Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.73K photos
524 videos
42 files
2.43K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingida yuqori toifaga kirish mexanizmlari tadbirkorlarga yetkazilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Muloqotlarda tadbirkorlarga ball yig‘ish imkoniyatini beruvchi umumiy, rag‘batlantiruvchi, kamaytiruvchi mezonlar batafsil yetkazilmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi"Garant mebellari" MChJ vakillari bilan uchrashib, tadbirkorning Barqarorlik reytingidagi o‘rni CC ya'ni qoniqarli toifada ekanligi yetkazildi. Shu bilan birga, reytingni oshirish uchun, asosan, qaysi mezonlarga e'tibor qaratish zarurligi, ball kam olinayotgan yo‘nalishlar ushbu subyekt misolida batafsil tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul Qo‘shtepa tumanida o‘tkazildi

Mazkur tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham ishtirok etib, muammoga yechim izlab qabulga kelgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi, murojaatlarni o‘rgandi.

Qabul davomida boshqarma boshlig‘iga ortiqcha to‘lovni qaytarish, deklaratsiya, soliq hisobotlari, shuningdek, moddiy yordam ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabullar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#markirovka

Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart.

2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi (4 x 340 000 = 1 360 000 so‘m).

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

May oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlanmoqda

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so‘m) olishi mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga yer solig‘idan imtiyoz beriladi


📃“Parrandachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-238-son, 27.06.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.

🗓 2024-yil 1-iyuldan parranda go‘shtini eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#ozini_ozi_band_qilish

IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar 3 yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi


Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot boʻlib oʻtmoqda.

Unda Davlatimiz rahbari mamlakatimizda soʻnggi yillarda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning samaralari hamda istiqboldagi rejalar haqida soʻz yuritmoqda.

Xususan, bugungi kunda IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi.

Bunday yoshlarimiz yiliga ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqda.

Endilikda IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi berilib, ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_imtiyozi

Magistral yoʻllar boʻyida 50 mingta koʻchma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_imtiyozi

Tadbirkorlarning yoshlarni kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish borasidagi tashabbuslari bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. O‘quvchilarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
SOLIQ_TAQVIMI_IYUL_2024.pdf
257.1 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil iyul oyi uchun kalendari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt