Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
5.18K photos
566 videos
43 files
2.6K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Quva tumani DSI xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, ayni paytda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

Xususan, Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ham 4-sektor hududida ko‘p qavatli uylar atrofidagi bo‘sh turgan yer maydonlarida hashar o‘tkazdilar.

Tadbir davomida sektor hududiga 1800 tupdan ortiq manzarali, mevali va gul ko‘chatlari ekildi.

#yashil_makon

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliqchilar “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqdalar

Farg’ona viloyati soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Farg’ona shahar O’rmonchilar
MFY hududidagi bo’sh turgan yer maydonida daraxt ekish tadbiri bo’lib o’tdi.

Unda viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i Maqsudxon Mamatxanov va shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etdilar.

Yangi barpo etilayotgan 1 gektarli bog’da ming tupga yaqin manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi.

#yashil_makon

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
"Soliqchilar bog‘i" barpo etildi

Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida soliq xizmati organlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Farg’ona viloyati soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Toshloq tumani Yuqori qishloq MFY hududidagi qarovsiz yotgan yer maydoni shudgor qilinib, “Soliqchilar bog’i” barpo etildi.

Daraxt ekish tadbirida viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i Maqsudxon Mamatxanov va shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etdilar.

Yangi barpo etilayotgan 50 sotixli bog’da mevali ko‘chatlar ekildi.

#yashil_makon

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube