Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.75K photos
526 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ehtiyojmand oila a’zolarini ishga qabul qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi beriladi

Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra,

Mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘langan holda kambag‘al oila a’zolarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari kambag‘al oila a’zolari bo‘lgan mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha ijtimoiy soliqni 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar 1 foiz (amalda 12 foiz) miqdorda to‘laydi.

#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Ko‘chma savdo obyektlarini tashkil etgan yoshlarga soliq imtiyozi beriladi

Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra,

Magistral avtomobil yo‘llari bo‘yida ko‘chma savdo obyektlarini tashkil etgan yoshlar (30 yoshdan oshmagan shaxslar) faoliyatini amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran dastlabki 6 oy mobaynida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha soliqlarni to‘lashdan 2028-yil 1-yanvarga qadar ozod etiladi.

#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha manzilli imtiyozlar

🔹QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar o‘zgarmaydi
(QQS 12 %, foyda solig‘i 15 % (bazaviy stavka).

🔹2025-yil 1 yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i va xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 % etib belgilandi.

Imtiyozni qo‘llash uchun quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob berishlari shart:

👉 jami xodimlar sonining kamida 15 %i Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolari bo‘lishi;

👉 har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravari (2 310 000 so‘m)dan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanishi;

👉soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 %ni tashkil etishi.

Maʼlumot uchun: Charm, mo‘yna xom ashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sunʼiy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 01.01.2023 -01.01.2026 yilga qadar foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslar mol-mulk solig'idan ozod etilgan.
👉
Soliq kodeksining 483-moddasi

📌QQS zanjirini to‘laqonli taʼminlash, shuningdek bozorda teng sharoit va adolatli raqobat muhitini yaratish maqsadida

🔹2025-yil 1-apreldan daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

Bunda soliq to‘lovchilar uchun QQSga o‘tishda qo‘shimcha yengillik yaratish maqsadida QQS hisobotlari soliq organlari tomonidan mavjud maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda shakllantirib beriladi.

🔹 O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun


Faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirilib “Artemiya sistalarini yig‘ish va topshirish” faoliyati qo‘shildi.

👉PF-229-son, 27.12.2024 yil.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #AOS

2025-yil uchun qat'iy belgilangan summadagi AOS stavkasi o‘zgardi

Qatʼiy belgilangan summada AOS stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilandi:

🔹 jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 30 mln so‘m;
🔹 jami daromadi 500 mln so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 40 mln so‘m.

❗️Shu bilan birga, 2026-yil 1-yanvardan AOSni qat'iy belgilangan summada to‘lash tartibi bekor qilinmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliqlardan ozod qilinadi

Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra,

🗓2030-yil 1-yanvarga qadar


👉Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod qilinadi.

👉 O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda ularning faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan moddiy-texnika resurslari QQSdan ozod qilinadi.

👉 Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi chet el o‘qituvchilari va mutaxassislari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda ijtimoiy soliqni to‘lashdan ozod qilinadi.

#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘zgarishlar

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5% miqdorida saqlanib qolindi.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig'ini hisoblash uchun soliq bazasi 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida — 3,3 mln so'm;
📍Nukus shahri va viloyat markazlarida — 2,2 mln so'm;
📍Boshqa shaharlarda va qishloq joylarida — 1,3 mln so'm.
👉 2024-yilda 1 metr kvadrat uchun minimal qiymat

Mol-mulk solig'idan quyidagi qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalari ozod etiladi:

📉 100 kVtgacha bo‘lgan – qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari ishga topshirilgan oydan e'tiboran 3 yil muddatga, quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi bilan quyosh panellari o‘rnatilganda esa – ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran 10 yil muddatga;

📈 100 kVt va undan ortiq bo‘lgan – ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga.

Yangi qurilgan ko'p qavatli ishlab chiqarish binolari bo‘yicha soliq to'lovchilar hisoblangan soliq summasini belgilangan pasaytiruvchi koeffitsientlar bilan to‘laydilar:
0,9 - uch qavatli binoga nisbatan,
0,8 - to'rt qavatli binoga nisbatan,
0,7 - besh qavatli binoga nisbatan,
0,6 - olti qavatli binoga nisbatan,
0,5 - yetti va undan ortiq qavatli bino uchun.
Ushbu binolar uchun foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda to‘laydi.

Pasaytiruvchi koeffitsient quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
🔸mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi xonalarni, xususan, ofis uchun va o'zi ishlab chiqargan mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun xonalarni, tegishli kasbni egallash uchun tashkil etilgan o'quv-ishlab chiqarish xonalarini, agar ularning maydoni yangi qurilgan ko'p qavatli ishlab chiqarish binosi umumiy maydonining 20%idan oshmasa;
🔸agar binodan bir nechta xo'jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish maqsadlarida birgalikda foydalanayotgan bo‘lsa, binoning har bir mulkdori tomonidan qo‘llaniladi.
❗️Bundan respublika shaharlarida, shuningdek Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar mustasno.

👉Soliq kodeksi 414-moddasi

Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek, mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar, ko‘chmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari uchun soliq stavkasi 0,65% miqdorida belgilandi (avval 0,6% edi).
👉Soliq kodeksi 415-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #ijara

2025-yilda jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to'lovining minimal stavkalari

Ushbu stavkalar ko'chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalari uchun ham qo'llaniladi.

❗️Yaqin qarindoshlar o'rtasida tuzilgan shartnomalar bundan mustasno.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentni joriy etishga haqli.

Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tumanlar hamda shaharlarning ommaviy dam olishga va (yoki) turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlarida mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentlarni joriy etishga haqli.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi


Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, jismoniy shaxslarning turar joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2024-yilga nisbatan 10% foizga indeksatsiya qilindi.

Tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari uchun soliq stavkasi (1,5%) oʻzgarishsiz qoldirildi.

Kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
📍Toshkent shahri – 3,3 mln soʻm;
📍Nukus shahri va viloyat markazlarida – 2,2 mln soʻm;
📍boshqa shahar va qishloq joylarda – 1,3 mln soʻm.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube