Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.73K photos
524 videos
42 files
2.43K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_imtiyoz

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “E-imtiyoz” tizimi ishlab chiqilmoqda.

💻Tizimning asosiy vazifalari – imtiyozlar samaradorligini aniqlash, ularni hisobini yuritish, to‘laqonli sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishdan iborat.

🔗Buning uchun tizimda mavjud imtiyozlar foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha tashkilot, tovar, xizmat, obyekt, operatsiya va jismoniy shaxs kategoriyalariga ajratiladi.

🆔Ushbu axborot tizimida qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda har bir soliq turlari kesimida imtiyoz uchun unikal kod (ID-raqam) beriladi.

Tizimga har bir mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi bo‘yicha foydalanilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar biriktirilib, elektron hisobvaraq-faktura shakllantirilgan vaqtda imtiyozlar avtomat paydo bo‘ladi. Bu soliq hisobotlarini qayta topshirish ehtimolini kamaytirib, soliqlarni to‘g‘ri hisoblanishini taʼminlaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#e_imtiyoz

E-imtiyoz tizimiga amaldagi 3 932 ta soliq imtiyozi kiritilgan va har biriga alohida ID-kod biriktirilgan.

Tizimda mavjud imtiyozlar:
🔸16 252 ta tovarga;
🔸200 ta xizmatga;
🔸4 812 ta tashkilotga biriktirilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e_imtiyoz

“Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati yaratildi

Korxona, mahsulot yoki xizmat uchun soliq imtiyozi belgilangan. Lekin EHF rasmiylashtirishda yoki soliq hisobotlarini to‘ldirishda ayrim hollarda imtiyoz avtomatik shakllanmasa qanday yo‘l tutish kerak?

🎞Batafsil videoqo‘llanmada

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#e_imtiyoz

Soliq imtiyozlaridan foydalanish to‘g‘risidagi murojaatlar tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi

Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan soliq imtiyozlarini to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilgan.

Tizim soliq organlarini imtiyozlardan foydalanish haqida oldindan xabardor qilish imkonini beradi. Buning uchun my.soliq.uz saytidagi “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmatidan foydalanish lozim.

❗️Murojaatlarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish, O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari haqida tushuntirishlar berish, shuningdek yuzaga kelayotgan masalalarni zudlik bilan hal etish maqsadida ishchi guruh tuzildi.

📞Agar maʼlum bir imtiyoz aks ettirilmasa 71-202-32-32 (ichki raqamlar: 491,492,499), 71-244-97-48 telefon raqami yoki “Tadbirkor va Soliqchi” telegram guruhiga murojaat qiling.
_____________________

Обращения об использовании налоговых льгот рассматриваются в ускоренном порядке

Специалистами Государственного налогового комитета разработана автоматизированная информационная система, предназначенная для совершенствования механизмов полного и своевременного учета налоговых льгот.

Система позволяет заранее уведомить налоговые органы об использовании льгот. Для этого следует воспользоваться интерактивной услугой для подачи обращений на сайте my.soliq.uz.

❗️С целью оперативного рассмотрения данных обращений, разъяснения налоговых льгот, предусмотренных нормативно-правовыми актами и международными договорами Республики Узбекистан, а также ускоренного решения возникающих вопросов, создана рабочая группа.

📞Если определенная льгота не отображается, просим обращаться по телефону 71-202-32-32 (внутренние номера: 491,492,499), 71-244-97-48 либо в телеграм-группу «Тадбиркор ва солиқчи».

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_imtiyoz

Mahallalarda tashkil etiladigan mikromarkazlar uchun yer va mol-mulk solig‘i stavkasi 50% miqdorda qo‘llaniladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining muvofiq, mahallalarda tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega
🔸sanoat;
🔸hunarmandchilik;
🔸kasanachilik;
🔸chorvachilik
mikromarkazlari foydalanishga topshirilgan kundan 3 yil muddatga mikromarkazlar obyektlari va ular joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkasi 50% miqdorida qo‘llaniladi.
👉PQ–331-son, 25.07.2022 y.

📌Ushbu imtiyozlar davlat soliq xizmati organlarining E-imtiyozaxborot tizimiga quyidagi ID-raqamlari bilan kiritilgan.
🔹mol-mulk solig‘i – ID-04042
🔹yer solig‘i – ID-104043

👉yer solig‘i hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma
👉mol-mulk solig‘i maʼlumotnoma shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_imtiyoz

Hisobotlarda soliq imtiyozlarini to‘g‘ri va avtomat shakllanishi uchun “E-imtiyoz” orqali murojaat qoldiriladi.

E-imtiyoz” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan:
✔️ yuridik shaxslar;
✔️QQS va AOS to‘lovchilari bo‘lgan YATTlar foydalanadi.

👉 "E-imtiyoz AAT" my.soliq.uz soliq to'lovchi shaxsiy kabinetining «Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat» bo'limida joylashgan.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_imtiyoz

Hisobotlarda soliq imtiyozlarini to‘g‘ri va avtomat shakllanishi uchun “E-imtiyoz” orqali murojaat qoldiriladi.

E-imtiyoz” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan:
✔️ yuridik shaxslar;
✔️QQS va AOS to‘lovchilari bo‘lgan YATTlar foydalanadi.

👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha my3.soliq.uz portalidagi soliq to'lovchi shaxsiy kabineti orqali murojaat yuborish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt