Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.94K subscribers
4.72K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Qo‘shtepa tumani 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar muammolari o‘rganildi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Qo‘shtepa tumani Qo‘rg‘oncha MFY aholisi uchun xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan ochiq muloqotda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalarni qiynayotgan muammolarga qaratildi. 14 nafar fuqarodan kelib tushgan murojaatlar yaqindan o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda mas’ullarga biriktirildi.

Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan “Temir daftar” va “Ayollar daftari” turuvchi fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Shuningdek, nikoh to‘yiga hozirlik ko‘rayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqaroga ham sektor rahbari sovg‘alari berildi.

#sayyor_qabul #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Oltiariq tumani 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar muammolari o‘rganildi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Oltiariq tumani Oqbo‘yra MFY aholisi uchun xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan ochiq muloqotda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalarni qiynayotgan muammolarga qaratildi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yaqindan o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda mas’ullarga biriktirildi.

Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” turuvchi fuqarolarga daromad topish maqsadida tikuv mashinasi, motokultivator hamda kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi, shuningdek, sog’lig’ida muammosi bor fuqarolarga nogironlik aravachasi berildi.

#sayyor_qabul #4_sektor
Qo‘qon shahar 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Qo‘qon shahar Islomobod MFY aholisi uchun xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan ochiq muloqotda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalarni qiynayotgan muammolarga qaratildi. 15 nafar fuqarodan kelib tushgan 17 ta murojaatlar yaqindan o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda mas’ullarga biriktirildi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan Bog‘bonon ko‘chasida yashovchi D.Meliboevaga daromad topishi uchun pech hamda pishiriqlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, ushbu ko‘chada yashovchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan F.Jontemirovaga farzandini salomatligida muammosi borligi sababli Toshkent tibbiyot instituti shifoxonasiga operatsiya muolajalarini o‘tkazish uchun bepul yo‘llanma (order) taqdim etildi. Shuningdek, 12 nafar fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Shu bilan birga, murojaatlarga asosan 2 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.

#sayyor_qabul #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Beshariq tumanida 4-sektor rahbarining sayyor qabuli o‘tkazildi

Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Adxamjon Tillavoldiyevning sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda tuman hokimi va boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi.

Tadbirda beshariqlik fuqarolardan kredit ajratish, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam olish kabi masalalarga oid 22 ta murojaat kelib tushdi, ularning 17 tasi joyida bartaraf etilgan bo‘lsa, ko‘shimcha vaqt talab etadigan 5 ta masala bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabulda ehtiyojmand fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, nogironlik aravachasi, shuningdek, qo‘shimcha daromad olishni maqsad qilgan fuqarolarga pishiriq pechlari berildi.

#4_sektor #sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Rishton tumani 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar muammolari o‘rganildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Rishton tumani Vohim MFY aholisi uchun xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan ochiq muloqotda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalarni qiynayotgan muammolarga qaratildi. Kelib tushgan murojaatlarga asosan, “Temir daftar” va “Ayollar daftari” turuvchi fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilish orqali kundalik daromad topishni maqsad qilgan yoshlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari yetkazib berildi.

Bundan tashqari, Vohim MFY Guzar ko‘chasida yashovchi ehtiyojmand oilaga 4-sektor ko‘magi bilan qurilayotgan uy ko‘zdan kechirildi.

#sayyor_qabul #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Buvayda tumani 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Buvayda tumani Jov MFY aholisi uchun xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda asosiy e’tibor “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”da turuvchi fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish, ularning bandligini ta’minlash masalalariga qaratildi.

O‘rganishlar natijasida o‘zini o‘zi band qilish orqali doimiy daromad topishni maqsad qilgan Binafsha ko‘chasida yashovchi 3 nafar ayollarga zamonaviy tikuv mashinasi subsidiya asosida yetkazib berildi. Bundan tashqari, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

#sayyor_qabul #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Qo‘qon shahri va Dang‘ara tumani 4-sektor hududidagi aholi muammolari o‘rganildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Qo‘qon shahri va Dang‘ara tumanida xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda asosiy e’tibor “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”da turuvchi fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish, ularning bandligini ta’minlash masalalariga qaratildi.

Misol uchun, o‘zini o‘zi band qilish orqali doimiy daromad topishni maqsad qilgan Qora mulla MFY Obod ko‘chasida yashovchi U.Egamovga noutbuk sovg‘a qilingan bo‘lsa, tikuvchilik sir-asrorlarini o‘zlashtirgan xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinalari, shuningdek, pishiriq pechlari yetkazib berildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, nogironlik aravachalari berildi.

#sayyor_qabul #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Quva tumanida 4-sektor rahbari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi

Quva tumani Qoraqum mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu jarayonda uchrayotgan muammolar va aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan masalalarni o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Maqsudxon Mamatxanov hamda tumandagi barcha sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolarning hudud infratuzilmasini yaxshilashga, shuningdek, ularni qiynayotgan boshqa masalalarga oid 20 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi. O‘ndan ortiq masalalar shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

#4_sektor #sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Quvasoy shahrida sayyor qabul tashkil etildi

Aholi muammolariga yaqindan quloq tutish va ularni joyida bartaraf etish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi, viloyat 4-sektor rahbariyati tomonidan Quvasoy shahrida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda 16 nafar fuqarodan kelib tushgan murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullar biriktirilib, tezkor choralar ko‘rildi.

Xususan, o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad topishni maqsad qilgan I.Egamovga, uning murojaatiga asosan, motokultivator yetkazib berildi. Xuddi shunday maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan fuqaro D.Hamraliyeva esa zamonaviy tikuv dastgohi bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, qabul davomida 4 nafar fuqaroga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, yana bir fuqaroga esa havo kompressori yetkazib berildi.

#sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Qo‘qon shahrida viloyat sektorlari rahbarlarining sayyor qabuli o‘tkazildi

Aholi muammolarini yaqindan o‘rganish, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish maqsadida viloyat sektorlari rahbarlari ishtirokida Qo‘qon shahrida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

O‘z muammosiga yechim izlab qabulga kelgan har bir fuqaroning murojaati Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Maqsudxon Mamatxanov tomonidan diqqat bilan tinglandi.

Sayyor qabul jarayonida 20 nafardan ortiq fuqaroning soliq rejimini o‘zgartirish, ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarish, ishga joylashish, shuningdek, moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari kelib tushdi. Qonun doirasida ortiqcha to‘lovni qaytarish, kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish kabi murojaatlarga shu kunning o‘zida ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar mas’ullarga biriktirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

#sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan Qo‘shtepa tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Fuqarolar bilan yaqindan muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ijobiy hal etish choralarini ko‘rish maqsadida viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan Qo‘shtepa tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda Marg‘ilon shahri, Yozyovon, Qo‘shtepa va Toshloq tumanlarida yashovchi fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbirda 4-sektor rahbari M.Mamatxanov ham murojaatchilar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Qabulda sektor rahbariga fuqarolardan hisobotlarni topshirish, deklaratsiya, ko‘chma savdo, ortiqcha to‘lovni qaytarish, ichimlik suvi, moddiy-yordam ko‘rsatish kabi masalalariga oid 20 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarning aksariyati qabulning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrim vaqt talab qiladiganlari mas’ullarga biriktirildi. Shu bilan birga, tadbir jarayonida ehtiyojmand oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

#sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Beshariq tumanida aholi muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi, 4-sektor rahbariyati tomonidan aholi muammolarini yaqindan o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Beshariq tumanida xonadonbay tarzida sayyor qabul o‘tkazildi.

Dastlab 4-sektor rahbariyati Yuqori Zarqaynar MFYdagi muammolarni hal qilishga mas’ul bo‘lgan “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, soliq bazasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng 4-sektor hududidagi fuqarolar muammolari o‘rganildi hamda 15 dan ortiq kelib tushgan murojaatga asosan 3 ta ehtiyojmand oilaga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, 3 nafar talabaga kontrakt pulining bir qismini qoplash uchun sertifikat, bir fuqaroga eshitish moslamasi, shuningdek, 6 ta oilaga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.

#sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Marg‘ilon shahrida sayyor qabul o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida aholi bilan yaqindan muloqot qilish, muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabullar davom ettirilmoqda.

Navbatdagi qabul Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tdi, unda viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati ham bevosita ishtirok etib, fuqarolar muammolarini yaqindan tingladi.

Qabul davomida yer va mol-mulk soliqlari, qo‘llanilgan ma'muriy jarimalarni qayta ko‘rib chiqish, ortiqcha to‘lovni qaytarish, moddiy yordam ko‘rsatish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida aksariyat murojaatlarga ijobiy yechim topildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

#sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube