Quvasoy shahridagi savdo shoxobchalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Quvasoy shahridagi bozor va savdo komplekslarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
O‘tkazilayotgan tadbirlarda soliq sohasida korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot materiallari joylashtirilmoqda, flayerlar tarqatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (73-241-70-61) ga xabar qoldirish mumkin.
Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
#antikorrupsiya
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor
Endilikda Soliq hamkor orqali noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin
2023-yil 1-iyundan qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasiz, markirovkalanmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish,
ruxsati boʻlmagan holda alkogol va tamaki mahsulotini sotish, sifatsiz spirt va alkogol mahsulotini sotish kabi qonun buzilishi holatlari haqida Soliq organiga murojaat yo‘llash tizimi ishga tushdi.
PQ‑110-son 04.04.2023
👉Soliq hamkor orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi
👉Murojaatlar 10 ish kunida majburiy tartibda koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha murojaat yoʻllagan shaxs xabardor qilinadi
👉Tasdigʻini topgan murojaatlar boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi, jinoyatlar uchun esa BHMining 5 baravarigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi.
📲 Shuningdek, Soliq hamkor orqali chek bermaslik, plastik kartaga savdo qilmaslik, mahsulotni plastik kartaga qimmat sotish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin.
🎞 Batafsil videolavhada
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 12-iyun
may oyi uchun:
✅ aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);
iyun oyi uchun:
✅ AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);
✅ AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

Tadbirkorga zamonaviy dastgoh sotib olishda ko‘maklashildi
“Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili doirasida Farg‘ona tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari qo‘llab-quvvatlanmoqda, zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Joriy yil iyun oyiga qadar 600 dan ortiq tadbirkorni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi. Xususan, 240 ta subyektga dastlabki buxgalteriyasini yuritish va qulay soliq rejimini tanlashga ko‘maklashildi, 105 nafar tadbirkorga esa E-ijara, E-imtiyoz kabi dasturlarni qo‘llash tartiblari tushuntirildi. Bundan tashqari, tadbirkorlar murojaatlariga asosan, tabiiy gaz, suv, kredit olish kabi masalalar yuzasidan ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
Misol uchun, Log‘on MFYda mebel ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Jamshid mebel a'lo" xususiy korxonasiga 200 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishida yordam berildi. Natijada, tadbirkor yangi zamonaviy dastgoh sotib olib, faoliyatini kengaytira boshladi.

2023-yil 1-iyun holatiga ko'ra, Farg'ona viloyatida jami 163 990 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan.
❗️Eslatib o‘tamiz, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning daromadi Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar yiliga bir marta BHMning bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydilar. To’langan ushbu summa fuqaroga mehnat staji va pensiya hisoblanishi uchun asos bo’ladi.
©️Farg'ona TV
#soliq_xabarlari #ozini_ozi_band_qilish

#qonunchilikdagi_yangiliklar #AOS
✅ Ayrim toifadagi hunarmandlar uchun AOS stavkasi pasaytirildi
Oʻzbekiston Respublikkasi Prezidentining “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-91-son 12.06.2023
Farmonga muvofiq:
🗓2023-yil 1-iyundan 2025-yil 1-yanvarga qadar –
▫️“Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi”
▫️“Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun AOS stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
🔖Shuningdek, hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlarining yangi ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra faoliyati yo‘nalishlari 43 ta etib belgilandi.
Ma'lumot uchun. Bungacha hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari 34 tani tashkil etgan.

❓Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi qanday? Subsidiya uchun topshirilgan arizalarga soliq organlari tomonidan ball berish qanday amalga oshiriladi?
📃Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan. Ushbu nizomda mas’ul tashkilotlar, xususan, soliq organlari tomonidan ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash tartibi ko‘zda tutilgan👉
Soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) bo‘yicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning daromadlarini aniqlaydi.
❗️Bugungi kunda ariza topshirgan fuqarolarning daromadlari subsidiya.idm.uz platformasi orqali avtomatik shakllanadi.
Ariza beruvchi va/yoki uning oilasining daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) asosida eng yuqori 10 ballgacha baholanadi. Ayni paytda MHTEKM – 980 ming so‘m.
✅Misol uchun, viloyatimizda daromadi MHTEKMning 2,7 dan 7,0 baravarigacha bo‘lgan fuqarolarga 10 ball beriladi. Ya’ni, 980 000*2,7 = 2 646 000 so‘m, shu summani ariza beruvchining oxirgi ishlagan 12 oyga (yillik) ko‘paytiradigan bo‘lsak – 31 752 000 so‘m, 7,0 baravari esa 980 000*7,0=6 860 000 so‘m (yillik – 82 320 000 so‘m). Demak, o‘rtacha yillik daromadi 31 mln 752 ming so‘mdan 82 mln 320 ming so‘mgacha daromadga ega bo‘lgan fuqarolarga soliq organlari tomonidan 10 ball beriladi.
Shuningdek, daromad miqdoriga qarab, 6 yoki 2 ball ham berilishi, me’yorlarga to‘g‘ri kelmagan taqdirda esa umuman ball berilmasligi mumkin. Soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila a’zolarining daromadlari bo‘yicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish bo‘yicha komissiya kotibiga yuboriladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, agar ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu belgilangan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga ularning turmush qurmagan farzandlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.
#subsidiya #savol_javob