Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.72K photos
524 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi #soliq_hisobotlari

📹Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉
Youtube orqali ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_seminar #soliq_hisobotlari

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari bugun, 🗓 2022-yil 7-aprel kuni “Foyda solig‘i hisobotlariga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirish berish” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
______________________
#онлайн_семинар #налоговая_отчетность

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится сегодня, 🗓 7 апреля 2022 года на тему "Разъяснения об изменениях в налоговой отчетности по налогу на прибыль".

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 15:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_seminar #soliq_hisobotlari

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari bugun, 🗓 14-aprel kuni «Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti shakliga kiritilgan o’zgarishlar» mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 17:00
______________________
#онлайн_семинар #налоговая_отчетность

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится сегодня, 🗓 14 апреля на тему «Изменения в формах налоговой отчетности по налогу с оборота».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 17:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hisobotlari

Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti to‘ldirildi

“Aylanmadan olinadigan
soliq hisob-kitobi” (paket kodi - 10104_27) ilovasiga 2 ta ustun qo‘shildi:

▫️Elektron tijorat
▫️Turizm hududida xizmat ko‘rsatish faoliyati

Mazkur ustun ko‘rsatkichlari 4-ilova “Ayrim daromad turlari bo‘yicha soliq stavkasi va soliq bazasiga tuzatish kiritish hisob-kitob ma’lumotnomasi”ga asosan avtomat to’ldiriladi.

Bunda elektron tijorat bilan shug‘illanuvchi soliq to‘lovchilarga Elektron tijorat milliy reestriga kirish majburiyati bekor bo‘ldi.

Yangi 4-ilova – “Ayrim daromad turlari bo‘yicha soliq stavkasi va soliq bazasiga tuzatish kiritish hisob-kitob ma’lumotnomasi” quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
010-satr - Elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi mustaqil to‘ldiriladi;
020-satr - Turizm hududida umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlarining jami summasi. Mazkur satr summasi 0201-satr va 0202-satr yig‘indisini jamlagan holda avtomat to‘ldiriladi;
0201-satr - joriy soliq davrining I-choragida soliq solinadigan jami daromad (mart oyi hisob-kitobining 050-satri) mustaqil to‘ldiriladi.
0202-satr - faoliyat turlari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari Mazkur satr summasi 02021-satr va 02026-satr - yig‘indisini jamlagan holda avtomat to‘ldiriladi;
02021-satr - Mehmonxona (joylashtirish) xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02022-satr - Savdo xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02023-satr - Umumiyovqatlanish xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02024-satr - Ko‘ngilochar xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02025-satr - Turoperator xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02026-satr - Turagent xizmati mustaqil to‘ldiriladi.

010-satri raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalarida elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar tomonidan to‘ldiriladi;

0201, 02021-02026-satrlarida 27.01.2022-yildagi PQ-104-son qaror bilan belgilangan turizm hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 2022-yil 1-apreldan keyingi daromadlari ko‘rsatiladi.

Shuningdek, AOS hisobotining “Soliq solinadigan jami daromadning kamaytirilishi” 2-ilovasiga qo‘lda to‘ldiriladigan quyidagi ustunlar qo‘shildi:
0208-satr - moliyaviy ijara (lizing) ob’ektining qiymati mustafil to‘ldiriladi.
0209-satr - ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga tekinga berilgan tovarlar (xizmatlar) summasi mustaqil to‘ldiriladi.
0210-satr - O‘zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo‘yicha daromadlar mustaqil to‘ldiriladi.
0211-satr - Yordamchi pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar (xizmatlar) summasi mustaqil to‘ldiriladi.

📹Aylanmadan olinadigan soliq hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram