Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor
Endilikda Soliq hamkor orqali noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin
2023-yil 1-iyundan qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasiz, markirovkalanmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish,
ruxsati boʻlmagan holda alkogol va tamaki mahsulotini sotish, sifatsiz spirt va alkogol mahsulotini sotish kabi qonun buzilishi holatlari haqida Soliq organiga murojaat yo‘llash tizimi ishga tushdi.
PQ‑110-son 04.04.2023
👉Soliq hamkor orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi
👉Murojaatlar 10 ish kunida majburiy tartibda koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha murojaat yoʻllagan shaxs xabardor qilinadi
👉Tasdigʻini topgan murojaatlar boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi, jinoyatlar uchun esa BHMining 5 baravarigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi.
📲 Shuningdek, Soliq hamkor orqali chek bermaslik, plastik kartaga savdo qilmaslik, mahsulotni plastik kartaga qimmat sotish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin.
🎞 Batafsil videolavhada
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 12-iyun
may oyi uchun:
✅ aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);
iyun oyi uchun:
✅ AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);
✅ AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Tadbirkorga zamonaviy dastgoh sotib olishda ko‘maklashildi
“Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili doirasida Farg‘ona tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari qo‘llab-quvvatlanmoqda, zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Joriy yil iyun oyiga qadar 600 dan ortiq tadbirkorni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi. Xususan, 240 ta subyektga dastlabki buxgalteriyasini yuritish va qulay soliq rejimini tanlashga ko‘maklashildi, 105 nafar tadbirkorga esa E-ijara, E-imtiyoz kabi dasturlarni qo‘llash tartiblari tushuntirildi. Bundan tashqari, tadbirkorlar murojaatlariga asosan, tabiiy gaz, suv, kredit olish kabi masalalar yuzasidan ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
Misol uchun, Log‘on MFYda mebel ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Jamshid mebel a'lo" xususiy korxonasiga 200 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishida yordam berildi. Natijada, tadbirkor yangi zamonaviy dastgoh sotib olib, faoliyatini kengaytira boshladi.

2023-yil 1-iyun holatiga ko'ra, Farg'ona viloyatida jami 163 990 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan.
❗️Eslatib o‘tamiz, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning daromadi Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar yiliga bir marta BHMning bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydilar. To’langan ushbu summa fuqaroga mehnat staji va pensiya hisoblanishi uchun asos bo’ladi.
©️Farg'ona TV
#soliq_xabarlari #ozini_ozi_band_qilish

#qonunchilikdagi_yangiliklar #AOS
✅ Ayrim toifadagi hunarmandlar uchun AOS stavkasi pasaytirildi
Oʻzbekiston Respublikkasi Prezidentining “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-91-son 12.06.2023
Farmonga muvofiq:
🗓2023-yil 1-iyundan 2025-yil 1-yanvarga qadar –
▫️“Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi”
▫️“Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun AOS stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
🔖Shuningdek, hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlarining yangi ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra faoliyati yo‘nalishlari 43 ta etib belgilandi.
Ma'lumot uchun. Bungacha hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari 34 tani tashkil etgan.

❓Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi qanday? Subsidiya uchun topshirilgan arizalarga soliq organlari tomonidan ball berish qanday amalga oshiriladi?
📃Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan. Ushbu nizomda mas’ul tashkilotlar, xususan, soliq organlari tomonidan ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash tartibi ko‘zda tutilgan👉
Soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) bo‘yicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning daromadlarini aniqlaydi.
❗️Bugungi kunda ariza topshirgan fuqarolarning daromadlari subsidiya.idm.uz platformasi orqali avtomatik shakllanadi.
Ariza beruvchi va/yoki uning oilasining daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) asosida eng yuqori 10 ballgacha baholanadi. Ayni paytda MHTEKM – 980 ming so‘m.
✅Misol uchun, viloyatimizda daromadi MHTEKMning 2,7 dan 7,0 baravarigacha bo‘lgan fuqarolarga 10 ball beriladi. Ya’ni, 980 000*2,7 = 2 646 000 so‘m, shu summani ariza beruvchining oxirgi ishlagan 12 oyga (yillik) ko‘paytiradigan bo‘lsak – 31 752 000 so‘m, 7,0 baravari esa 980 000*7,0=6 860 000 so‘m (yillik – 82 320 000 so‘m). Demak, o‘rtacha yillik daromadi 31 mln 752 ming so‘mdan 82 mln 320 ming so‘mgacha daromadga ega bo‘lgan fuqarolarga soliq organlari tomonidan 10 ball beriladi.
Shuningdek, daromad miqdoriga qarab, 6 yoki 2 ball ham berilishi, me’yorlarga to‘g‘ri kelmagan taqdirda esa umuman ball berilmasligi mumkin. Soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila a’zolarining daromadlari bo‘yicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish bo‘yicha komissiya kotibiga yuboriladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, agar ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu belgilangan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga ularning turmush qurmagan farzandlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.
#subsidiya #savol_javob

2021-yildan boshlab ish beruvchilarga ularning 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun hisoblangan ijtimoiy soliq summasini budjetdan to‘liq qaytarib berish tartibi joriy etilishi natijasida Farg‘ona viloyatidagi 1455 ta korxona 2,8 mlrd so‘mlik imtiyozdan foydalandi.
©️Farg'ona TV
#soliq_xabarlari #soliq_imtiyozi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
©️Farg'ona TV
#soliq_xabarlari #soliq_imtiyozi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturida ishtirok etgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
"Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–93-son, 12.06.2023 y.) qabul qilindi.
🔰Farmonga ko‘ra, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi.
✅ Dasturda kamida 2 yil faoliyat ko‘rsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlar – yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📂Dastur doirasida tadbirkorlarga quyidagi soliq imtiyozlari va preferensiyalar beriladi:
🔹 tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda, 2025-yil 1-yanvargacha:
➖tadbirkorlar ushbu fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘lab, bandligini ta’minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan imtiyoz beriladi;
➖fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i respublika byudjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun BHMning 2 baravarigacha) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.
🔹 barcha soliqlar (QQS va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona to‘lovlarini ta’minotsiz va foizsiz 1 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi;
🔹barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno).

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-iyun
may oyi uchun:
➖ hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5
qismlar);
➖ AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari
©️Farg‘ona TV
#soliq_xabarlari
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
©️Farg‘ona TV
#soliq_xabarlari
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Hujjatsiz yerga 3 baravar stavkada soliq hisoblash to‘xtatiladi
📃"Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag‘batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–192-son, 14.06.2023 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-iyun holatiga quyidagilar hisobdan chiqariladi:
🔹 jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i (noturar ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno) bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;
🔹oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YaTTlarning qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;
🔹xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi uchun qo‘llanilgan jarimalar summasi.
Ushbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
❗️2024-yil 1-iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi to‘xtatiladi.
▶️ Fermer xo‘jaliklariga 2023-yil 1-iyun holatiga shakllangan suv solig‘idan qarzini 12 oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etildi.
✅ 2023-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi:
➖har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini ta’minlash;
➖har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadni mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan (980 ming so‘m) miqdorda belgilash;
➖issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati bo‘yicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #e_aktiv
"E-aktiv"dan foydalanish 2024-yil 1-aprelga qadar uzaytiriladi
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda oʻz ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni soliq organlarining “E-aktiv" axborot tizimida ixtiyoriy aks ettirish tartibining amal qilish muddati 2024-yil 1-aprelga qadar uzaytiriladi.
👉PQ-192-son 14.06.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat
Farg‘ona shahar soliq inspeksiyasida kuzatilgan holat yuzasidan Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga asosan shahar soliq inspeksiyasidagi holat boshqarma mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Joriy yil 8-iyun kuni soat 22.00 hamda 12-iyun soat 20.00 larda mustaqil blogerlar Farg‘ona shahar soliq inspeksiyasi ma’muriy binosiga tashrif buyurishgan. Ular ma’muriy binoda ish vaqtidan tashqari yig‘ilish o‘tkazilayotganligi va mehnat qonunchiligiga rioya qilinmayotganligini iddao qilishgan.
Boshqarma mas’ullari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda ma’lum bo‘lishicha, yuqorida ko‘rsatilgan vaqtlarda inspeksiya rahbariyati tashabbusi bilan yoki ular boshchiligida hech qanday yig‘ilish tashkil etilmagan.
Eslatib o‘tish joiz, soliq xizmati organlari ma’muriy binolardagi hujjatlar, muhrlar, maxsus vositalar va boshqa tovar-moddiy boyliklarning asrab-avaylanishini ta’minlash, tashrif buyuruvchi davlat organlari, tashkilotlar xodimlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillariga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Soliq qo‘mitasining tegishli buyrug‘i qabul qilingan hamda ma’muriy binoga kirib-chiqish tartiblari belgilangan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda blogerlarga tosh otilganligi iddao qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan hech kimga hech qanday tosh otilmagan. Agar tosh otish holati kuzatilgan bo‘lsa, mazkur jarayon ishtirokchisi kim ekanligi haqida soliq organlarida aniq ma’lumot mavjud emas hamda soliq organlari bunday holatni qoralaydi.
Ta’kidlash joizki, soliq xizmati organlari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlikni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi, axborotni moneliksiz izlash va olishlari uchun sharoit yaratadi.
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi hamda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq, ommaviy axborot vositasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek, mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risida so‘rov bilan og‘zaki, yozma va elektron tarzda murojaat etish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Shuningdek, so‘rov ko‘pi bilan yetti kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Axborot asrida tarqatilayotgan xabar uchun har daqiqaning muhimligini hisobga olgan holda soliq orqanlari tomonidan OAVning so‘roviga 7 kunlik muddatni kutmasdan imkon qadar tezroq javob berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan og‘zaki, yozma va elektron ravishda so‘rov yuborishlari mumkin, ochiq ma’lumotlarning barchasi belgilangan tartibda taqdim etilishi ta’minlanadi.
#rasmiy_munosabat