Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Agar siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topmagan bo'lsangiz, elektron onlayn-ariza qoldiring.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xabaringiz bor, “20-avgust – Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlar bilan navbatdagi “ochiq muloqot” o‘tkazilishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, hududlardagi tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasida tadbir tashkil etildi.

Viloyat ma’muriy sudi sudyalari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda tadbirkorlik subyektlari huquqiy himoyasini kuchaytirish, korrupsiya va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq muloqot jarayonida tadbirkorlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Farzandlarning xususiy bog‘cha va maktablarda o‘qishi uchun yo‘naltirilgan to‘lovlar daromad solig‘idan ozod etildi

📃Qonun (O‘RQ-785-son, 26.07.2022 y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

📝 Unga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlariga nisbatan soliq stavkalari 10 foiz etib belgilandi (ilgari 15 foiz edi).

☑️ Qonunga ko‘ra, talabalarning O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari hududida pulli o‘quv kurslarini, sport to‘garaklarini tashkil etishdan va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlari jami daromadlarga kiritilmaydi.

Shuningdek, o‘quvchilar va talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekiston Respublikasi professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan mablag‘ xarajatlariga soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi.

🔘 Soliq to‘lovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlariga yo‘naltiriladigan daromadlariga soliq solinmasligi belgilandi.

📊 Shu bilan birga, norezidentlar bo‘lgan jismoniy shaxslarning mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlari (dividendlar va foizlar hamda fraxtdan olingan daromadlardan tashqari) uchun soliq stavkalari 12 foiz etib belgilandi.

Qonun bilan qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shuningdek ularga o‘rnatilgan hamda ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar egallagan yer uchastkalariga soliq solinmasligi belgilandi.

🗓 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrgacha respublika rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.

⚠️ Shuningdek, Prezident va Hukumatning 2022-yil 1-iyulgacha qabul qilingan hujjatlarida nazarda tutilgan bojxona boji bo‘yicha imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xo‘jaliklarda baliqni kooperatsiya asosida yetishtiruvchilar barcha soliqlardan ozod qilindi

📃O‘RQ-785-son Qonun bilan Soliq kodeksiga qator o‘zgartirishlar kiritildi hamda quyidagi imtiyozlar belgilandi:

🔹Chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, ko‘ngilochar joylarda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar – 2022-yil 1-apreldan 2025-yildan 1-yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz to‘laydi;

🔹Tadbirkorlar 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha maydoni 5 ming kv/m dan ko‘p savdo komplekslari va mehmonxonalar, ular egallagan yerlar bo‘yicha quyidagilarga haqli:

mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha stavkalarga nisbatan 0,1 koeffitsientni qo‘llashga;
foyda solig‘ini hisoblashda 2 yillik mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritishga.

📝 Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvargacha barcha soliqlardan (QQS va ijtimoiy soliq mustasno) ozod qilinadi.

❗️Charm, mo‘yna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt