Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.94K subscribers
4.72K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#savol_javob

Otam pensioner, yashab turgan hovlimiz ularning nomida, mol-mulk va yer soliqlaridan qanday imtiyoz bor?

Soliq kodeksiga ko‘ra, pensioner bo‘lgan jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa imtiyoz faqat yolg‘iz pensionerlarga tatbiq etiladi. Ular yer solig‘idan butunlay ozod etilgan.

Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#ortiqcha_tolov

Yuridik shaxslar
my3.soliq.uz portali orqali ortiqcha toʻlangan soliq summasini qanday qaytaradi

Buning uchun my3.soliq.uz portalining “Barcha xizmatlar” boʻlimida “Yuridik shaxslarning ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish” xizmati tanlanadi

Shaxsiy kabinetga ERI orqali kirilgandan so‘ng ochilgan oynada “Arizani rasmiylashtirish” menyusiga o‘tiladi.

Bu yerda hudud tanlanadi. Shundan so‘ng korxona nomi, pochta manzili va STIR avtomatik shakllanadi. Ariza beruvchining telefon raqami va elektron pochtasi ko‘rsatilishi shart.

Soliq turi tanlanganda obyekt kodi, soliq hisobvaragʻi, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ortiqcha toʻlangan summa (raqamda va soʻz bilan) avtomatik shakllanadi.
Keyingi qatorda ortiqcha toʻlangan soliq summasini vujudga kelgan sanasi va qisqacha sababi yoziladi.

Shundan so‘ng qaytarish yoki hisobga olish ko‘rsatiladi.

Agar boshqa soliq turiga oʻtkazish tanlansa, ortiqcha summa oʻtkazilishi lozim bo‘lgan soliq turi ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng soliq hisobvaragʻi va shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida ma’lumot avtomatik shakllanadi.

Ortiqcha toʻlangan summani qaytarish tanlansa bank MFOsi ko‘rsatilishi lozim. Shundan so‘ng ma’lumotlar shaxsiy hisobvaragʻida avtomatik aks etadi.

Yakunda boshqa soliq turiga oʻtkaziladigan yoki qaytariladigan ortiqcha soliq summasi (raqamda) koʻrsatiladi, soʻz bilan yozilishi avtomatik shakllanadi.

Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi tasdiqlanib “Yuborish” tugmasi bosiladi.

Eslatma. my3.soliq.uz portalida ortiqcha soliq to‘lovlarini avtomatik o‘tkazish funksiyasi ishlab chiqilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#keshbek

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib oling.

Ilovaning "To‘lovga tasdiqlangan" tugmasi bosilib, kerakli oy tanlanganda o‘sha oyda ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar ro‘yxati shakllanadi.

Cheklar👉
🔴qizil rangda bo‘lsa, keshbek berish rad etilgani;
🔵ko‘k rangda bo‘lsa, keshbek tasdiqlanish jarayonida ekanligi;
🟢yashil rang esa keshbek tasdiqlanganini bildiradi.

Qaysi cheklarga keshbek berish rad etiladi?
🔹shubhali xaridor deb topilgan foydalanuvchi cheklariga;
🔹chekdagi MXIK noto‘g‘ri bo‘lsa;
🔹keshbek berilmaydigan mahsulot va xizmatlar cheki ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa (avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan beriladigan xarid cheklari uchun keshbek berilmaydi).

Aynan qaysi sabab bilan keshbek berish rad etilganligini bilish uchun qizil rangdagi chek tanlanib, "Batafsil" tugmasi bosiladi.

Qaysi hollarda cheklar ko‘k rangda ya'ni tasdiqlanish jarayonida bo‘ladi:
🔹chek berilgan tadbirkorlik subyekti tomonidan soliq hisobotlari topshirilmaganda;
🔹hisobotlarda kamchiliklar bo‘lganda;
🔹1 mln so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi bo‘lsa.

Tadbirkorlik subyekti tomonidan kamchiliklar bartaraf etilsa, keshbek avtomatik ravishda tadiqlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Oltiariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Xabaringiz bor, aholi bilan yaqindan muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida viloyatning barcha shahar va tumanlarida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Oltiariq tumanida o‘tkazilgan navbatdagi qabulda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham bevosita ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini yaqindan tingladi.

Qabul davomida boshqarma boshlig‘iga
👉 soliq imtiyozlari;
👉 QQSni qaytarish;
👉 noturar obyektlar uchun hisoblangan soliqlar;
👉 soliq qonunchiligini buzganlik uchun qo‘llanilgan ma’muriy jarimalar;
👉 soliq hisobotlari kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori 2 % etib belgilandi


“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
👉 O‘RQ-927 29.05.2024

Unga ko‘ra,

▫️fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish,
▫️tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish

realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 %ini tashkil etadi.

Avval ushbu huquqbuzarlik realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida (100%) jarima solishga sabab bo‘lar edi.

Qunun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq xizmati organlari xodimlariga korrupsiyaning salbiy oqibatlari yetkazilmoqda

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Yozyovon, So‘x va Uchko‘prik tumanlari soliq inspeksiyalari xodimlari bilan uchrashuv tashkil etilib, ichki mehnat tartib qoidalari, xususan, chet elga chiqish tartibiga qat'iy rioya etish majburiyatlari yetkazildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashish, to‘sqinlik qilish yoki ularning noqonuniy faoliyatiga homiylik qilish, xizmat sirlarini oshkor etish kabi huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab bilan bog‘liq salbiy holatlar sodir etganlik holati aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilishi eslatib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #markirovka

"Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" Prezident qarori qabul qilindi.
👉 PQ-203 30.05.2024

Qarorga ko‘ra,

🔹2027-yil 1-yanvarga qadar raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun markirovkani oʻqish qurilmalarini sotib olishda bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda (foyda soligʻi yoki AOS yoxud YATTlar tomonidan toʻlanadigan JSHODS) soliq imtiyozi berildi.

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi. (PQ-5252 04.10.2021 y) Soliq qoʻmitasining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, 2024-2026-yillarda 34 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti 2D-skanerlar bilan taʼminlanishi kerak. Imtiyozlar ularga jami 46,2 mlrd soʻm mablagʻni tejash imkonini beradi.

🔹2024-yil 1-sentabrdan quyidagi normalar joriy etiladi:
▫️tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni 2D-skanerdan foydalanmasdan sotish holatlari aniqlanganda, ular shaxsiy kabineti orqali bu haqda ogohlantiriladi;
▫️2-marta ana shunday ogohlantirishdan soʻng markirovkalash qoidalarini buzish holati 1 oy ichida qayta takrorlansa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Bunda huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat qamrab olinadi;
▫️soliq tekshiruvi yakunlangandan keyin markirovka qoidalarini buzish 1 oy ichida qayta takrorlansa tadbirkorlik subyektlari xabardor qilinmasdan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bu haqda tekshirish kunida xabardor qilinadi.

Soliq tekshiruvlari tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilmasdan hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
▫️har chorakda majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari amalga oshiriladi.

Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari orasidan har chorakda, har bir hudud kesimida avtomatik tarzda kamida 10 %ini tanlab olingan holda nazorat tadbirlari oʻtkaziladi hamda qonunbuzilishi holatlari aniqlangan subyektlar faoliyati keyingi 3 chorak davomida nazorat qilib boriladi.

🔹2024-yil 1-sentabrdan quyidagi tartiblar oʻrnatiladi:
▪️pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi;
▪️tamaki va pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun BHMning 10 %i miqdorida har oylik yigʻim joriy etiladi.

📌Tadbirkorlik subyektlari pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyatini boshlash yoki to‘xtatish haqida soliq organlarini xabardor qilishi lozim.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt