#savol_javob
- Men yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Marg‘ilon shahridan ro‘yxatdan o‘tgan holda shahar hududidagi “Fayz" savdo majmuasida savdo qilaman. Yaqinda tuman va shahar chegaralarining o‘zgarishi munosabati bilan bizning bozor joylashgan hudud Qo‘shtepa tumaniga o‘tdi. Mazkur holatda men yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Qo‘shtepa tumanidan qayta ro‘yxatdan o‘tishim talab etiladimi?
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyun kungi PQ-4742-son qarorining 6-bandiga asosan, yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish ularni davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda (qayta ro‘yxatga olinayotganda) tadbirkorlik faoliyatini olib borish joyi bo‘yicha amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Siz yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hududiy davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda yoki masofadan turib new.birdarcha.uz sayti orqali faoliyat joyini aniq ko‘rsatgan holda qayta ro‘yxatdan o‘tishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

❓O‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoniga yer solig‘i qanday hisoblanadi?
✅Jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi (Soliq kodeksi, 437-modda).
#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
✅Jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi (Soliq kodeksi, 437-modda).
#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
❓Otam pensioner, yashab turgan hovlimiz ularning nomida, mol-mulk va yer soliqlaridan qanday imtiyoz bor?
✅Soliq kodeksiga ko‘ra, pensioner bo‘lgan jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi❌.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa imtiyoz faqat yolg‘iz pensionerlarga tatbiq etiladi. Ular yer solig‘idan butunlay ozod etilgan.
Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
✅Soliq kodeksiga ko‘ra, pensioner bo‘lgan jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi❌.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa imtiyoz faqat yolg‘iz pensionerlarga tatbiq etiladi. Ular yer solig‘idan butunlay ozod etilgan.
Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#savol_javob
❓Oilaviy korxona o‘z xonadonida faoliyat yuritsa, mazkur turar joy noturar obyektga aylantirilishi shartmi?
✅O‘zbekiston Respublikasi "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonunining 16-moddasiga asosan, oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, shu jumladan ishlab chiqarish, xo‘jalik binolari va boshqa imoratlar oilaviy korxona faoliyati amalga oshiriladigan joydir.
Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylarni ulardan oilaviy korxona faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga aylantirish talab qilinmaydi, bundan faoliyatning ayrim turlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

❓ Umumiy ovqatlanish shoxobchasida to‘lovni amalga oshirganimda menga yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli terminal chekini berishdi. Tadbirkorlar bir-birlarining to‘lov terminallaridan foydalanishlari mumkinmi?
✅ Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish hisoblanadi va mazkur soliq huquqbuzarligi yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
📃Soliq kodeksi 221-modda

❓O‘zimga tegishli turar joyni yaqin tanishimga ma’lum bir haq evaziga ijaraga berdim. Mazkur holatda ijarachi yaqin tanishim bo‘lganligi bois ijara shartnoma tuzmasam, qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilganmi?
✅Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-prim 1-moddasiga ko‘ra, fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik👉
bazaviy hisoblash miqdorining (375 000 so‘m) besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq mobil ilovasida ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma
#savol_javob #e_ijara

❓Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari qachon to‘xtatib turilishi mumkin?
✅Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan, yuridik shaxslar va YaTTning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organi tomonidan quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:
1) ushbu soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda;
2) soliq to‘lovchi tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
3) soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda;
4) soliq to‘lovchining o‘zi ko‘rsatgan manzilda yo‘qligida.
❗️Soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. O‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin.