Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 1-iyun holatiga ko'ra, Farg'ona viloyatida jami 163 990 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan.

❗️Eslatib o‘tamiz, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning daromadi Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar yiliga bir marta BHMning bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydilar. To’langan ushbu summa fuqaroga mehnat staji va pensiya hisoblanishi uchun asos bo’ladi.

©️Farg'ona TV

#soliq_xabarlari #ozini_ozi_band_qilish

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar #AOS

Ayrim toifadagi hunarmandlar uchun AOS stavkasi pasaytirildi

Oʻzbekiston Respublikkasi Prezidentining “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-91-son 12.06.2023

Farmonga muvofiq:

🗓2023-yil 1-iyundan 2025-yil 1-yanvarga qadar –
▫️Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi
▫️Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun AOS stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

🔖Shuningdek, hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlarining yangi ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra faoliyati yo‘nalishlari 43 ta etib belgilandi.

Ma'lumot uchun. Bungacha hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari 34 tani tashkil etgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi qanday? Subsidiya uchun topshirilgan arizalarga soliq organlari tomonidan ball berish qanday amalga oshiriladi?

📃Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan. Ushbu nizomda mas’ul tashkilotlar, xususan, soliq organlari tomonidan ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash tartibi ko‘zda tutilgan👉

Soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) bo‘yicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning daromadlarini aniqlaydi.

❗️Bugungi kunda ariza topshirgan fuqarolarning daromadlari subsidiya.idm.uz platformasi orqali avtomatik shakllanadi.

Ariza beruvchi va/yoki uning oilasining daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) asosida eng yuqori 10 ballgacha baholanadi. Ayni paytda MHTEKM – 980 ming so‘m.

Misol uchun,
viloyatimizda daromadi MHTEKMning 2,7 dan 7,0 baravarigacha bo‘lgan fuqarolarga 10 ball beriladi. Ya’ni, 980 000*2,7 = 2 646 000 so‘m, shu summani ariza beruvchining oxirgi ishlagan 12 oyga (yillik) ko‘paytiradigan bo‘lsak – 31 752 000 so‘m, 7,0 baravari esa 980 000*7,0=6 860 000 so‘m (yillik – 82 320 000 so‘m). Demak, o‘rtacha yillik daromadi 31 mln 752 ming so‘mdan 82 mln 320 ming so‘mgacha daromadga ega bo‘lgan fuqarolarga soliq organlari tomonidan 10 ball beriladi.

Shuningdek, daromad miqdoriga qarab, 6 yoki 2 ball ham berilishi, me’yorlarga to‘g‘ri kelmagan taqdirda esa umuman ball berilmasligi mumkin. Soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila a’zolarining daromadlari bo‘yicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish bo‘yicha komissiya kotibiga yuboriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, agar ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu belgilangan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga ularning turmush qurmagan farzandlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.

#subsidiya #savol_javob

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2021-yildan boshlab ish beruvchilarga ularning 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun hisoblangan ijtimoiy soliq summasini budjetdan to‘liq qaytarib berish tartibi joriy etilishi natijasida Farg‘ona viloyatidagi 1455 ta korxona 2,8 mlrd so‘mlik imtiyozdan foydalandi.

©️Farg'ona TV

#soliq_xabarlari #soliq_imtiyozi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturida ishtirok etgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

"Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–93-son, 12.06.2023 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi.

Dasturda kamida 2 yil faoliyat ko‘rsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlar – yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.

📂Dastur doirasida tadbirkorlarga quyidagi soliq imtiyozlari va preferensiyalar beriladi:

🔹 tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda, 2025-yil 1-yanvargacha:

tadbirkorlar ushbu fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘lab, bandligini ta’minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan imtiyoz beriladi;

fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i respublika byudjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun BHMning 2 baravarigacha) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

🔹 barcha soliqlar (QQS va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona to‘lovlarini ta’minotsiz va foizsiz 1 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi;

🔹barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-iyun

may oyi uchun:

hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5
qismlar);

AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari

©️Farg‘ona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hujjatsiz yerga 3 baravar stavkada soliq hisoblash to‘xtatiladi

📃"Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag‘batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–192-son, 14.06.2023 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-iyun holatiga quyidagilar hisobdan chiqariladi:

🔹 jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i (noturar ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno) bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;

🔹oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YaTTlarning qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;

🔹xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi uchun qo‘llanilgan jarimalar summasi.

Ushbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

❗️2024-yil 1-iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi to‘xtatiladi.

▶️ Fermer xo‘jaliklariga 2023-yil 1-iyun holatiga shakllangan suv solig‘idan qarzini 12 oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etildi.

2023-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini ta’minlash;

har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadni mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan (980 ming so‘m) miqdorda belgilash;

issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati bo‘yicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar #e_aktiv

"E-aktiv"dan foydalanish 2024-yil 1-aprelga qadar uzaytiriladi

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda oʻz ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni soliq organlarining “E-aktiv" axborot tizimida ixtiyoriy aks ettirish tartibining amal qilish muddati 2024-yil 1-aprelga qadar uzaytiriladi.

👉PQ-192-son 14.06.2023

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat

Farg‘ona shahar soliq inspeksiyasida kuzatilgan holat yuzasidan Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga asosan shahar soliq inspeksiyasidagi holat boshqarma mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Joriy yil 8-iyun kuni soat 22.00 hamda 12-iyun soat 20.00 larda mustaqil blogerlar Farg‘ona shahar soliq inspeksiyasi ma’muriy binosiga tashrif buyurishgan. Ular ma’muriy binoda ish vaqtidan tashqari yig‘ilish o‘tkazilayotganligi va mehnat qonunchiligiga rioya qilinmayotganligini iddao qilishgan.

Boshqarma mas’ullari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda ma’lum bo‘lishicha, yuqorida ko‘rsatilgan vaqtlarda inspeksiya rahbariyati tashabbusi bilan yoki ular boshchiligida hech qanday yig‘ilish tashkil etilmagan.

Eslatib o‘tish joiz, soliq xizmati organlari ma’muriy binolardagi hujjatlar, muhrlar, maxsus vositalar va boshqa tovar-moddiy boyliklarning asrab-avaylanishini ta’minlash, tashrif buyuruvchi davlat organlari, tashkilotlar xodimlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillariga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Soliq qo‘mitasining tegishli buyrug‘i qabul qilingan hamda ma’muriy binoga kirib-chiqish tartiblari belgilangan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda blogerlarga tosh otilganligi iddao qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan hech kimga hech qanday tosh otilmagan. Agar tosh otish holati kuzatilgan bo‘lsa, mazkur jarayon ishtirokchisi kim ekanligi haqida soliq organlarida aniq ma’lumot mavjud emas hamda soliq organlari bunday holatni qoralaydi.

Ta’kidlash joizki, soliq xizmati organlari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlikni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi, axborotni moneliksiz izlash va olishlari uchun sharoit yaratadi.

“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi hamda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq, ommaviy axborot vositasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek, mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risida so‘rov bilan og‘zaki, yozma va elektron tarzda murojaat etish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Shuningdek, so‘rov ko‘pi bilan yetti kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Axborot asrida tarqatilayotgan xabar uchun har daqiqaning muhimligini hisobga olgan holda soliq orqanlari tomonidan OAVning so‘roviga 7 kunlik muddatni kutmasdan imkon qadar tezroq javob berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan og‘zaki, yozma va elektron ravishda so‘rov yuborishlari mumkin, ochiq ma’lumotlarning barchasi belgilangan tartibda taqdim etilishi ta’minlanadi.

#rasmiy_munosabat

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar #YaTT

YaTTlarning soliq qarzi, penya va jarimalari hisobdan chiqariladi

🗓 2023-yil 1-iyun holatiga

🔹oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YaTTlarning qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi.

👉PQ-192-son 14.06.2023

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi qanday ta’minlanadi?

Soliq kodeksining 153-moddasiga muvofiq, soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud bo‘lmaganda esa — xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.

Videotasvirni yozib olish to‘xtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda videotasvirga olish tartibi Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

Qonunchilikda videoyozuv taqiqlangan hollarda yoki videoyozuvga olish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda xolislar soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlarga majburiy tartibda jalb etiladi.

#savol_javob

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-iyun

may oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- agar may oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar).

iyun oyi uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlarni soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

II chorak uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlarni soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YTTlar tomonidan yillik soliq summasining ¼ qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism);

- AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining ¼ miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining ¼ qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Chiqindilarni qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilgan

📃Soliq kodeksining 483-moddasiga muvofiq, chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar👉

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#intervyu

Kimlar uchun soliq qarzi, penya va jarimalar bekor qilindi?

Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi kun.uz muxbiri bilan suhbatda Prezident qarori bilan soliq to‘lovchilarga berilgan yengilliklar haqida batafsil tushuntirish berdi.

📹 Youtubeda tomosha qilish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter