Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.98K photos
547 videos
42 files
2.53K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 10-iyun

- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/4 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

may oyi uchun:

- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi).
_______
Soliqdan qarzdorlarning 48 mlrd. so‘mlik mol-mulki xatlovga olindi

Avval xabar berganimizdek, turli vajlar bilan to‘lanmay kelinayotgan soliq qarzdorliklarini undirish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatning barcha shahar va tumanlarida xatlov tadbirlari olib borilmoqda.

Joriy yil iyun oyi boshidan hozirga qadar o‘tkazilgan tadbirlar natijasida soliqdan qarzdorligi mavjud bo‘lgan 12 ta tadbirkorlik subyekti 1,2 mlrd. so‘m miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirdi.

🔹Xususan, Farg‘ona tumanida ro‘yxatdan o‘tgan "Qo‘rg‘on sifat" MChJ vakillari bilan mavjud soliq qarzdorligi yuzasidan o‘tkazilgan suhbat natijasida 310 mln. so‘m miqdoridagi soliqlar davlat byudjetiga to‘lab berildi.

🔹Farg‘ona shahridagi "Sayyor-2017" MCHJdan esa 201 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

Bundan tashqari, qarzdorligi katta bo‘lgan 36 ta subyektning qariyb 48 mlrd. so‘m qiymatdagi mol-mulklari xatlovga olindi.

🔹Binobarin, Qo‘shtepa tumanidagi “Texmashservis” MChJning 1,2 mlrd. soliq qarzdorligi uchun jamiyatning bino inshootlari xatlanib, muxrlandi.

🔹Uzoq vaqtdan buyon soliqlar to‘lanmasligi natijasida 5,8 mlrd. so‘m miqdoridagi qarzdorligi yuzaga kelgan “Issiqlik manbai” DUKning ham bino-inshootlari xatlovga olindi.

🔹O‘zbekiston tumanida olib borilgan tadbirlarda esa "Sho'rsuv gisht zavod" MCHJning 82,0 mln.so'm soliq qarzi hisobiga jamiyatga tegishli “Nexia” rusumli transport vositasi xatlanib, vaqtincha saqlash joyiga olib kirildi.

Xatlov tadbirlari davom ettirilmoqda.
#xatlov

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Keshbek: Farg’ona viloyati chekni ro'yxatdan o‘tkazishda yetakchilar qatorida

Respublika bo’yicha xarid chekini ro’yxatda o’tkazishda faol hududlar:

📍Toshkent shahri – 8,5 mln ta;
📍Toshkent viloyati – 1,4 mln ta;
📍Qashqadaryo viloyati – 867 972 ta;
📍Farg‘ona viloyati – 824 910;
📍Xorazm viloyati – 770 906.

Past ko‘rsatkich qayd etilgan hududlar:


📍Buxoro viloyati – 414 775 ta;
📍Navoiy viloyati – 360 660 ta;
📍Surxondaryo viloyati – 287 310 ta;
📍Jizzax viloyati – 282 581 ta;
📍Sirdaryo viloyati – 210 618 ta.

10.06.2022-yil holatiga

#keshbek

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Dang‘ara tumanidagi sayyor qabuldan so‘ng ichki yo‘llar asfaltlashtirildi

Viloyatning olis hududlarida yashayotgan aholi muammolariga quloq tutish, zarur yechimlarni berish maqsadida 4-sektor rahbariyati tomonidan Dang‘ara tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Ahamiyatlisi, aynan bir joyning o‘zida emas, aksincha, xonadonma-xonadon yurib o‘tkazilgan sayyor qabulda mas’ullar Yashik va Qiyali qo‘rg‘oncha mahallalarida turli masalalarda murojaat qilgan xonadonlarga kirib, ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish choralarini ko‘rdilar.

🔹Sayyor qabul jarayonida Qiyali qo‘rg‘oncha mahallasi aholisi uchun 10 nafardan ziyod shifokorlar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Shifokorlar tavsiyasi bilan 128 turdagi dori vositalari bepul berildi.

🔹Shuningdek, mahalla ahlining murojaatlariga ko‘ra Birdamlik ko‘chasi ichki yo‘llari homiylar ko‘magi bilan asfaltlashtirildi.

🔹Bundan tashqari, tadbir davomida kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Telegram I Facebook I