Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.94K subscribers
4.72K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq xizmati xodimlarining har bir mahallaga biriktirilishi hamda “mahalla yettiligi” sifatida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilishi jismoniy shaxslar tomonidan yer va mol-mulk soliqlarining o‘z vaqtida to‘lanishi, shu bilan birga mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasi kengayishiga ijobiy ta’sir etmoqda.

©️Farg‘ona TV

#mahallabay #reportaj

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrifi chogʻida mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xizmat xodimidan iborat "yettilik" bilan muloqot qildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

Mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha Farg‘ona viloyatidagi soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi oshdi

Joriy yil may oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi oʻtgan oyga nisbatan 6,3 ballga oshib, (KPI) 93,5 ballni tashkil etdi.

Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlarTOP-3:

📍Yozyovon t. – 95,7%;

📍Furqat t. – 95,5%;

📍Oltiariq t. – 95,4%.


Ta'kidlash joiz, mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning reyting koʻrsatkichlari may oyida sezilarli darajada oshgan:

👉 95 balldan yuqori natijaga erishganlar soni 74 nafarga (aprel oyida 13 nafar);

👉90-95 ballgacha bo‘lganlar 166 nafarga (aprel oyida 79 nafar) yetdi hamda ushbu xodimlar oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi. Mukofotga tavsiya etilganlar oʻtgan oyga nisbatan 148 nafarga oshgan.

Reyting ko‘rsatkichlarni yaxshilash natijasida ish samaradorligi bo‘yicha 70-75 ball toʻplagan inspektorlar soni 3 nafar (aprel oyida 32 nafar)ni tashkil etdi, 70 balldan past to‘plagan xodimlar qolmadi.

Maʻlumot uchun, Mahallabay” tizimida Farg‘ona viloyatidagi 1 063 ta mahallada 438 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘onada soliq xodimlarining "mahallabay" tizimi asosida ishlashi o‘z samarasini bermoqda

Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha Farg‘ona viloyatidagi 1063 ta mahallaga 438 nafar soliq inspektori biriktirilgan. Ayni paytda ushbu xodimlar tadbirkorlarning soliq ma’muriyatchiligi bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish, qonunchilikdagi o‘zgarishlarni tushuntirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida “mahalla yettiligi” bilan birgalikda ish olib bormoqda.

2024-yil yanvar-may oylarida “mahallabay” tizimi asosida samarali ishlar yo‘lga qo‘yilganligi natijasida:

👉 vaqtincha moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan 4 892 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyati tiklandi;

👉 xatlov natijasida 7 593 ta noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar aniqlanib, ro‘yxatdan o’tkazildi;

👉 19 953 nafar norasmiy ishchilar legallashtirildi;

👉 18,8 mlrd so‘mlik qo‘shimcha soliq manbasi aniqlandi.

Batafsil infografikada

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
"Mahallabay" ishlash tizimi bo‘yicha viloyatda yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar rag‘batlantirildi

2024-yil may oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra, viloyatimizdagi 1 063 ta mahallaga biriktirilgan 438 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 93,5 ballni tashkil etdi.

Ta'kidlash joiz, mazkur oyda 240 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi 90 balldan yuqori bo‘ldi. Albatta, qilingan mehnatning samarasi o‘laroq yuqori natija qayd etgan xodimlar ham moddiy, ham ma'naviy tomondan rag‘batlantirib borilmoqda.

Xususan, viloyatimizdagi yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan xodimlar👉

🔹Beshariq tumani Yangi Rapqon mahallasi soliq inspektori Abdullayev Ilyos (98,3 ball);

🔹Buvayda tumani Tog‘liq va Buyuk ipak yo‘li mahallalari soliq inspektori Ahmedova Dilafro‘z (96,6 ball)ga Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mahallabay #korxonabay

Har bir soliq to‘lovchining o‘z soliqchisi bor


Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay" va “korxonabay” ishlash institutlari barcha soliq to‘lovchilarga soliq inspektorlari bilan individual ishlash imkonini berdi.

Xususan bugungi kunda
▪️“korxonabay” ishlash tizimida 182 mingta QQS toʻlovchi korxonaga 902 nafar,
▪️"mahallabay" tizimida esa 9 445 ta mahallaga 4 349 nafar soliq inspektori biriktirilgan.

Ushbu xodimlarning asosiy vazifasi soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishida koʻmaklashishdan iborat.

Har bir soliq to‘lovchining my3.soliq.uz'dagi shaxsiy kabineti "Asosiy" sahifasida, o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori haqida to‘liq ma’lumotlar (FIO, lavozimi va bog‘lanish uchun telefon raqami) joylashtirilgan:
▫️“Korxonabay” tizimida "Mening soliq boshqarmadagi inspektorim" bo‘limida;
▫️Mahallabay” tizimida "Mening mahalladagi soliq inspektorim" bo‘limida.

Soliq toʻlovchilar faoliyati
▫️“korxonabay” ishlash tizimi orqali 42 ta,
▫️"mahallabay" tizimida esa 25 ta yo‘nalishda avtomatik tahlil qilinadi.

Soliq to‘lovchilar uchun my3.soliq.uz portalida yaratilgan yana bir yangilik –
shaxsiy kabinetning "Asosiy" sahifasidagi “Xizmatlar” bo‘limida soliq to‘lovchilarning soliq organlariga murojaat yuborish shakli yangilandi.

Endilikda murojaat yuborishda uning qisqacha mazmunini bildiruvchi 40 ta mavzudan birini tanlash mumkin. Bunda 1,5 ming belgidan ko‘p bo‘lmagan matn va 5 MBgacha bo‘lgan fayl (xls/pdf/zip) biriktirish imkoni mavjud.

Yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliq organining manzili soliq to'lovchining ro'yxatdan o'tgan joyi bo‘yicha avtomatik ravishda sozlanadi. Lekin soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, boshqa soliq organini - inspeksiya, boshqarma yoki Soliq qo'mitasini ham tanlashi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

Oltiariq tumani Jonibek MFY soliq inspektori TOP-100 “Mahalla yettiligi” reytingidan joy oldi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi joriy yilning 8 oyi davomida mahallalarda tizimli ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda alohida natijalarga erishgan TOP-100 “mahalla yettiligi” reytingini eʻlon qildi.

Top reytingga Fargʻona viloyati “Jonibek” MFY soliq inspektori Akmaljon Murotov ham kiritilgan.

Ta'kidlash joiz, bugungi kunda har bir mahallaga biriktirilgan soliq organlari xodimlari bor imkoniyatlarni ishga solib, mahallalardagi soliq toʻlovchi jismoniy shaxsning, tadbirkorning iqtisodiy muammolarini oʻrganish va hal qilish, ularga proaktiv shaklda xizmat koʻrsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratishda fidokorona xizmat qilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mahallabay

Mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha Farg‘ona viloyatidagi soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi respublikada eng yuqori bo‘ldi

Joriy yil avgust oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) - respublikadagi eng yuqori natija - 89 ballni tashkil etdi.

📊Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlarTOP-3:

📍Yozyovon t. – 95,4%;

📍Oltiariq t. – 94,1%;

📍So‘x t. – 92,6%;

❇️90 dan yuqori ball jamg‘argan 146 nafar (shundan 17 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

Maʻlumot uchun, Mahallabay” tizimida Farg‘ona viloyatidagi 1 063 ta mahallada 437 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
TOP-17: “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 100 ball bo‘lgan xodimlar

Xabaringiz bor, joriy yil avgust oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) - respublikadagi eng yuqori natija - 89 ballni tashkil etdi.

E'tiborlisi, “Mahallabay” tizimida viloyatimizdagi 1 063 ta mahallada 437 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ularning 17 nafari samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha maksimum - 100 ballik natijani qayd etdilar hamda mukofotlash uchun tavsiya etildilar.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi
oʻz kuch va imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, mahalladagi soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni namunali yo‘lga qo‘ygan hamda samaradorlik ko‘rsatkichi eng baland bo‘lgan ushbu xodimlarni samimiy tabriklaydi!

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
"Mahallabay" ishlash tizimi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar rag‘batlantirildi

Joriy yil avgust oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi 1 063 ta mahallaga biriktirilgan 437 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) - respublikadagi eng yuqori natija - 89 ballni tashkil etdi.

Shu bilan birga, Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi xodimlarining umumiy KPI ko‘rsatkichi ham 95,4 bo‘lib, respublikadagi 208 ta tuman va shaharlar ichida eng yuqorisi bo‘ldi.

Albatta, qilingan mehnatning samarasi o‘laroq yuqori natija qayd etgan xodimlar ham moddiy, ham ma'naviy tomondan rag‘batlantirib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, Soliq qo‘mitasi raisi topshirig‘iga asosan, qo‘mita mas’ul xodimi M.Mamajonov Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi jamoasini joriy yilning avgust oyida erishilgan ko‘rsatkichlar bilan samimiy tabriklab, minnatdorchilik bildirdi. Inspeksiya xodimlariga qo‘mita raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini yetkazdi.

Bundan tashqari, o‘tgan oylarda viloyatda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar ham taqdirlandilar:

🔹A.Abdusottarov – Bog‘dod tumani soliq inspeksiyasi;
🔹D.Eminov – Qo‘shtepa tumani soliq inspeksiyasi;
🔹H.Xodjayev – Rishton tumani soliq inspeksiyasi.

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
TOP-20: “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 100 ball bo‘lgan xodimlar

Joriy yil sentabr oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) - 84,8 ballni tashkil etdi.

E'tiborlisi, “Mahallabay” tizimida viloyatimizdagi 1 063 ta mahallada 435 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ularning 20 nafari samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha maksimum - 100 ballik natijani qayd etdilar hamda mukofotlash uchun tavsiya etildilar.

Ta'kidlash joiz, eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etishda Oltiariq tumani soliq inspeksiyasi xodimlari (5 nafar) yetakchilik qilmoqda.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi
oʻz kuch va imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, mahalladagi soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni namunali yo‘lga qo‘ygan hamda samaradorlik ko‘rsatkichi eng baland bo‘lgan ushbu xodimlarni samimiy tabriklaydi!

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram
"Mahallabay" ishlash tizimi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar rag‘batlantirildi

Joriy yil oktabr oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi 1 063 ta mahallaga biriktirilgan 435 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) - 81,5 ballni tashkil etdi.

E'tirof etish joiz, So‘x tumani soliq inspeksiyasi xodimlarining umumiy KPI ko‘rsatkichi 96,9 bo‘lib, respublikadagi 208 ta tuman va shaharlar ichida eng yuqorisi bo‘ldi.

Shu munosabat bilan, boshqarma rahbariyati tomonidan inspeksiya boshlig‘iga Soliq qo‘mitasi raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari yetkazildi.

Bundan tashqari, o‘tgan oylarda viloyatda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar ham taqdirlandilar:

🔹D.Xatamov – Quva tumani soliq inspeksiyasi;
🔹R.Ergashev – Oltiariq tumani soliq inspeksiyasi.

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt