Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar ayrim soliqlardan ozod etiladi

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-71-son, 01.05.2024-y.

Farmonga koʻra:

🔹2026-yil 1-yanvarga qadar toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar quyidagi soliqlardan ozod etiladi:
▫️mol-mulk soligʻi;
▫️yer soligʻi;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.


🔹2024-yil 1-maydan 2026-yil 1-maygacha barqarorlik reytingida “A” va undan yuqori toifada boʻlgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi tadbirkorlarda:
▫️soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno),
▫️QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) 1 kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Pillachilikni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha choralari


Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-72-son, 03.05.2024-y.

Hujjatda 2026-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga quyidagi soliq imtiyozlarini taqdim etish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash nazarda tutilgan:

🔹 uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi kasanachilarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilish;
🔹 kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni, boʻshagan mablagʻlarni ularni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish sharti bilan ijtimoiy soliqdan ozod qilish;
🔹 ipakchilik sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qoʻllagan holda toʻlash.

Shu bilan birga, ushbu soha uchun amalda quyidagi soliq imtiyozlari ham mavjud. Jumladan, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda boʻyicha foyda soligʻini 0 foiz stavkada qoʻllaydi.
👉 Soliq kodeksi 337-modda
Bunda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar eʼtirof etiladi:
▫️qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotini, shu jumladan uni oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;
▫️qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur yer uchastkalariga ega boʻlsa.
👉 Soliq kodeksi 57-modda

Shuningdek, ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulklarga yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi solinmaydi.
👉 Soliq kodeksi 414-modda

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish QQSdan ozod qilindi

📃Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-926-son, 13.05.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

🔘Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

🔹Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha ozod qilinadi.

🔹Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvargacha foyda solig‘idan ozod qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq imtiyozlari va preferensiyalarni yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi belgilandi

“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. (PQ-193-son 24.05.2024)

Qaror bilan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar)ni yuridik shaxslarning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Bunda:

Reytingi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

🟩yuqori toifaga – 80-100 %
▫️“AAA” – 100 %
▫️“AA” – 90 %
▫️“A” – 80 %

🟦o‘rta toifaga – 50-70 %
▫️“BBB” – 70 %
▫️“BB” – 60 %
▫️“B” – 50 %


❗️Ushbu miqdorlar avval berilgan imtiyozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda 76 ming korxonaning reyting darajasi “B” va undan yuqori. 2023-yilda 25,1 mingta korxonaga 15 trln so‘m soliq imtiyozi berilgan.

Shuningdek, imtiyozlar faoliyat boshlaganiga 6 oy bo‘lmagan tadbirkorlarga ham beriladi.

4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.

Bugungi kunda 4 va 5-toifadagi 60 ta tumanda jami 105,7 mingta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 8,8 mingtasining reytingi “B” va undan yuqori.

Tadbirkorlarning reyting darajasi:
⬇️pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlab qolinadi;
⬆️yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori 2 % etib belgilandi


“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
👉 O‘RQ-927 29.05.2024

Unga ko‘ra,

▫️fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish,
▫️tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish

realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 %ini tashkil etadi.

Avval ushbu huquqbuzarlik realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida (100%) jarima solishga sabab bo‘lar edi.

Qunun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar #markirovka

"Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" Prezident qarori qabul qilindi.
👉 PQ-203 30.05.2024

Qarorga ko‘ra,

🔹2027-yil 1-yanvarga qadar raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun markirovkani oʻqish qurilmalarini sotib olishda bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda (foyda soligʻi yoki AOS yoxud YATTlar tomonidan toʻlanadigan JSHODS) soliq imtiyozi berildi.

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi. (PQ-5252 04.10.2021 y) Soliq qoʻmitasining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, 2024-2026-yillarda 34 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti 2D-skanerlar bilan taʼminlanishi kerak. Imtiyozlar ularga jami 46,2 mlrd soʻm mablagʻni tejash imkonini beradi.

🔹2024-yil 1-sentabrdan quyidagi normalar joriy etiladi:
▫️tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni 2D-skanerdan foydalanmasdan sotish holatlari aniqlanganda, ular shaxsiy kabineti orqali bu haqda ogohlantiriladi;
▫️2-marta ana shunday ogohlantirishdan soʻng markirovkalash qoidalarini buzish holati 1 oy ichida qayta takrorlansa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Bunda huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat qamrab olinadi;
▫️soliq tekshiruvi yakunlangandan keyin markirovka qoidalarini buzish 1 oy ichida qayta takrorlansa tadbirkorlik subyektlari xabardor qilinmasdan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bu haqda tekshirish kunida xabardor qilinadi.

Soliq tekshiruvlari tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilmasdan hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
▫️har chorakda majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari amalga oshiriladi.

Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari orasidan har chorakda, har bir hudud kesimida avtomatik tarzda kamida 10 %ini tanlab olingan holda nazorat tadbirlari oʻtkaziladi hamda qonunbuzilishi holatlari aniqlangan subyektlar faoliyati keyingi 3 chorak davomida nazorat qilib boriladi.

🔹2024-yil 1-sentabrdan quyidagi tartiblar oʻrnatiladi:
▪️pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi;
▪️tamaki va pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun BHMning 10 %i miqdorida har oylik yigʻim joriy etiladi.

📌Tadbirkorlik subyektlari pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyatini boshlash yoki to‘xtatish haqida soliq organlarini xabardor qilishi lozim.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Samarasi past boʻlgan soliq imtiyozlari bekor qilinadi


🔹 2025-yil 1-yanvardan ayrim soliq imtiyozlarini bekor qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi:

▪️tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar boʻyicha foyda soligʻi, AOS imtiyozlarini;
▪️samarasi past boʻlgan soliq va bojxona imtiyozlarini.

🔹 Oʻzbekistonga import qilinadigan va ishlab chiqariladigan aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlar uchun aksiz soligʻi stavkalari bosqichma-bosqich birxillashtiriladi:
▫️tamaki mahsulotlari – 2026-yil 1-yanvargacha;
▫️alkogol mahsulotlari va shakar – 2027-yil 1-yanvargacha.

PF-85 03.06.2024-yil

👉YouTube'da ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga yer solig‘idan imtiyoz beriladi


📃“Parrandachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-238-son, 27.06.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.

🗓 2024-yil 1-iyuldan parranda go‘shtini eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Biznes tadbirlarini tashkil qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi beriladi


“Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-102-son, 18.07.2024-y.

Farmonga muvofiq, 01.01.2025-yil – 01.01.2028-yilgacha tadbirkorlar Oʻzbekistonda biznes tadbirlarni tashkil qilishdan tushgan daromadlaridan olingan foyda soligʻini 2 barobar kamaytirilgan soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.

Bunda biznes tadbirlari 3 kundan kam boʻlmagan muddatda, kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchi bilan oʻtkazilishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori
oshiriladi

2024-yil 1-sentabrdan pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 %ga oshirilib, quyidagi miqdorlarda baelgilanadi:
▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
▫️yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
▫️nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m.

2024-yil 1-oktabrdan:

🔹budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, “Mehribonlik” va Bolalar uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 %ga;

🔹budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi;

🔹MHTEKM - mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;

🔹BHM - bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilanadi.
__________
#новое_в_законодательстве

Заработные платы, пенсии и пособия повышаются

С 1 сентября 2024 года размеры пенсий и пособий на 15% и устанавливаются в следующих размерах:
▫️базовая величина исчисления пенсии – 428 000 сумов в месяц;
▫️минимальный размер пенсии по возрасту – 834 000 сумов в месяц;
▫️минимальный размер пенсии по инвалидности – 920 000 сумов в месяц.

С 1 октября 2024 года:

🔹размер заработной платы медицинских работников, работающих в бюджетных организациях, а также педагогических работников, работающих в дошкольных, общеобразовательных, средних специальных, профессиональных и внешкольных образовательных учреждениях и организациях, домах-интернатах «Мурувват», Детских домов и домов «Мехрибонлик», детских санаториях, повышается на 15%;

🔹размер заработной платы работников бюджетных организаций повышается на 10%;

🔹МРОТ - минимальный размер оплаты труда – 1 155 000 сумов в месяц;

🔹БРВ - базовая расчетная величина – 375 000 сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads