Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#MXIK

Avval xabar qilinganidek, EHFlarda, jumladan, mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlariga tegishli o‘lchov birliklarini belgilashda ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi.

MXIKlarga tegishli o‘lchov birliklarini biriktirishda ishlab chiqarilgan, sotilgan va omborlarda saqlanadigan mahsulotlarning aniq hisobini yuritish uchun o‘lchov birliklaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni yagona va bir xilda qo‘llash imkoniyati yaratildi.
____________
#ИКПУ

Как ранее и сообщалось, в ЭСФ произошли ряд изменений, в числе которых закрепление за ИКПУ соответствующих условных единиц.

Закрепление за ИКПУ соответствующих условных единиц продиктовано необходимостью правильного использования условных единиц, их унифицированного и единообразного применения в целях создания возможности обеспечения учета производимой, реализуемой и хранящейся на складах продукции.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Солиқ тўловчилар диққатига!

МХИКларга алоҳида базавий ўлчов бирликларини бириктириш бўйича кўрилган чора-тадбирлар солиқ тўловчилар ўзларининг бизнес жараёнларини оператив ўзгартиришда муайян қийинчиликларни кўрсатди. Шу муносабат билан, Давлат солиқ қўмитаси 10.01.2022 йилга қадар товар (хизматлар)га алоҳида ўлчов бирликларини бириктиришни жорий этишни вақтинчалик кечиктириш тўғрисида қарор қабул қилди.

Ҳурматли солиқ тўловчилар!

Реализация қилинаётган товар (хизматлар)га аниқ ўлчов бирликларини бириктириш масаласи бўйича Сизлар билан келишилган позицияни ишлаб чиқиш учун таклиф ва тавсияларингизни бизнинг манзилимизга юборишингизни сўраймиз.

Шу мақсадда яқин вақт ичида ўлчов бирликлари билан танишиш, шунингдек, таклифларингизни мутахассислар кўриб чиқиши учун юбориш мумкин бўлган алоҳида интерактив хизмат ишга туширилади.

Шу билан бирга, яна бир бор видеоқўлланма билан танишиб чиқишингизни тавсия қиламиз. Унда тадбиркорларнинг ўзи қандай қилиб базавий ўлчов бирликдан фарқли ўлароқ, кейинчалик ҳисобварақ-фактураларда фойдаланиш учун алоҳида ўлчов бирлигини яратиши мумкинлиги тушунтирилган.
#MXIK

Tasnif.soliq.uz saytining yangilangan versiyasi ishga tushirildi

Endilikda Mahsulot (tovar va xizmat)larning yagona elektron milliy katalogi kodlari bilan ishlash osonlashdi. Saytning yangilangan versiyasiga quyidagi o‘zgarishlar kiritildi:

– tovarlar va xizmatlarni qidirish sezilarli darajada soddalashdi va optimallashdi. Bundan tashqari, tizim qidiruv natijalariga ko‘ra nomlanishi o‘xshash bo‘lgan mahsulotlarni ham ko‘rsatadi (xatoga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ham). Kodlarni darhol izlab topish va ulardan foydalanish maqsadida asos kodlar alohida yulduzcha (*) bilan ajratilgan;

– katalogning elektron onlayn versiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yordamida alohida tanlangan pozitsiyadagi mahsulot va xizmatlarni to‘liq ko‘rish mumkin;

– kodlarni mustaqil ravishda izlash uchun maxsus elektron so‘rovnoma ishlab chiqildi va test rejimida ishga tushirildi. Bunda 5 bosqichli so‘rovnomani ketma-ketlikda to‘ldirish orqali kerakli pozitsiyani topish mumkin;

– murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish maqsadida, MXIK kodlarini biriktirish bo‘yicha murojaat yo‘llash uchun interaktiv ariza shakli ishlab chiqildi.

Soliq to‘lovchilarga MXIK kodlarini mustaqil ravishda aniqlash uchun saytning yangi imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz. Kerakli identifikatsiya kod topilmagan taqdirda, tasnif.soliq.uz saytida murojaat qoldirishingizni so‘raymiz.

Batafsil 👉 https://soliq.uz/press-services/news/show/tasnifsoliquz-saytining-yangilangan-versiyasi-ishga-tushirildi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Tasnif.soliq.uz saytining yangilangan versiyasi ishlab chiqilib, tovar va xizmatlarni qidirish sezilarli darajada soddalashdi va optimallashdi.
#EHF #MXIK

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish va ma’lumotlarni bir marotaba kiritish orqali EHFlardagi ma’lumotlarni avtomat shakllantirish maqsadida 2022-yil 24-yanvardan quyidagi hujjat turlarida ixtiyoriy ravishda MXIK kodlarini aks ettirish imkoniyati qo‘shildi:

🔸ishonchnoma;
🔸tovar-transport yukxati;
🔸dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida).

Ishonchnoma rasmiylashtirishda MXIKlardan foydalanish ixtiyoriy.

Agar EHFni avtomatik ravishda yaratish zarur bo‘lsa,
ishonchnomada MXIK ko‘rsatilаdi.

MXIK bilan ishonchnoma shakllantirilgandan so‘ng, kontragent quyidagi amallar ketma-ketligini bajaradi:
“Qabul qilinganlar” bo‘limidan ➡️“Ishonchnomalar”ga kiriladi, ➡️“Sizning imzongizni kutmoqda” bo‘limi tanlanadi va u yerda ➡️“Qabul qilish va EHF yaratish” tugmasi bosiladi.

Noruda foydali qazilmalarni realizatsiya qiluvchilar avtomatik tarzda EHF shalklantirish uchun tovar-transport yukxati (TTY)da MXIK ko‘rsatishi shart hisoblanadi. Agar tovar-transport yukxati MXIK bilan shakllantirilgan bo‘lsa, EHF yaratishda tovar-transport yukxati ID-kodi ko‘rsatilishi kerak.

Boshqa hollarda tovar-transport yukxatini shakllantirishda MXIK ko‘rsatilishi shart emas.

Dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida) shakllantirishda
ham MXIKdan foydalanish ixtiyoriy.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#MXIK

Yagona katalogda MXIKlar soni 3 barobar oshdi

Bugungi kunda mahsulotlarning Yagona elektron milliy katalogida 258 086 ta mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodlari (MXIK) kiritilgan.
2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 79 700 MXIK bo‘lgan.

Mavjud QQS imtiyozlarining barchasi MXIKga bog'langan bo'lib tadbirkorlik subyektlari ulardan EHF va onlayn-KKT tizimida foydalanadi. Tizimlarning o'zaro integratsiyasi tufayli ushbu imtiyozlar avtomatik ravishda soliq hisobotida aks ettiriladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan EHF va onlayn-KKT cheklarida MXIKning to‘g‘ri aks ettirilishi quyidagilarga imkon beradi:
🔸real vaqt rejimida ishlab chiqarilgan yoki import qilinadigan tovarlar/xizmatlar nomenklaturasi haqida toʻliq maʼlumot olish;
🔸savdo va xizmatlar hajmini tahlil qilish;
🔸soliq imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash;
🔸iste’molchilarga o‘z vaqtida xarid summasidan 1% (keshbek) qaytarish.

👉MXIK qo‘shish uchun ariza qanday taqdim etiladi?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#EHF #MXIK

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ishonchnomalarni MXIK kiritmasdan rasmiylashtirishga cheklov qo'yilganligi haqida murojaatlar kelib tushmoqda.

Eslatib o'tamiz, soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish va ma’lumotlarni bir marotaba kiritish orqali EHFlardagi ma’lumotlarni avtomat shakllantirish maqsadida quyidagi hujjat turlarida ixtiyoriy ravishda MXIK kodlarini aks ettirish imkoniyati qo‘shilgan:

🔸ishonchnoma;
🔸tovar-transport yukxati;
🔸dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida).

Ishonchnoma rasmiylashtirishda MXIKlardan foydalanish ixtiyoriy.

Agar EHFni avtomatik ravishda yaratish zarur bo‘lsa, ishonchnomada MXIK ko‘rsatilаdi.

MXIK bilan ishonchnoma shakllantirilgandan so‘ng, kontragent quyidagi amallar ketma-ketligini bajaradi:
“Qabul qilinganlar” bo‘limidan ➡️“Ishonchnomalar”ga kiriladi, ➡️“Sizning imzongizni kutmoqda” bo‘limi tanlanadi va u yerda ➡️“Qabul qilish va EHF yaratish” tugmasi bosiladi.

Noruda foydali qazilmalarni realizatsiya qiluvchilar avtomatik tarzda EHF shalklantirish uchun tovar-transport yukxati (TTY)da MXIK ko‘rsatishi shart hisoblanadi. Agar tovar-transport yukxati MXIK bilan shakllantirilgan bo‘lsa, EHF yaratishda tovar-transport yukxati ID-kodi ko‘rsatilishi kerak.

Boshqa hollarda tovar-transport yukxatini shakllantirishda MXIK ko‘rsatilishi shart emas.

Dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida) shakllantirishda ham MXIKdan foydalanish ixtiyoriy.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Agar siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topmagan bo'lsangiz, elektron onlayn-ariza qoldiring.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#MXIK

Umumiy ovqatlanish shaxobchalari uchun MXIK larning ro‘yxati soddalashtirildi

Endilikda umumiy ovqatlanish shaxobchalari uchun barcha kodlar alohida sinflarga ajratilib, 3 asosiy guruhga bo‘lingan:

▫️“Umumiy ovqatlanish taomnomasi” – 10202001
▫️“Umumiy ovqatlanish shaxobchalaridagi boshqa xizmatlar” – 10202002
▫️ “Oziqlantirishni tashkil etish (keytering), umumiy ovqatlanish shaxobchalari va banket zallarida boshqa tadbirlarni tashkil etish xizmatlari" – 10202003.

Batafsil 👉 https://tasnif.soliq.uz/news-view/43
_____________________
#ИКПУ

Усовершенствован перечень кодов ИКПУ для заведений общественного питания

Теперь все коды для заведений общественного питания выведены в отдельные классы и разделены на 3 основные группы:

▫️«Меню общественного питания» - 10202001
▫️ «Прочие услуги в заведениях общественного питания» – 10202002
▫️«Услуги по организации питания (кейтеринг) и других мероприятий в заведениях общественного питания и банкетных залах» – 10202003.

Подробнее 👉 https://tasnif.soliq.uz/news-view/43

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
umumiy_ovqatlanish_new.xlsx
19.9 KB
#MXIK

Umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun MXIK bilan tanishing

Joriy yilning 28-noyabridan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari uchun MXIKlarning yangi takomillashtirilgan roʻyxati tadbirkorlik subyektlari foydalanishi uchun joylashtirildi.

Ushbu havoladan yangi ro‘yxatni yuklab oling - https://api-my3.soliq.uz/main-api/news/get/file/%D0%9E%D0%B1%D1%89%D0%B5%D0%BF%D0%B8%D1%82_new.xlsx
yoki
biriktirilgan faylni yuklab oling

❗️2022-yil 9-dekabrgacha nazorat-kassa texnikalari xotirasidagi MXIKlarni yangilashni tavsiya etamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter