Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#tayinlov #fergana

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi

✍️Davlat soliq qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan Qo‘chqarov Jahongir Jakbarovich Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Qo‘chqarov 1984-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 2007-yilda Farg‘ona Politexnika institutini tamomlagan.

J.Qo‘chqarov soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2008-yilda Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasida davlat soliq katta inspektori lavozimida boshlagan. Keyin esa O‘zbekiston tumani davlat soliq inspeksiyasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa J.Qo‘chqarov O‘zbekiston tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Jahongir Qo‘chqarov Soliq xizmatining I darajali inspektori.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tayinlov

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Polvonov Nazarjon Jumanazarovich Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nazarjon Polvonov 1982-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 2011-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2001-yilda Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, uzoq yillar davomida hududiy davlat soliq inspeksiyalarida turli rahbarlik lavozimlarida, shuningdek, Farg‘ona viloyati DSB boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

N.Polvonov yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa Quvasoy shahar hokimining 1-o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Nazarjon Polvonov Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tayinlov
O‘zbekiston va Furqat tumanlariga bosh soliqchilar tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Fozilov Ulug‘bek Egamberidevich O‘zbekiston tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U.Fozilov 1984-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2007-yilda Beshariq tumani DSIda boshlab, hozirga qadar turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa Qo‘qon shahar DSI boshlig‘ining 1-o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, Abdurahmonov Qurbonali Qodirali o‘g‘li Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Q.Abdurahmonov 1991-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2015-yilda Furqat tumani DSI bosh inspektori vazifasida boshlab, hozirga qadar turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa Furqat tumani DSI boshlig‘ining 1-o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.

Telegram I Facebook I
#tayinlov

Farg‘ona viloyati davlat soliq idoralarida ilk ayol rahbar tayinlandi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Koraboyeva Raxnamoxon Raxmonovna Toshloq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

R.Koraboyeva 1972-yilda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. U 1998-yilda Toshkent moliya institutini moliya va kredit yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Raxnamoxon Koraboyeva soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2003-yilda Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh hisobchisi sifatida boshlab, uzoq yillar davomida inspeksiyadagi turli mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi Tashkiliy ishlarni nazorat qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgandi.

R.Koraboyeva Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Quva tumani davlat soliq inspeksiyasiga rahbar tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi Raisining buyrug‘i bilan Bannopov Oybek Mirzarahmanovich Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O.Bannopov 1979-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 2008-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2002-yilda Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, turli lavozimlarda faoliyatini davom ettirgan.

O.Bannopov yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa Oltiariq tumani DSI boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Oybek Bannopov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

#tayinlov

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi Raisining tegishli buyrug‘i bilan Bakubayev Dilmurod Erkinovich Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

D.Bakubayev 1974-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 1996-yilda Farg‘ona davlat universitetining sharq filologiyasi, 2002-yilda esa iqtisodiyot yo‘nalishlarini tamomlagan.

D.Bakubayev soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1998-yilda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasida tezkor xodim sifatida boshlab, hozirga qadar turli mas’ul lavozimlarda, xususan, Rishton va Farg‘ona tumani davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa Farg‘ona viloyati DSB Tashkiliy ishlarni nazorat qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Dilmurod Bakubayev Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.

#tayinlov

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tayinlov

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Adxamjon Tillavoldiyev Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

A.Tillavoldiyev 1965-yilda tug‘ilgan. 1986-yilda Marg‘ilon reja-iqtisod texnikumini, 1992-yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini tamomlagan.

U 2018-yildan buyon Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adxamjon Tillavoldiyev Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shukurulloxon Nisbatxonov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sherzod Davlyatovich Kudbiyev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tayinlov

Soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari viloyat soliq boshqarmasi yangi rahbarini tanishtirdi

Soliq qo‘mitasi raisi o'rinbosari Mirziyod Mahkamov Prezident farmoyishi bilan Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlangan Mamatxanov Maqsud Maxmudovichni jamoaga tanishtirdi.

M.Mamatxanov tayinlovga qadar Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Maqsud Mamatxanov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tayinlov

Viloyatimiz soliq tizimida ilk ayol rahbar: 7 ta soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Soliq qo‘mitasi Raisining buyrugʻi bilan viloyatimizdagi 7 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi.

🔹Nurmatova Saidaxon Bokiyevna Rishton tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Saidaxon Nurmatova 1980-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Rishton tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔹Toshaliyev Baxtiyor Ergashevich Quvasoy shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Baxtiyor Toshaliyev 1984-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Quva tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔹Mirzayev Zuxriddin Ummatovich Marg‘ilon shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Zuxriddin Mirzayev 1987-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Qo‘shtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔹Komilov Yusufjon Yakubovich Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Yusufjon Komilov 1989-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Qishloq xo‘jalik korxonalari daromadlarini soliqqa tortish sho‘basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔹Axunov Avazbek Urmonovich Quva tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Avazbek Axunov 1985-yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida tu‘g‘ilgan. Bunga qadar Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔹Marayimov Inomjon Davlatovich Qo‘shtepa tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Inomjon Marayimov 1985-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Soliq nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔹Xudoynazarov Xurshid O‘ktamovich Toshloq tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Xurshid Xudoynazarov 1988-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Soliq qoʻmitasi Tekshiruvdan oldingi tahlil bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tayinlov

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi


✍️Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘iga asosan, Botiraliyev Anvarjon Yuldashaliyevich Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Anvarjon Botiraliyev 1977-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2001-yilda Farg‘ona davlat universitetini iqtisodchi mutaxassisligi, 2004-yilda Bank-moliya akademiyasini Soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

A.Botiraliyev soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 1997-yilda Quva tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlab, hozirga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.

Anvarjon Botiraliyev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Soliq qoʻmitasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmаsida boʻlim boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Botiraliyev Anvarjon Yuldashalievich soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt