Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Keshbek va Soliq hamkor tizimidan qanday foydalanish borasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

📌Xabaringiz bor, joriy yil 1-yanvardan boshlab savdo obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga umumiy xarid summasidan 1 foizini (cashback) qaytarish tizimi joriy etildi.

🔊Ushbu yangilikni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan Farg‘ona shahridagi aholi gavjum joylarda targ‘ibot ishlari olib borildi. Unda cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek, chek berilmagan hollarda “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo‘llash imkoniyatlari tushuntirildi.

💳Eslatib o‘tamiz, QR-kodli chek ro‘yxatga olingach, 1 foizli mablag‘ jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan qaytariladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Uyda baliq yetishtiruvchilar ham o‘zini o‘zi band qilishi mumkin

📃“Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, (PQ-83-son, 13.01.2022)

🗓2022-yil 1-fevraldan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

🗓2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar, qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, biroq daromadining 80 foizidan ortig‘ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan yuridik shaxslar uchun:

🔹foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari);
🔹yer solig‘i;
🔹mol-mulk solig‘i;
🔹suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

Baliq yetishtiruvchi xonadon egalari uchun:
🔸yer solig‘i;
🔸mol-mulk solig‘i stavkasi 50% miqdorida belgilandi.
Молия вазирлиги ва Давлат солиқ қўмитасининг Ахборот хати

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS

Nima uchun QQS to‘lovchining ofis maydoni 18 m² dan kam bo‘lmasligi kerak

📝 Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori (22.09.2021) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, QQS to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda soliq xavfi darajasini aniqlash maqsadida soliq organlari ularning joylashgan joyi manzilini o‘rganishga haqli.

📍Bunda mulk huquqi yoki ijara yoxud tekin foydalanish asosida bitta yuridik shaxsga o‘rtacha 18 m² dan kam ma’muriy maqsadlarda foydalanayotgan maydon (ofis) to‘g‘ri kelsa nominal manzil deb e’tirof etiladi.

‼️O‘zbekistonda o‘rnatilgan shaharsozlik me’yorlariga muvofiq (“Jamoat binolari va inshootlari” ShNQ 2.08.02-09) ishchi xonalar va kabinetlar 1 shtat xodimiga kamida 6 m² maydon to‘g‘ri kelishi hisobidan loyihalanadi.

Yuridik shaxsning rahbari kamida 3 nafar xodimga ega bo‘lishi hisobga olinsa, binolarning (ofis) minimal maydoni 18 m² ni tashkil qiladi.

Ushbu me’yor real iqtisodiy faoliyatni amalga oshirmaydigan subyektlarni (xususan, bir vaqtning o‘zida bir nechta yuridik shaxs “ommaviy ro‘yxatga olish” manzilida ro‘yxatdan o‘tganligini) aniqlash maqsadida o‘rnatilgan.

Vazirlar Mahkamasining 22.09.2021-yildagi 595-sonli qarorida nazarda tutilgan mezonlar faqat QQS to‘lovchilarini xavf guruhlariga ajratish uchun qo‘llaniladi va QQS to‘lovchisi hisoblanmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar, o’zini o’zi band qilganlar, oilaviy korxonalar va yuridik shaxslarga qo‘llanilmaydi.

❗️Bunda, ushbu mezonlar tadbirkorlik faoliyatini taqiqlash uchun asos bo‘lmaydi, balki faqat QQS to‘lovchisi maqomiga muvofiqlik ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Tadbirkorlar uchun yengillik: «E-aktiv» dasturidan foydalanish to‘g‘risidagi talab ilk bosqichda faqat 4 toifadagi tovarlarga tatbiq qilinadi

❇️«E-aktiv» dasturidan foydalanish 2022-yilda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunda, 2022-yil 1-apreldan «E-aktiv» dasturidan majburiy foydalanish to‘g‘risidagi talab faqat 4 toifadagi tovarlarga tatbiq qilinadi (sement, shisha, yog‘och va paxta).

Dasturni tajribadagi 4 toifa tovarlar bo‘yicha qo‘llash natijalaridan kelib chiqib, tovarlar ro‘yxati Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Bunda, dasturni barcha toifadagi tovarlarga joriy etishni 2023-yil IV chorakda yakunlash rejalashtirilmoqda.

❇️2022-yil yakuniga qadar soliq to‘lovchilarning vakillari va ekspertlar bilan birgalikda tovar va xizmatlarning katalogini to‘liq shakllantirish, sodda hamda foydalanish uchun qulay shaklda ularning bazaviy shartli birliklarini aniqlash maqsadida tarmoqlar bo‘yicha ishchi guruhlar tuziladi.

❇️«E-aktiv» dasturiy mahsulotidan foydalanmaganlik (tajriba tovarlari toifasiga kiritilgan tovarlar bundan mustasno) hamda haqiqatda yetkazib berilgan tovarga (xizmatga) mos kelmaydigan mahsulot va xizmat indentifikatsiya kodlarini ko‘rsatganligi uchun soliq to‘lovchilarga nisbatan javobgarlik choralari 2022-yil 1-sentabrga qadar qo‘llanilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliq xavfini aniqlashdagi ayrim me’zonlar qo‘llanilishi to‘xtatib turiladi

📌Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining qo‘shma axborotiga asosan QQS to‘lovchilarining tahlika-tahlil avtomatlashtirilgan tizimi bo‘yicha quyidagi yengilliklar berilishi ko‘zda tutilmoqda:

Avval taqdim etilgan uch oylik davrga (2021-yilning oktabr oyidan dekabr oyiga qadar) qo‘shimcha ravishda soliq to‘lovchilarning quyidagi soliq xavfi mezonlarini (holatlarini) qo‘llanilishi 2023-yil 1-yanvarga qadar to‘xtatib turiladi:

🔹rahbar shaxsining yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning YaMMT da tasdiqlanmaganligi (omil #1);

🔹 o‘z ko‘chmas mulki, ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulki yo‘qligi (omil #4);

🔹 soliq to‘lovchining manzili nominal joylashgan joy manzili bilan to‘g‘ri kelishi (18 kvadrat metrdan kam) (omil #6);

🔹 oxirgi o‘n ikki oy ichida soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik holatlari mavjudligi (omil #14);

🔹 yollanma ishchilari yo‘qligi yoki 4 nafardan kamligi (omil #15).

❗️Ushbu mezonlar yirik soliq to‘lovchilarga va QQS to‘lovchisi sifatida yangi ro‘yxatdan o‘tayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan to‘xtatilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi majlislar zalida viloyat Ma’muriy sudi vakillari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi

Unda Fargona viloyat sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov Hay’ati sudyasi I.Matmusaev ishtirok etdi.

Tadbirda davlat soliq xizmati organlarining 2020-2021 yillardagi qarorlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, tadbirkorlik subyektlari faoliyati bo‘yicha davlat soliq nazoratini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xizmatlar sohasiga qator soliq imtiyozlari berildi

“Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

❇️Qarorga binoan, quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilandi:

🔹chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔹mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
🔹avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
🔹transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔹kompyuter xizmatlari;
🔹maishiy texnikani ta’mirlash;
🔹agroko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.

Bu imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.

❗️Ro‘yxatdagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlanganda, mazkur soliq imtiyozining amal qilishi to‘xtatiladi hamda qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

❇️Tadbirkorlik subyektlariga 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar mehmonxona (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari) bo‘yicha:

🔹yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalari 90 foizga kamaytirildi. Bunda 2027-yil 1-yanvargacha yangidan quriladigan obyektlarga (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkasiga) nisbatan mazkur imtiyozni ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 5 yil muddat davomida qo‘llanadi;

🔹foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymatini ikki yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirish huquqi berildi.

❇️2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar Qarorning 1-ilovasida keltirilgan tuman va shaharlarda belgilanadigan turizm hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun:

🔹aylanmadan olinadigan soliq stavkasi – 1 foiz;

🔹ushbu hududlardagi obyektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari miqdorlari – mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilandi.

❇️2022-yil 1-yanvardan uyali aloqa operatorlari uchun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10 foiz etib o‘rnatildi.

❇️2022-yil 1-apreldan qishloq joylarda antenna-machta metall konstruksiyalarini, ularga o‘rnatilgan va ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar hamda ular egallagan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#antikorrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni 💬@dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti orqali yuborish mumkin.

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2022-yil 31-yanvar

🔹bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni (PQ-73-son 15-band, 30.12.2021);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni (PQ-73-son 15-band, 30.12.2021);

🔹aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(PQ-73-son 15-band, 30.12.2021);

🔹aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(PQ-73-son 15-band, 30.12.2021).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida joriy yil 1-fevraldan boshlab hafta davomida 22:00 dan 00:00 gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida texnik ishlar amalga oshiriladi.

🛠Texnik ishlar davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
__________
Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️ В целях дальнейшего повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам в течение недели начиная с 1 февраля текущего года с 22:00 до 00:00 часов в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут проводиться технические работы.

🛠В связи с этим возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.soliq.uz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek #soliq_hamkor

Qo‘qon shahrida ham keshbek va Soliq hamkor tizimidan qanday foydalanish borasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

📌Xabaringiz bor, joriy yil 1-yanvardan boshlab savdo obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga umumiy xarid summasidan 1 foizini (cashback) qaytarish tizimi joriy etildi.

🔊Ushbu yangilikni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan Qo‘qon shahridagi aholi gavjum joylarda targ‘ibot ishlari olib borildi. Unda cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek, chek berilmagan hollarda “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo‘llash imkoniyatlari tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt