Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.75K photos
526 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqlarni_toladim

🤳"Soliqlarni to’ladim" chellenjida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimlari ham yer va mol-mulk soliqlarini o‘z vaqtida to‘lab, faol ishtirok etmoqdalar.

☝️Sizchi, soliqlarni to‘lashni unutmadingizmi?

📲 Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

"Elektron hisobvaraq-faktura va QQS hisoboti"
mavzusida onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/LRGp_a5laQ0?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Электронные счета-фактуры и отчетность по НДС".

🌐 Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/LRGp_a5laQ0?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
8 turdagi mahsulotlar xaridi uchun QQS qaytariladi

📃 Prezident qaroriga muvofiq, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga chakana savdo obyektlaridan quyidagi tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qaytariladi:

👉Qoʻy goʻshti;
👉Parranda goʻshti;
👉Mol goʻshti;
👉Tuxum;
👉Oʻsimlik yogʻi;
👉Un;
👉Shakar;
👉Dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

QQSni qaytarib olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi isteʼmolchi Soliq mobil ilovasini yuklab, FACE ID orqali roʻyxatdan oʻtishi va ilovada xarid cheki QR-kodini skaner qilishi lozim.

QQSni qaytarishda sotib olingan mahsulot QQS qaytariladigan mahsulotlar roʻyxatiga kirganligi, xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” da ekanligi hamda tadbirkor QQS toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtganligi inobatga olinadi.

❗️QQS summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha (3,4 mln so‘m) bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Soliq to‘lovchilarga 1,2 mlrd so‘mlik soliqlarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘lash imkoni berildi

Joriy yilning I choragida respublika bo‘yicha 21 ta tashkilotga 27 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyati berildi.

Xususan, Farg‘ona viloyatida 4 ta subyektga 1,2 mlrd so‘mlik soliqlarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘lash imkoni berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati kimlarga beriladi?

Soliq kodeksining 100-moddasiga asosan, soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin:

1) ushbu shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;

2) ushbu shaxsni budjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash kechiktirilganligi;

3) manfaatdor shaxs soliqni bir yo‘la to‘lashi oqibatida uning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelganligi;

3.1) manfaatdor shaxs faoliyatni 3 yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi;

3.2) agar manfaatdor shaxs Soliq kodeksining 101-moddasi birinchi qismiga binoan soliq to‘lashni kechiktirish huquqi to‘g‘risidagi xabarnomani yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran 3 oy ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tganligining qayd raqamini va sanasini ko‘rsatgan holda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa;

3.3) agar o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha jami daromadi 10 milliard so‘mdan oshmagan shaxs soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan e’tiboran 1 oy ichida soliq organlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi to‘g‘risida xabarnoma yuborgan bo‘lsa. Mazkur tartib QQS va foyda solig‘i to‘lovchilariga nisbatan qo‘llaniladi (ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno);

4) jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi;

5) manfaatdor shaxs tomonidan tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;

6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi;

7) Soliq kodeksining 97-moddasi o‘n uchinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan bo‘lsa.

#savol_javob

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

Farg‘ona politexnika institutida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimlari hamda faol tadbirkorlar ishtirokida Farg‘ona politexnika instituti talabalari bilan muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv jarayonida yurtimizda tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida axborot berildi.

Shuningek, halol biznes yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan Barqarorlik reytingi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

2024-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda berilishi ta’kidlab o‘tildi.

Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarning YaTT yoki yuridik shaxs faoliyatini yo‘lgan qo‘yish hamda ularning soliq majburiyatlari borasidagi savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mulk_soligi #yer_soligi

- Soliq mobil ilovamda onamning soliq qarzi ko‘rsatilgan, biroq onam 2022-yilda vafot etgan va nomidagi xonadon sotilgan. Buni qanday bartaraf etish kerak?

- Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart.
👉 Soliq kodeksining 133-moddasi 3-qismi

Ushbu ma'lumotlar asosida soliq organlari jismoniy shaxslarning mol-mulki va yerlariga soliqlarni hisoblab chiqadi.

Agar Soliq mobil ilovasida mol-mulk va yer solig‘i hisoblangan obyektlarning o‘zlari yoki ularning egalari haqidagi ma’lumotlarda tafovutlar aniqlansa, Davlat kadastr palatasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

❗️Kadastr organlari o‘z ma‘lumotlar bazasidagi xatolarni tuzatgandan so'ng, soliq qarzi avtomatik ravishda bartaraf etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
4-sektor rahbari yoshlar bilan uyma-uy yurgan holda uchrashdi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Maqsudxon Mamatxanov Quva tumanidagi o‘ziga biriktirilgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazdi.

Yoshlarning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida ularning yashash xonadoniga borib o‘tkazilgan uchrashuvlarda sektor rahbari har bir yoshning masalasiga individual yondashdi.

Muloqotlar jarayonida yoshlarning yashash sharoitlari o‘rganildi, muammo va takliflari eshitildi. Xususan, ish bilan ta’minlash, imtiyozli kredit ajratish, suyultirilgan gaz baloni yetkazib berish hamda soliqlarni to‘lashda amaliy yordam kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Natijada, aksariyat masalalar shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha vaqt talab qiladiganlari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.