Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#yoshlar_kuni
Yoshlik — umrning bahori, g‘ayrat-shijoat fasli
Yoshlik — inson umrining bahori, betakror, azmu shijoatga to‘la faslidir. Yoshlik kelgusi umrning qay manzil tomon yo‘nalishini hal etadigan muhim palladir. Yurakda muhabbat, tafakkurda bitmas-tuganmas g‘oyalar jo‘sh urgan bu davrda inson o‘zini dunyoni o‘zgartirishga qodir his qiladi. Ana shu jurʼat insoniyatni buyuk ixtirolar, ilm-fanda ulkan muvaffaqiyatlar qilishga undaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlik — dunyoni yangilashga, odamzodning hayot tarzini yana-da yaxshilashga hissa qo‘shishdek ulug‘ ishda qatnashish uchun har birimizga berilgan takrorlanmas imkoniyatdir.
Bugun yurtimiz yoshlari ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, Yangi O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga doston qilayotir.
Shu o‘rinda taʼkidlash joiz, Prezidentimiz boshchiligida bugun yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, mamlakat ertasi bo‘lmish yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini erkin namoyon qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda. O‘z navbatida, yoshlar ham bu imkoniyatlarga ilm-fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa ko‘plab sohalarda erishayotgan yutuqlari, olamshumul g‘alabalari bilan munosib javob qaytarishga harakat qilayotir.
Davlat soliq xizmati organlarida ham asosiy kuch bu — yosh kadrlar hisoblanadi. Ularning ishchanligi, izlanishga, o‘rganishga bo‘lgan baland ishtiyoqi boshqa xodimlarni ham g‘ayrat bilan mehnat qilishga, yoshlardan ortda qolmay samarali faoliyat olib borishga undaydi. Hozirda davlat soliq xizmati organlarida 2 ming nafardan ziyod 30 yoshgacha bo‘lgan xodim xizmat qilmoqda.
Bundan tashqari, Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yurtimizning barcha mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, sport va boshqa sohalar bo‘yicha turli tanlovlar o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlash ishlariga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda Respublikamiz miqyosida 753 ming nafardan ziyod yosh tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda. Shundan 90 mingga yaqini korxona rahbari, 52 mingdan ziyodi yakka tartibdagi tadbirkor, 611 mingdan ortig‘i o‘zini o‘zi band qilgan yoshlardir.
30-iyun — Yoshlar kuni bilan Yangi O‘zbekistonning ertasi bo‘lgan uka-singillarimni samimiy muborakbod etaman!
Shu muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, yurtimizni dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishdek nihoyatda sharafli ishda yoshlarga ishonishimizni, ularga suyanishimizni taʼkidlab, mana shu masʼuliyatli vazifani vijdonan, sidqidildan ado etishda barcha yoshlarga kuch-quvvat, ulkan zafarlar tilayman.
Aziz yoshlar, umrning bahorini, g‘ayrat-shijoat faslini munosib yashang! Bayram muborak bo‘lsin!
Sherzod KUDBIYEV,
Davlat soliq qo‘mitasi raisi
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

#bilasizmi
#imtiyozlar
Sayyohlik kompaniyalari O‘zbekistonning turistik brendi reklamasi bo‘lgan mahsulotlarni chop etish uchun soliq solinadigan bazani kamaytirishga haqli
2025-yil 1-yanvargacha:
🔸Turizm subyektlari soliq solinadigan bazani tayyorlash va chop etishga yo‘naltiriladigan xarajatlar summasiga kamaytirishi mumkin.
Bunda O‘zbekiston turizm brendi va “Uzbekistan.travel” sayti reklamasi bo‘lgan bosma quyidagilar mahsulotlar soliq bazasi hisoblanadi:
▫️bosma mahsulotlarni (xaritalar, risolalar, bukletlar, flayerlar va boshqalar)
▫️suvenir va qadoqlash mahsulotlarini (sumkalar, paketlar, maktab daftarlari, yorliqlar, g‘iloflar, kiyim-kechaklardagi va oshxona anjomlaridagi yozuvlar)
👉 PQ-3514-son 07.02.2018-yil
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

#qonunchilikdagi_yangiliklar
2022-yil 1-iyuldan…
👉2025-yil 1-yanvarga qadar kasanachilarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 %ga, biroq 1 oyda ko‘pi bilan 1 mln so‘mgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;
👉kasanachilar ijtimoiy soliq to‘lovini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;
PQ-214-son 21.04.2022-yil
👉01.07.2025-yilga qadar OAV foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi. (Reklama xususiyatiga ega OAV bundan mustasno)
👉 01.02.2025-yilga qadar “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida mehmon uylari, ovqatlanish, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar uchun quyidagi imtiyozlar qo'llaniladi:
▫️AOS va ijtimoiy soliq stavkasini 1% miqdorida;
▫️ushbu hududlardagi obyektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i — mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 %i miqdorida belgilanadi.
PQ-232-son 30.04.2022-yil
👉Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi barcha soliq to‘lovchilar foyda soligʻi satvkasini 7,5% va AOS stavkasini 2% miqdorida qoʻllash huquqiga ega (ilgari faqat elektron tijorat subyektlarining milliy reyestriga kiritilgan soliq to‘lovchilar uchun bo‘lgan).
O‘RQ-767-son 0505.2022-yil
👉Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (emitent bundan mustasno) tomonidan foyda solig‘i va daromad solig‘i o‘rniga bitim summasining 0,3 foizi miqorida yig‘im to‘lanadi.
PQ-90-son 17.01.2022-yil.
👉Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun soliq va bojxona imtiyozlari bosqichma-bosqich bekor qilinadi.
Ro‘yxat PF-101 3-ilovasi 08.04.2022-yil.
👉Foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan oshirilgan soliq stavkalari qo‘llanilmaydi.
👉Majburiy QQS to‘lovchisi sifatida eʼtirof etiladigan tadbirkorlik subyektlariga QQS guvohnomasi avtomatik ravishda beriladi;
👉2023-yil 1-martga qadar tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi;
👉2023-yil 1-martga qadar operatsiyalarni “E-aktiv” AAT aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.

SOLIQ_TAQVIMI_IYUL_2022.pdf
157.9 KB
#soliq_taqvimi
🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2022-yil iyul oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика
🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на июль 2022 года
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2022-yil iyul oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика
🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на июль 2022 года
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#markirovka
Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2022-yil 1-sentabrdan dori vositalarini majburiy markirovklashni boshlash belgilangan. (149-son 02.04.2022-yil)
Mahalliy dori vositalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga markirovkalash uskunalarini tanlashda amaliy ko‘mak berish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan mazkur jarayonlarga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2022-yil 1-iyul kuni Fiskal institutda uskunalarni yetkazib beruvchi (integrator) korxonalar ishtirokida uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada 40 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona, 11 ta integrator, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
va “CRPT Turon” MCHJ mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Ko‘rgazmada dastlab mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun integratorlar tomonidan uskunalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi hamda jihozlashning dolzarb masalalari va texnik talablari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda integratorlar tomonidan uskunalarning ishlash jarayoni, ularning afzalliklari ko‘rsatib berildi.

#bilasizmi #soliq_imtiyozi
Onlayn nazorat-kassa texnikalari va 2D-skanerlarni sotib olishga soliq imtiyozlari berilgan
🗓2023-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga onlayn nazorat-kassa mashinasi hamda virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar)ning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta qurilma uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan
✅foyda solig‘i;
✅aylanmadan olinadigan soliq;
✅yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini kamaytirish huquqi berilgan.
Asos: PQ-5252

#deklaratsiya
Deklaratsiya taqdim etgan 36 427 nafar farg'onalik fuqaroga daromad solig‘i qaytarildi
Respublika bo'yicha deklaratsiya taqdim etganlarga "kontrakt" to‘lovi uchun 175,2 mlrd so‘m daromad solig‘i qaytarildi.
Joriy yil 1-yarmida:
🔹491 938 nafar fuqaro deklaratsiya taqdim etdi;
🔹deklaratsiyalar asosida to‘langan soliq summasi 150,8 mlrd so‘mni tashkil etdi;
🔹79 685 nafar fuqaro deklaratsiyalarni elektron shaklda topshirdi.
O‘tgan yilning 1-yarmiga nisbatan:
🔸deklaratsiya taqdim etish 110,2% (446 606 nafar);
🔸deklaratsiyalar asosida to‘langan soliq summasi 3 barobar (49,8 mlrd so‘m);
🔸deklaratsiyalarni elektron shaklda tapshirish 23 barobar (3 469 nafar) o‘sdi.
2022-yil dastlabki 6 oyida:
🔸JShODS imtiyozlaridan foydalangan 161 518 nafar fuqaroga 202,6 mlrd so‘m daromad solig‘i qaytarildi.
🔸Shundan, "kontrakt" to‘lagan 135 325 nafar fuqaroga 175,2 mlrd so‘m (84%) qaytarildi.

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 5-iyul
iyun oyi uchun:
🔹 banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini budjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);
🔹 iyun oyida natura holida (qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va SHJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005 yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).

#2D_skaner #onlayn_NKM
#imtiyoz
Hurmatli soliq to‘lovchilar!
2D-skaner – mahsulotlardagi QR, DataMatrix, PDF 417 va boshqa kodlarni tezkorlik va aniqlik bilan o‘qish imkoniga ega qurilmadir.
2D-skaner quyidagi qulayliklarni yaratadi:
– 2D-shtrix-kodlarini o‘qish va hisobini yuritish;
– mahsulotlarning markirovka kodlarini o‘qish;
– shikastlangan va aniqlash qiyin bo‘lgan DataMatrix kodlarini o‘qish.
2022-yil 1-yanvardan boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉PQ-5252, 3-band 4.10.2021
Bunda tadbirkorlik subyektlari 1.01.2023-yilgacha:
🔹foyda solig‘i;
🔹aylanmadan olinadigan soliq (AOS);
🔹YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS
bo‘yicha hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan summani onlayn-NKM va yuqorida nazarda tutilgan maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirishi mumkin (4 x 300 000 = 1 200 000 so‘m).
2023-yil 1-yanvardan, chakana savdoni amalga oshiruvchi barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi.
👉PQ-5252, 4.10.2021-yil
Davlat soliq xizmati organlari barcha tadbirkorlik sub’ektlariga savdo jarayonlarida onlayn-NKM yoki virtual kassa hamda 2D-skaner qurilmalaridan foydalanib, sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish bilan birga, soliq imtiyozidan foydalanishni tavsiya etadi.