Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.44K photos
603 videos
45 files
2.74K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Naslchilik uchun berilgan soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi

📃“Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-34-son, 30.01.2025) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, naslchilik korxonalari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.

Ma’lumot uchun: PQ-403-son qarorga asosan, naslchilik subyektlari uchun soliq imtiyozlari 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilgandi.

📌Shuningdek, 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari tomonidan Davlat budjetiga to‘langan QQSning 50 foizini har oyning 25-sanasigacha qaytarish tartibi joriy etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarning vaqt va mablag‘ bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarini qisqartirish

“Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-33, 30.01.2025-yil

2025-yil 1-maydan tadbirkorlar tan olgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha soliq organi tadbirkorlarning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish tartibi joriy etiladi:

◽️tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olganda, soliq organi mustaqil ravishda bank operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
◽️tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olmagan va e'tiroz bildirgan taqdirda, amaldagi tartibga muvofiq sud tomonidan hal etilishi belgilanmoqda.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgarishlar kiritilganidan keyin amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddasi

Amaldagi tartib qanday?

Soliq to‘lovchilar soliq hisobotlarini belgilangan muddatdan keyin 10 kun ichida taqdim etmaganda, bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi.

◽️Soliq organi faqat 10 kundan ko‘p bo‘lmaganda hisobvaraq operatsiyalarini to‘xtatib turishi mumkin.
◽️10 kundan ko‘p bo‘lganda, faqat sudning qarori asosida amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 111-moddasi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Marg’ilon shahrida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o’tkazildi.

©️Farg’ona MTRK

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#raqamlashtirish #keshbek

2024-yilda farg‘onalik iste'molchilar 75,6 mlrd so‘m keshbekka ega bo‘ldi

2024-yilda (4-fevral holatiga) iste’molchilarga respublika bo'yicha 1 mlrd chek uchun 1 trlndan so‘m ortiq keshbek to'langan.

To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 412,2 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 107,1 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 93,2 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 75,6 mlrd so‘m;
📍Andijon viloyati - 52 mlrd so‘m.

👉 Keshbek olish uchun FACE IDdan o‘tish lozim

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi

Savdo va xizmatlar soxasidagi korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasini 1% qo‘llash taklifi ma’qullanib, endilikda imtiyoz servis korxonalarining kamida 3 million so‘m oylik oladigan 30 yoshgacha bo‘lgan ishchilariga qo‘llanishi
belgilandi.

Va aksincha, xufiyona faoliyat yuritib, “konvertda” oylik to‘layotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Milliy liboslar – millatimiz ko‘rki

Yurtimiz bo‘ylab milliylikni targ‘ib qilish, milliy madaniyatni asrab-avaylash, o‘zbek xalqining boy merosini yosh avlodga yetkazish, aholining madaniy saviyasini oshirish, shuningdek, hayotimizda milliy an’analarning o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, davlat va jamoat tashkilotlarida “Milliy liboslar kuni” tadbirlari tashkil etilmoqda.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi
xodimlari ham ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib, ish jarayonida milliy libosda bo‘ldilar.

#milliy_libos

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimlari "Milliy liboslar kuni" tadbirlarida faol ishtirok etmoqdalar

#milliy_libos

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

EHF
tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart. Belgilangan hollarda oyning soʻnggi kuni bilan keyingi oy 10-kuniga qadar o‘tgan oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta EHF taqdim etiladi.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

Soliq to‘lovchilarning elektron tizimga o‘tishlarini yengillashtirish va qulay sharoit yaratish hamda soliqchi-ko‘makchi tamoyili asosida elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) keyingi oyning 10-sanasigacha rasmiylashtirish imkoniyati berilgan.
Hozirda 1 000ga yaqin korxona oy boshida QQS hisoboti taqdim etilgandan keyin EHF rasmiylashtirmoqda. Bu orqali kontragent uchun QQSni asossiz hisobga olish manfaatida ayrim tadbirkorlar tomonidan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, soliq summalarini kamaytirishga oid turli sxemalardan foydalanib ushbu berilgan imkoniyatlarni suiiste’mol qilish holatlari aniqlanmoqda.

Jumladan, "Sh. J" MCHJ 2024-yil dekabr oyi uchun QQS hisobotini 2025-yil 1-yanvarda soliq organiga taqdim etgan. Hisobot berilganidan so‘ng 2-yanvarda o‘tgan yil dekabr uchun EHF yozib, "M.K.T" XKdan 20 so‘mga taxta mahsulotlarini xarid qilgan.
O‘z navbatida ushbu taxta mahsulotlarini 2-3-yanvar kunlari yana dekabr bilan EHF yozib "XS" MCHJga 491 mlrd so‘m (shundan QQS 52,6 mlrd so‘m)ga sotgan. "XS" MCHJ esa EHFlar orqali ushbu mahsulotlarni 70 dan ziyod kontragentlarga sotish orqali QQSni asossiz hisobga olinganligi ma’lum bo’lgan.

Shuningdek, "Sh.J" MCHJ 2024-yil dekabr oyi uchun hisobot taqdim etgandan keyin rasmiylashtirilgan EHFlar uchun qayta hisobot topshirmasdan 3-yanvarda Andijon viloyatidagi "D" MCHJ tarkibiga qo‘shilib ketgan.
E'tiborlisi, "D" MCHJning bugungi kunda davlat budjetidan 7,7 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud.

❗️Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarilishini ta’minlash maqsadida yanvar oyi uchun EHF rasmiylashtirish muddati fevral oyining 9-sanasigacha hamda kelgusida ushbu muddatlar bosqichma-bosqich qisqartirilib borilishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Soliq to‘lovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib o‘tamiz.

💯EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Elektron soliq xizmatlari tizimida texnik nosozlik aniqlanib tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada tizim ish faoliyati odatdagi tartibda davom ettiriladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
_____

Уважаемые налогоплательщики❗️

Оперативно приняты меры для устранения технических неполадок в системе электронных налоговых услуг. В скором времени работа восстановится в штатном режиме.

Приносим извинения за неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Elektron soliq xizmatlari va “Soliq” mobil ilovasi odatdagi tartibda ishlamoqda.
______________


Уважаемые налогоплательщики❗️

Электронные налоговые услуги и мобильное приложение Soliq продолжают работу в штатном режиме.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#elon

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Barcha soliq toʻlovchilarga yanvar oyi uchun 11-fevralgacha (shu kuni ham) elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish imkoniyati beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube