#barqarorlik_reytingi
Farg‘ona soliq texnikumida talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi vakillari hamda faol tadbirkorlar ishtirokida Farg‘ona soliq texnikumi talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Unda tadbirkorlarning yurt rivoji va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi muhim o‘rni, ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilayotgan keng imkoniyatlar xususida so‘z bordi.
Shuningdek, joriy yil 1-fevraldan joriy etilgan Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi hamda talabalarning reyting borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi.
Shu bilan birga, talabalarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishdan oldin tadbirkorlik faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar bilan yaqindan tanishish, biznes rivojida huquqiy savodxonlikning muhim ahamiyati tushuntirib o‘tildi.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Beshariq tumanida aholi muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi, 4-sektor rahbariyati tomonidan aholi muammolarini yaqindan o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Beshariq tumanida xonadonbay tarzida sayyor qabul o‘tkazildi.
Dastlab 4-sektor rahbariyati Yuqori Zarqaynar MFYdagi muammolarni hal qilishga mas’ul bo‘lgan “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, soliq bazasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shundan so‘ng 4-sektor hududidagi fuqarolar muammolari o‘rganildi hamda 15 dan ortiq kelib tushgan murojaatga asosan 3 ta ehtiyojmand oilaga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, 3 nafar talabaga kontrakt pulining bir qismini qoplash uchun sertifikat, bir fuqaroga eshitish moslamasi, shuningdek, 6 ta oilaga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.
#sayyor_qabul

#mol_mulk_soligi #yer_soligi
O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kun uchun penya hisoblanadi
15-aprel kuni jismoniy shaxslar uchun joriy yilda hisoblangan mol-mulk va yer soliqlarining yarmini to‘lashning oxirgi kuni edi.
Eslatib oʻtamiz ❗️Soliq to'lash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300) miqdorida penya hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-moddasi

Farg‘ona davlat universiteti talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi va Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari, Biznes ombudsmanning viloyatdagi vakili ishtirokida Farg‘ona davlat universiteti talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Unda mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritildi.
Xususan, soliqlarni vaqtida to‘lab qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan Barqarorlik reytingi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Mahorat darsi davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi hamda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan yoshlarga zarur tavsiyalar berildi.