Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#savol_javob #soliq_tekshiruvi

Men tadbirkorman. Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali menga tegishli savdo nuqtasiga "chek bermaslik" bo‘yicha shikoyat kelib tushsa, uni tekshirish tartibi qanday bo‘ladi? Ushbu shikoyat xodimlar rasman ishga olingan yoki olinmaganligi, ularning tibbiyot kitobchasi (medknijka) mavjudligi, kassadagi naqd pullar, ijara shartnomasi va shu kabi boshqa malumotlarni tekshirishga asos bo‘ladimi?

Sayyor soliq tekshiruvi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan o‘tkaziladi.

Nazorat-kassa texnikasi (NKT) va (yoki) hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi nazoratini amalga oshirishda, quyidagilar tekshirilishi belgilangan:
🔹soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilayotgan NKT va hisob-kitob terminali tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi;
🔹xaridorlarga NKT cheki yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar berilishi.

👉VM-1-son qarori, 2-ilova 78-band.

Sayyor soliq tekshiruvlari tekshiruv dasturida ko‘zda tutilgan me’yoriy hujjatlarga asosan tekshiruv o‘tkazilishi tushuntiriladi.

Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirishda ushbu dasturga asosan quyidagilar tekshirilishi mumkin:
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, faoliyat turi va joyining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi;
🔸
soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, ushbu mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida mol-mulkka va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi.

👉VM-1-son qarori, 2-ilova 68-band.

Sayyor soliq tekshiruvi doirasida soliq to‘lovchi — yuridik shaxslar ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotida aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligi tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin.

👉VM-1-son qarori, 2-ilova 90-band.

Sayyor soliq tekshiruvi doirasida uni amalga oshirish dasturida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi kerak.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

2022-yilda "Soliq hamkor" tizimi asosida kelib tushgan murojaatlar asosida Farg‘ona viloyatida 3,5 mingdan ortiq soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan

📌2022-yilda “Soliq” mobil ilovasining Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida respublika bo‘yicha 145 224 ta murojaat kelib tushgan. Shundan:
🔹132 818 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹6 056 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹496 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹5 854 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.

🔍Murojaatlar asosida 71 957 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 98% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Xususan, Farg‘ona viloyatida 3 736 ta soliq tekshiruvi o‘tkazilib, soliq huquqbuzarligi sodir etganlarga nisbatan 11,5 mlrd so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_tekshiruvi

Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan "Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉VMQ-132 13.03.2024

Kameral soliq tekshiruvi jarayonida quyidagilar taqiqlandi:
▫️soliq toʻlovchining hududiga kirish;
▫️soliq toʻlovchining hududini va binolarini koʻzdan kechirish;
▫️soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
▫️soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish.

❗️QQSni qoplash (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno.
—————--
#налоговая_проверка

В связи с упрощением порядка проведения камеральной налоговой проверки внесены изменения и дополнения в Положение "О порядке организации и проведения налоговых проверок".
👉ПКМ №132 от 13.03.2024

При проведении камеральной налоговой проверки запрещается:
▫️доступ на территорию налогоплательщика;
▫️осмотр территории и помещений налогоплательщика;
▫️истребование документов у налогоплательщика и его вызов;
▫️выемка документов и предметов налогоплательщика.

❗️За исключением камеральных налоговых проверок, проводимых при возмещении (возврате) НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Farg‘ona viloyatidagi
soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga 1,4 mlrd so‘m to'landi

2024-yil yanvar-sentabr oylaridaSoliq” mobil ilovasining Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida respublika bo‘yicha 72 517 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹66 016 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹3 352 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹156 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹2 993 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

🔍Murojaatlar asosida 26 400 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,1 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Farg‘ona viloyatidagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2 261 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 1,358 mlrd soʻm mukofot to‘langan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt