Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
5.01K photos
549 videos
42 files
2.54K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Soliqchilar “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqdalar

Farg’ona viloyati soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Farg’ona shahar O’rmonchilar
MFY hududidagi bo’sh turgan yer maydonida daraxt ekish tadbiri bo’lib o’tdi.

Unda viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i Maqsudxon Mamatxanov va shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etdilar.

Yangi barpo etilayotgan 1 gektarli bog’da ming tupga yaqin manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi.

#yashil_makon

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-noyabr

oktabr oyi uchun:

🔹QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1 va 2 qismlar);

🔹agar oktabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5 qism);

🔹norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

🔹yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4 qismlar);

noyabr oyi uchun:

🔹suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

Telegram
#QQS #chek_tahrirlash

🗓 Bugun, 20-noyabrQQS toʻlovchilar uchun oktabr oyida onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni tuzatishning oxirgi kuni.

QQS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni QQS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.
👉 VMQ-943-son 1-ilova 31(1)-band 23.11.2019 y.
___________

#НДС #корректировка_чека

🗓 Сегодня, 20 ноября последний день для исправления плательщиками НДС технических ошибок при оформлении чеков продажи онлайн-ККТ за октябрь.

Плательщики НДС могут исправить технические ошибки, допущенные при оформлении чека продажи онлайн-ККТ, до окончания срока представления налоговой отчетности по НДС .
👉п. 31(1) Прил.№1 к ПКМ №943 от 23.11.2019 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar uchun soliq imtiyozlari beriladi

2028-yil 1-yanvarga qadar:
▫️budjet tashkilotlari,
▫️davlat korxonalari,
▫️ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib oladigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanmasi, shuningdek ularning importi QQSdan ozod qilinadi.
(tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablagʻlar bundan mustasno)

👉 PF-195 16.11.2023

📌Farmonda nazarda tutilgan imtiyoz Soliq kodeksiga kiritilgandan soʻng qoʻllanilishi mumkin.

👉 Soliq kodeksi 2- va 75- moddalar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tadbirkorning murojaati Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasining 2023-yil 14-avgustdagi tegishli buyrug‘iga asosan, Soliq kodeksining 138-moddasi talablari bo‘yicha "PURE GAS SERVIS" MChJning (keying o‘rinlarda tashkilot) 2022-yil yanvar-dekabr oylaridagi faoliyatida QQS va foyda solig‘i to‘g‘ri hisoblanishi yuzasidan kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilgan.

Natijada, tashkilot tomonidan 2022-yil soliq davrida soliq to‘lamaslik xavfi yuqori bo‘lgan hamda QQS guvohnomasi bekor qilingan "MUBINAXON ABDULLOH" MChJ bilan 6 xil turdagi mahsulotlar uchun bitimlar tuzilganligi va 260,8 mln so‘mlik QQS asossiz hisobga olinganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, tashkilot tomonidan 2022-yil uchun taqdim etilgan foyda solig‘i hisobotida xarajatlar tarkibi oshirib ko‘rsatilganligi aniqlanib, 12,4 mln so‘m qo‘shimcha soliq hisoblangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib korxonaga 2023-yil 28-sentabr kuni QQS va foyda solig‘idan qariyb 273 mln so‘m miqdoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish yoki qayta hisobot yuborish uchun talabnoma yuborilgan.

Talabnomaga tashkilot tomonidan 5 kunlik muddatda javob xati, qayta hisobot yoki aniqlangan kamchiliklar yuzasidan asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilishi lozim bo‘lsada, 2023-yil 13-noyabr kuniga qadar biror hujjat taqdim etilmagan.

Shu bois, Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan, tashkilotning bankdagi hisob raqamlari vaqtinchalik to‘xtatilgan.

2023-yil 14-noyabr kuni tashkilot tomonidan javob xati taqdim etilgan bo‘lsada, unda kontragenti bilan tuzilgan shartnomalar yoki boshqa asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilmagan.

2023-yil 17-noyabr kuni QQS uchun 140,6 mln so‘mga qisman qayta hisobot taqdim etilgan.

Joriy yil 20-noyabr kuni Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimlari hamda tadbirkor o‘rtasida yuzma-yuz muloqot bo‘lib o‘tdi, aniqlangan kamchiliklar batafsil tushuntirildi.

Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksining 14- va 15-moddalariga asosan, soliq munosabatlarida soliq to‘lovchilar kontragentlarni tanlash chog‘ida ularning soliq organlarida soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganligini, kontragentning ishbilarmonlik obro‘sini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi shart, shuningdek, qalbaki (ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan) bitimlar soliq solish maqsadida hisobga olinmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#kameral_soliq_tekshiruvi

🔎Kameral soliq tekshiruvi - soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o‘tkaziladi.

Kameral soliq tekshiruvi
quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
🔹tahlika-tahlil dasturi ma’lumotlari asosida soliq qonunchiligi buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjud bo‘lganda;
🔹soliq to‘lovchi taqdim etgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolar aniqlanganda;
🔹soliq qonunchiligi talablarining buzilish holati haqida jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati soliq organiga tushganda;
🔹oldin taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan soliq summasini kamaytiradigan yoki ko‘rilgan zarar summasini ko‘paytiradigan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda.

Kameral soliq tekshiruvi soliq organi buyrug‘i asosida o‘tkaziladi.

👉VMQ 1-son 2-ilova 07.01.2021-yil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#kameral_soliq_tekshiruvi

Soliq hisobotlaridagi tafovut va xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etish tekshiruv va jarimalarning oldini oladi

Bugungi kunda kameral soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchining ishtirokisiz, uning hududiga bormasdan hamda hujjatlarni talab qilmagan holda masofadan o‘tkazilmoqda.

🔹Kameral soliq tekshiruvi jarayonida quyidagilar taqiqlandi:
▫️soliq toʻlovchining hududiga kirish;
▫️soliq toʻlovchining hududini va binolarini koʻzdan kechirish;
▫️soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
▫️soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish.
❗️QQSni qoplash (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno.

📃Agar o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi yakuni bilan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan bo‘lsa, soliq to‘lovchiga soliq hisobotlariga tuzatishlar kiritish imkoni beruvchi talabnoma yuboriladi.

🗓Soliq to‘lovchi talabnoma olingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga soliq organiga taqdim etishi lozim.

🔹Mazkur holatda berilgan imkoniyat va yengillikdan foydalanib, soliq hisobotlaridagi tafovut va xatolar mustaqil bartaraf etilsa, soliq to‘lovchida soliq auditi oʻtkazilishi hamda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi oldi olinadi.

❗️Agar soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoxud tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa, soliq to‘lovchiga Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq soliq auditi tayinlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt