Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.32K photos
586 videos
43 files
2.67K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti va to‘lov topshiriqnomalarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉 Soliq kodeksi 220-modda

Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YTTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 2-qism

Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 5-qism

Soliq organlarining axborot tizim orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
👉 MJTK 309-prim 3-modda / Soliq kodeksi 56-modda

*2024-yil 1-oktabrdan boshlab BHM 1 baravari = 375 000 so‘m

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi ishga taklif etadi!

Uchko‘prik va O‘zbekiston tumanlari soliq inspeksiyalaridagi vakant lavozimlarga ishga kirish uchun tanlov (suhbat asosida) o‘tkazilmoqda.

Tanlovda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari hamda huquq sohalarida oliy ma'lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov suhbat asosida o‘tkaziladi.

Batafsil ma'lumot
uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:
☎️73-241-70-80;
📞90-535-68-85.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi

#vakansiya #fergana #soliq

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2025-yil 17-fevral

yanvar oyi uchun:

👉 hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

👉 aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi);

2024-yil uchun:

👉 yil yakunlari boʻyicha hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

👉 Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan mol-mulk soligʻi toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 10-qismi);

👉 yil yakunlari bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_hisobotlari #AOS

17-fevral – AOS hisobotini taqdim etish va to'lashning oxirgi kuni

▫️2024-yil uchunpaket kodi 10104_33
▫️2025-yil yanvar oyi uchun paket kodi 10104_35

AOS hisoboti onlayn-NKT va EHF ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

📱 Videoqo‘llanma

Asosiy soliq stavkasi 4% saqlanib qoldi, elektron savdo uchun bu stavka 3% bo‘ldi.

Chakana savdo sohasida va dorixona tashkilotlari uchun stavkalar faoliyatni amalga oshiradigan joyiga bog‘liq.

Soliq to'lovchilar aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy summada to‘lash huquqiga ega:
📉yillik jami daromadi 500 mln so'mgacha – yiliga 30 mln so‘m;
📈yillik jami daromadi 500 mln so‘mdan yuqori - yiliga 40 mln so‘'m.

Qat’iy summada aylanmadan soliq to‘lovchilar ushbu soliq bo‘yicha, dividend ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha va moliyaviy hisobotlarni topshirmaydilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS

QQS bo‘yicha o‘zgarishlar

2025-yilda QQS stavkasi 12% miqdorida saqlanib qolindi.

QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar o‘zgarmaydi.

2025-yil 1-iyuldan yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlari QQSga tortiladi.
Avval soliqdan ozod etilgan edi.

Davlat mol-mulkini, shu jumladan mulk huquqi asosida qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish QQSga tortilmaydi.

👉 Soliq kodeksi 243-modda

Mahsulotlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

▫️kontrakt (kontrakntning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);

▫️tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi (Ilgari O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tovarlarni olib chiqish uchun bojxona organining belgisi bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi);

▫️O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlari (ilgari tovar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan)

Bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga taqdim etiladigan tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi.

👉 Soliq kodeksi 261-modda

QQSdan quyidagilar ozod qilinadi:

▪️2027-yil 1-yanvargacha – Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha protez moslamalarini va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O'zbekiston hududiga olib kirish;

▪️2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha - O'zbekiston rezidentlari bo'lgan vagon (konteyner)lar operatorlarining temir yo'l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartnomasi asosida foydalanishga berish xizmatlari;

▪️2030-yil 1-yanvargacha - O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda ularning faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, zamonaviy o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnika resurslari.

Shuningdek, budjet tashkilotlarining Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi qaysi infratuzilma loyihalari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar) QQSdan ozod etilishiga aniqlik kiritildi:
▫️elektr, gaz va issiqlik ta'minoti;
▫️suv ta'minoti va kanalizatsiya;
▫️suv xo'jaligi;
▫️yo'l-transport infratuzilmasi;
▫️aloqa va telekommunikatsiya;
▫️agrologistika;
▫️sanitariya jihatdan tozalash;
▫️qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish
.
Imtiyoz loyiha ishtirokchilariga ham qo‘llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 20-fevral

yanvar oyi uchun:

🔹 QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);

🔹 dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

🔹norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq agenti tomonidan soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

🔹 yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari);

fevral oyi uchun:

🔹 soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti va to‘lov topshiriqnomalarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉 Soliq kodeksi 220-modda

Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YTTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 2-qism

Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 5-qism

Soliq organlarining axborot tizim orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
👉 MJTK 309-prim 3-modda / Soliq kodeksi 56-modda

*2024-yil 1-oktabrdan boshlab BHM 1 baravari = 375 000 so‘m

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2025-yil 24-fevral

fevral oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2025-yil 3-mart

2024-yil uchun:

- soliq davri yakunlari boʻyicha foyda soligʻi hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi 5-qismi va 340-moddasi 1-qismi);

- mol-mulk soligʻi hisobotini soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 2- va 8-qismi);

- Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan (bundan qishloq xoʻjaligi korxonalari mustasno) suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 447-moddasi 3-qismi va 448-moddasi 5-qismi);

- foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi soliq hisobotini soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-prim 7-moddasi 2- va 3-qismi);

- xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan foyda soligʻini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 480-moddasi 1-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_hisobotlari #AOS

17-mart – AOS hisobotini taqdim etish va to'lashning oxirgi kuni

▫️2025-yil fevral oyi uchun paket kodi 10104_35

📱 Videoqo‘llanma

Asosiy soliq stavkasi 4% saqlanib qoldi, elektron savdo uchun bu stavka 3% bo‘ldi.

Chakana savdo sohasida va dorixona tashkilotlari uchun stavkalar faoliyatni amalga oshiradigan joyiga bog‘liq.

Soliq to'lovchilar aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy summada to‘lash huquqiga ega:
📉yillik jami daromadi 500 mln so'mgacha – yiliga 30 mln so‘m;
📈yillik jami daromadi 500 mln so‘mdan yuqori - yiliga 40 mln so‘m.

Qat’iy summada aylanmadan soliq to‘lovchilar ushbu soliq bo‘yicha va dividend ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha hisobotlarni topshirmaydilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube