Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.94K subscribers
4.72K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig'i qaysi obyektlar uchun to'lanadi?

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
👉
Soliq kodeksi 423-modda

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
▫️uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlar;
▫️daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas
mulk obyektlar;
▫️qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar;
▫️koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari;
▫️boshqa imoratlar, binolar va inshootlarga
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 419-modda

👉2024-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suniy_intellekt #ai

Ertaga,
15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun yer va mol-mulk solig‘i to‘lashning so‘nggi kuni!

Videorolik sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan.

#15_oktabr #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoniga yer solig‘i qanday hisoblanadi?

Jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi (Soliq kodeksi, 437-modda).

#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Otam pensioner, yashab turgan hovlimiz ularning nomida, mol-mulk va yer soliqlaridan qanday imtiyoz bor?

Soliq kodeksiga ko‘ra, pensioner bo‘lgan jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa imtiyoz faqat yolg‘iz pensionerlarga tatbiq etiladi. Ular yer solig‘idan butunlay ozod etilgan.

Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM