soliq to‘lovchilar 2022-yil 1-aprelgacha mustaqil baholash to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilishlari kerak edi. (oxirgi muddat – 31-mart)

❗️Agar soliq to'lovchilar soliq organlarini belgilangan muddatda xabardor qilmagan bo‘lsa, ular mol-mulkning minimal qiymatini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan ma'lumotnomani taqdim etishlari shart.
👉PQ-73-son 30.12.2021-yil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt