Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.98K photos
547 videos
42 files
2.53K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 6-iyun

may oyi uchun:

- banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini budjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);

- may oyida natura holida (qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va SHJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan “Farg‘ona TV” bilan hamkorlikda “Soliq xabarlari” ko‘rsatuvi tashkil etildi.

❇️Unda soliq sohasidagi so‘nggi yangiliklar hamda viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar qisqacha tafsilotlari berib boriladi.

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Rishton tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔹Farg‘ona viloyati davlat soliq idoralari tomonidan “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazish, ularni qiynayotgan masalalarga oydinlik kiritish, ijobiy yechimlar berish maqsadida joylarda turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

📍Navbatdagi tadbir Rishton tumanida tashkil etildi. Uchrashuvda viloyat DSB mutaxassislari tomonidan soliq tizimini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, “E-imtiyoz” dasturi orqali soliq imtiyozlaridan foydalanish tartiblari yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

♻️Ochiq muloqot jarayonida tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Sektor rahbari bilan uchrashgan fuqaro: xonadonimizga hol so‘rab kelganingiz o‘zi katta narsa

Hamma narsa inson qadri uchun! Ushbu shior ostida viloyatimizning chekka qishloqlarida yashab kelayotgan aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, yechimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida 4-sektor rahbariyati tomonidan uyma-uy tarzda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi tadbir O‘zbekiston tumani Hotamtoy mahallasida tashkil etildi.

4-sektor vakillarining xonadonlariga tashrif buyurganidan tuman markazidan 20 km olislikda yashovchi aholining boshi ko‘kka yetdi. Hattoki, fuqarolarning ayrimlari hech narsa zarur emasligini aytib, viloyat darajasidagi rahbarlarning xonadonlariga hol so‘rab kelganligi uchun tashakkur bildirdilar.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan qabulda 16 nafar fuqaro tomonidan 20 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 14 tasi joyida qanoatlantirilgan bo‘lsa, qolgan 6 ta murojaat mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

#4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I
#e_ijara

Lizingga olingan mol-mulk uchun ijara shartnomasi “E-ijara” xizmatida qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

Lizing
— moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.
👉Soliq kodeksi 54-modda

Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyo lizing obyekti bo‘lishi mumkin, shu jumladan:
▫️korxonalar;
▫️mulkiy komplekslar;
▫️binolar;
▫️inshootlar;
▫️uskunalar;
▫️transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk.

👉O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni

Lizing oluvchi lizing shartnomasi bo'yicha olingan mol-mulkdan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanishi shart.

Agar lizing oluvchi (yuridik shaxs) lizing asosida olingan ko‘chmas mulkni ijaraga bersa, u ijara shartnomasini “E-ijara” xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazishi zarur.

Buning uchun lizing beruvchi:
1. ERI kaliti yordamida Ijara.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kiradi
2. Yuqori menyudan "Lizing" bo‘limi tanlaydi.
3. "Lizingga berilayotgan ko'chmas mulk to'g'risida ma'lumot" bo'limida:
▫️ochilgan ro'yxatdan kerakli ko'chmas mulkni tanlaydi;
▫️lizingning boshlanish va tugash sanasini ko'rsatadi.
4. "Lizingga oluvchi to'g'risida ma'lumot" bo‘limida mulkni ijaraga olgan yuridik shaxs STIRni kiritadi. Tizimda yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi va manzili avtomatik ravishda aks etadi.
5. "Yuborish" tugmasini bosadi.

Yuqoridagi amallar bajarilgach, lizing oluvchi ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazishda “Ko‘chmas mulk obyekti” qatorida ochiladigan ro‘yxatda o‘zi ijaraga berayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami aks etadi.

👉Е-ijara xizmati qanday ishlaydi?
👉Ikkilamchi ijara shartnomasi qanday hisobga qo‘yiladi?
👉Mobil ilovada ERIsiz ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish
👉Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomasini hisobga qo‘yish
👉E-ijara tizimida kommunal xizmatlar
👉Ijara shartnomasining haqiqiyligi qanday tekshiriladi?
👉
Ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bag'dod tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

©️Tohir-Bag'dod TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
🔊DIQQAT E’LON!

Farg‘ona soliq texnikumi o‘qishga taklif etadi!

2022-2023 o‘quv yili doirasida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf) va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega shaxslar o‘qishga taklif etiladi.

🔹O‘qish muddati - 2 yil.

🔹Yo‘nalishlar:
soliqlar va soliqqa tortish;
buxgalteriya hisobi va audit.

🔹O‘qish shakli:
kunduzgi;
sirtqi.

📍Manzil: Farg‘ona shahar Farg‘ona ko‘chasi 122-uy.
Mo‘ljal: Farg‘ona politexnika instituti yonida.

☎️ Telefon: 73-241-11-65; 73-241-11-49; 99-127-90-23

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Mukofot olish maqsadida soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabardor qilgan jismoniy shaxs tomonidan

haqiqatda xaridlar amalga oshirilganligini tovarning surati,
to‘lov terminalining cheki,
boshqa usullar

bilan tasdiqlashini talab qilishga, shuningdek, haqiqatda xaridlar amalga oshirilganligiga shubha tug‘ilsa, soliq organlari undan kelib tushgan murojaatni ko‘rib chiqish uchun asoslar yetarli emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Asos: VM-255

#soliq_hamkor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Dang'aralik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

📃Soliq qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda amaliyotda uchrayotgan muammolarni ochiq muloqot jarayonida muhokama etish maqsadida Dang‘ara tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🖥“Soliqchi –tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida tashkil etilgan tadbirda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, soliq tizimini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil tushuntirishlar berdilar.

♻️Uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt