Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#bolalar_kuni #soliq_imtiyozi

Bolalar bilan bog‘liq qanday soliq imtiyozlari bor?

Soliq kodeksining 243-moddasiga muvofiq,

Quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQSdan ozod etiladi:

🔹maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga qarash bo‘yicha xizmatlarni;

🔹maktabgacha ta’lim va tarbiya dasturlari doirasida ta’lim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda bolalarga qarash va ularni parvarishlash bo‘yicha xizmatlarni, to‘garaklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni.
_____

Soliq kodeksining 317-moddasiga muvofiq,

Foyda solig‘i bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

🔹xayriya yordamini amalga oshirish uchun xarajatlar, bundan metsenatlik ko‘magini ko‘rsatish, o‘quv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar, shuningdek Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablag‘lar MUSTASNO.
____

Soliq kodeksining 480-moddasiga muvofiq,

Quyidagi jismoniy shaxslar daromad solig'idan qisman ozod etiladi*:

🔹ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar;

🔹ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor hamda boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar.

*Daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida (ayni paytda – 1 297 200 so'm).
____

Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq,

🔹yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etiladi.

🔹o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.
____

Soliq kodeksining 428-moddasiga muvofiq,

🔹sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, o‘quv-mashq bazalari va bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar yer solig‘i solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#1_iyun #bolalar_kuni #soliq_imtiyozi

Bolalar bilan bog‘liq qanday soliq imtiyozlari bor?

Soliq kodeksining 243-moddasiga muvofiq,

Quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQSdan ozod etiladi:

🔹maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga qarash bo‘yicha xizmatlarni;

🔹maktabgacha ta’lim va tarbiya dasturlari doirasida ta’lim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda bolalarga qarash va ularni parvarishlash bo‘yicha xizmatlarni, to‘garaklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni.
_____

Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq,

Quyidagi jismoniy shaxslar daromad solig'idan qisman ozod etiladi*:

🔹ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar;

🔹ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor hamda boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar.

*Daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida (ayni paytda – 1 381 800 so'm).
____

Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq,

🔹yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etiladi.

🔹o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.
____

Soliq kodeksining 428-moddasiga muvofiq,

🔹sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, o‘quv-mashq bazalari va bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar yer solig‘i solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradi.
____

Soliq kodeksining 483-moddasiga muvofiq,

Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmi quyidagi talablarga javob bersa, soliq to‘lovchilar ijtimoiy soliqni 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi:

🔹bolalar poyabzallarini, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari hamda tagliklarini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 60 foizni tashkil etsa.