Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.45K photos
603 videos
45 files
2.74K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Otam pensioner, yashab turgan hovlimiz ularning nomida, mol-mulk va yer soliqlaridan qanday imtiyoz bor?

Soliq kodeksiga ko‘ra, pensioner bo‘lgan jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa imtiyoz faqat yolg‘iz pensionerlarga tatbiq etiladi. Ular yer solig‘idan butunlay ozod etilgan.

Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#yer_soligi #imtiyoz

Jismoniy shaxslardan olinadigan
yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

🔹Onlayn-NKM chekini talab qilishni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar.

🔹
Yer va mol-mulk soliqlari imtiyozlari kimlarga nisbatan tatbiq etiladi?

"Farg‘ona" telekanali "Xayrli kun!" dasturida viloyat soliq boshqarmasi xodimi batafsil tushuntirish berdi.

©️Farg‘ona MTRK

#yer_soligi #mol_mulk_soligi #imtiyoz

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
🗓15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

👉Yer va mol-mulk soliqlarini Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash

#15_aprel #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗓Bugun 15-aprel – yer va mol-mulk soliqlari teng yarmini to‘lashning so‘nggi kuni!

2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i summasi 15-aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘lanadi.

❗️Soliqlarni masofadan Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

#yer_soligi #mol_mulk_soligi #15_aprel

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq qarzi yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnoma kerakmi?

Soliqlar to'langan va buni qanday tasdiqlashni bilmayapsizmi?

Soliq qarzi yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnoma yoki to'lov kvitansiyasini Soliq (📱 Play Market / 📱 App Store) ilovasidan yuklab oling - bu juda tez va qulay!

Face IDdan o‘tishni unutmang.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliqlarni masofadan "Soliq" mobil ilovasi orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin

2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i summasi 15-aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘lanadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

#yer_soligi #mol_mulk_soligi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatganlik uchun jismoniy shaxslarga berilgan soliq imtiyozlari

Soliq kodeksining 421- va 436-moddalariga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini 2 BHMdan oshmaydiganyer solig‘ini esa 1 BHMdan oshmaydigan summaga kamaytirishi mumkin:

📉 uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan QTEMdan foydalanuvchilar – o'rnatilgan oydan boshlab 3 yil davomida;

☀️quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan elektr energiyasini to'plash tizimiga ega quyosh panellarini o'rnatilganda – bu panellar foydalanishga topshirillgan oydan boshlab 10 yil davomida.

❗️Imtiyoz faqat 1 marta 1 ta uy-joy fondi ko'chmas mol-mulk obyekti (ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan bitta yer uchastkasi)ga nisbatan energiya ta'minoti tashkiloti tomonidan berilgan ma'lumotnomaga asosan beriladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o'rnatilgan taqdirda qo'llaniladi.

📎Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

#imtiyoz #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube