Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish choralari

Reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:

▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:
▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalarini 3 kunda qaytarib beriladi (amalda 10 kundan 15 kungacha).

☝️Batafsil infografikada

❗️Soliq imtiyozlari va preferensiyalar yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqib beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingida yuqori natijaga erishish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlardan ko‘zlangan maqsad – o‘rta, qoniqarli va quyi toifadagi tadbirkorlik subyektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur maslahatlar berish hamda ularni yuqori toifaga olib chiqish.

Xususan, mas’ul xodimlar Farg‘ona shahrida chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Osiyo center" MChJga tashrif buyurib, subyekt “CCC” ya’ni qoniqarli toifada turganligi, aslida esa ularda yuqori toifaga chiqish imkoniyatlari yetarli ekanligi tushuntirildi va zarur tavsiyalar berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

130 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti o‘z reytingini oshirdi

Barqarorlik reytingining xo‘jalik subyektlari faoliyatiga ijobiy ta'siri davom etmoqda.

Bunda soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan barqarorlik reytingidagi har bir mezon bo‘yicha tadbirkorlarga tavsiya va tushuntirishlar berib borilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Olib borilayotgan ishlar natijasida iyul oyining o‘tgan davrida 130,6 ming tadbirkorlik subyekti oʻz reytingini oshirdi.

📈Reyting toifalari boʻyicha tadbirkorlar 24.07.2024-yil holatiga:

🟩AAA 625 ta;
🟩AA 1 862 ta;
🟩A 2 900 ta;

🟦BBB 15 195 ta;
🟦BB 35 457 ta;
🟦B58 551 ta;

🟪CCC 38 043 ta;
🟪CC144 369 ta;
🟪C109 641 tani tashkil etmoqda.

Oʻz navbatida, 130 596 ta tadbirkor barqarorlik reytingining eng quyi – D toifasidan boshqa toifalarga o‘tgan. Shundan 12,4 mingtasi iyul oyiga to‘g‘ri keladi.

Reytingi koʻtarilgan tadbirkorlar sonining eng yaxshi oʻsish surʻatlari quyidagi hududlarda qayd etildi:
📍Toshkent shahrida – 16 420 ta;
📍Fargʻona viloyatida – 11 754 ta;
📍Samarqand viloyatida – 11 051 ta.

Joriy yil 24-iyul holatiga AAA toifadagi 236 ta tadbirkorlik subyektiga 421 ta ariza bo'yicha ortiqcha QQS toʻlovidan 400,1 mlrd soʻm mablagʻlar bir kun muddatda qoʻshimcha tekshiruvlarsiz qaytarilgan. Shundan, 83,8 mlrd so‘mi iyul oyining o‘tgan davrida 116 ta ariza bo'yicha 102 ta tadbirkorlik subyektiga qoplab berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi
Barqarorlik reytingida yuqori natijaga erishish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun- tadbirkorlarga yetkazish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlardan ko‘zlangan maqsad – o‘rta, qoniqarli va quyi toifadagi tadbirkorlik subyektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur maslahatlar berish hamda ularni yuqori toifaga olib chiqish.

Xususan, mas’ul xodimlar Marg‘ilon shahrida Tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "NARIMTEKS" MChJga tashrif buyurib, subyekt “A” ya’ni yuqori toifada turganligi, aslida esa ularda yanada yuqori toifaga chiqish imkoniyatlari yetarli ekanligi tushuntirildi va zarur tavsiyalar berildi.
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarni Barqarorlik reytingida yuqori toifaga chiqishiga ko’maklashish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o’tkazilmoqda.

Unda Barqarorlik reytingida o‘rta, qoniqarli va quyi toifadan joy olgan subyektlarning ko‘rsatkichlarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, mas’ul xodimlar Farg‘ona shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Fergana avtomat raschot" MChJga tashrif buyurib, subyekt “BBB” toifada ekanligi hamda ball olish imkoniyati yuqori bo’lgan ko’rsatkichlar batafsil tushuntirildi va zarur tavsiyalar berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

Asosiy maqsad – tadbirkorlarni yuqori toifaga olib chiqish

Tadbirkorlarni Barqarorlik reytingida yuqori toifaga chiqishiga ko’maklashish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan soliq to‘lovchilar bilan yuzma-yuz muloqotlar o’tkazilmoqda.

Unda Barqarorlik reytingida o‘rta, qoniqarli va quyi toifadan joy olgan subyektlarning ko‘rsatkichlarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, mas’ul xodimlar qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Farg'ona ta'minot savdo" MChJga tashrif buyurib, jamiyat vakillariga reyting mohiyati yetkazildi. Shuningdek, korxona 60 ball bilan "B" toifada ekanligi hamda qo‘shimcha ball olish imkoniyati yuqori bo’lgan ko’rsatkichlar batafsil tushuntirildi va zarur tavsiyalar berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

Reytingda yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan.

Birinchisi – 10 ta umumiy mezon.
Mazkur mezonlar orqali tadbirkor 100 ball olish imkoniyati mavjud.

Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Bu mezonlar qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritish ko‘payib ketsa ishlaydi.

Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon.
Ijtimoiy reyestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi.

Tadbirkorlik subyektlarini baholashda faoliyatni uzoq davom ettirish, soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etish, soliqlarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lash kabi holatlar asosiy rol o‘ynaydi.

❗️Soliq majburiyatlarini vaqtida va ixtiyoriy bajarish reytingda yuqori ball olishni kafolatlaydi.

Telegram I Facebook