Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 15-18-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanalarda taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 19-iyunga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qurbon_hayiti

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!

Xalqimiz maʼnaviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, mehr-oqibat va xayr-saxovat kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan muborak ayyom – Qurbon hayiti bilan Sizlarni, barcha musulmon ummatini chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Shunday ulug‘ kunda Yaratgandan yurtimiz tinchligini, xalqimiz birdamligi, do‘stligi va ahilligining yanada ziyoda bo‘lishini so‘rab qolaman.

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʻlida olib borilayotgan barcha xayrli ishlar bardavomligini so‘rayman.

Fursatdan foydalanib, Sizlarga oilaviy baxt-saodat, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!


Hurmat bilan,


Maqsudxon Mamatxanov,
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 19-iyun

may oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JSHODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4 va 5-qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3 va 4-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlarning soliq ma’muriyatchiligi bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish, qonunchilikdagi o‘zgarishlarni tushuntirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuninglek, tadbirkorlarning qonuniy ishlashiga individiual ravishda amaliy ko‘mak berish maqsadida respublikamizda, xususan, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi tashkil etilgan.

Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan QQS to‘lovchilar, ya’ni 15 mingga yaqin yuridik shaxslar 14 ta sohaga ajratilgan hamda barcha korxonalarga 65 nafar boshqarmaning malakali xodimlari individual ravishda biriktirilgan.

Ayni paytda xodimlar o‘z tarmog‘idagi korxonalar bilan elektron dasturlar imkoniyatlaridan foydalangan holda 26 ta mezon asosida samarali ish olib bormoqdalar.

©️Farg‘ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #chek_tahrirlash

🗓 19-iyun – AOS toʻlovchilar uchun 2024-yil may oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning
oxirgi kuni.

AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-iyun

may oyi uchun:


- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksi 273-modda 1 va 2-qismlar);

- agar may oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4-qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

II chorak uchun:
- AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining ¼ qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchilar tomonidan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi yillik summasining ¼ qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining ¼ qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni.
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#uchrashuv

Ayni daqiqalarda savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish va hal etish maqsadida ushbu soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirok etmoqda.

👉 Jonli efir
_________
#встреча

В эти минуты проходит встреча с предпринимателями в сфере торговли и общественного питания для обсуждения и решения проблемных вопросов, с которыми они сталкиваются в своей деятельности.

В ней принимают участие руководство и специалисты Налогового комитета.

👉Прямой эфир

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.

Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?

👉2024-yildan QQS bo‘yicha qonunchilikka qanday o‘zgarishlar kiritilgan?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti va to‘lov topshiriqnomalarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉 Soliq kodeksi 220-modda

Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YTTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 2-qism

Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 5-qism

Soliq organlarining axborot tizim orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
👉 MJTK 309-prim 3-modda / Soliq kodeksi 56-modda

*BHM 1 baravari = 340 000 so‘m

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlildan qanday foydalanish mumkin?

🖥Buning uchun my3.soliq.uz elektron soliq xizmatlari portali orqali yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish lozim.
▶️“Xizmatlar” oynasidan “Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlillar” bo‘limi tanlanadi.
▪️Ushbu bo‘limda “Avtokameral” tizimi orqali soliq turlari kesimida aniqlangan tafovutlar aks etadi.
▪️Soliq turi tanlanadi hamda tafovut mavjud oylar kesimida summalar avtomatik tarzda shakllanadi.

▶️Oy tanlanganda “Avtokameral” tizimida mavjud mezon bo‘yicha tafovut summasi ekranda paydo bo‘ladi.

▶️Maʼlumot tugmasi bosilganda tafovut summasini hisoblash formulasi hamda uning tavsifi aks etadi.

Maʼlumot uchun: Maʼlumotlar har kuni bir marta avtomat tarzda yangilanadi. Mazkur xizmatdan foydalanib soliq hisobotidagi noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan maʼlumotlarga tuzatish kiritish va soliq organiga aniqlashtirilgan hisobot taqdim etish mumkin.

#raqamlashtirish #tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘ona tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Aholi muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy yechim topish maqsadida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.

Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan navbatdagi qabulda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham bevosita ishtirok etib, fuqarolar muammolarini yaqindan tingladi.

Qabul davomida yer va mol-mulk soliqlari, soliq qarzdorligi, soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, moddiy yordam ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida aksariyat murojaatlarga ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar mas’ullarga biriktirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 24-iyun

may oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt