Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.72K photos
524 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#antikorrupsiya #uchrashuv

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Marg‘ilon va Quvasoy shaharlari, Bag‘dod, Buvayda va Uchko‘prik tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berdilar.

Uchrashuvlarda xodimlarga vazifalarini sidqidildan bajarishi, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni yaratish va bunda birdamlikning muhim ahamiyati tushuntirilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 25-sentabr

sentabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).

❗️Izoh
. Avvalroq foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirilgani haqida xabar berilgan edi.

Soliq toʻlovchi har chorak birinchi oyining 15-sanasidan kechiktirmay boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega.
👉Soliq kodeksining 340-moddasi

Shunga koʻra, joriy chorak uchun umumiy daromadi 5 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan 15-iyulgacha maʼlumotnoma taqdim etilgan.

Shu munosabat bilan, sentabr oyi uchun soliq to'lovi III chorak uchun taqdim etilgan ushbu ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Oktabr oyidan boshlab umumiy daromadi 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar foyda soligʻi boʻyicha bo‘nak toʻlovlarini amalga oshiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Yuridik shaxslarning ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉 Youtube orqali ko‘rish

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tayinlov

Viloyatimiz soliq tizimida ilk ayol rahbar: 7 ta soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Soliq qo‘mitasi Raisining buyrugʻi bilan viloyatimizdagi 7 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi.

🔹Nurmatova Saidaxon Bokiyevna Rishton tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Saidaxon Nurmatova 1980-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Rishton tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔹Toshaliyev Baxtiyor Ergashevich Quvasoy shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Baxtiyor Toshaliyev 1984-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Quva tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔹Mirzayev Zuxriddin Ummatovich Marg‘ilon shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Zuxriddin Mirzayev 1987-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Qo‘shtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔹Komilov Yusufjon Yakubovich Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Yusufjon Komilov 1989-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Qishloq xo‘jalik korxonalari daromadlarini soliqqa tortish sho‘basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔹Axunov Avazbek Urmonovich Quva tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Avazbek Axunov 1985-yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida tu‘g‘ilgan. Bunga qadar Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔹Marayimov Inomjon Davlatovich Qo‘shtepa tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Inomjon Marayimov 1985-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Soliq nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔹Xudoynazarov Xurshid O‘ktamovich Toshloq tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Xurshid Xudoynazarov 1988-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Soliq qoʻmitasi Tekshiruvdan oldingi tahlil bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
So‘xlik tadbirkorlar qariyb 12 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi

Soliq kodeksining 480-moddasiga asosan, ayrim hududlar, xususan, So‘x tumanida maxsus soliq stavkalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi soliq solishning alohida tartibi belgilangan.

❇️Ushbu hududda faoliyat ko‘rsatayotgan soliq to‘lovchilar pasaytirilgan soliq stavkalarini qo‘llab kelmoqda:

🔸foyda solig‘i, AOS, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq bo‘yicha 1 %;

🔸YaTT uchun har chorakda qat’iy belgilangan soliq uchun 25 ming so‘m, ijtimoiy soliq bo‘yicha BHMning kamida bir baravari miqdorida;

🔸 yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qo‘llagan holda to‘lanishi belgilangan.

So'x tumanida faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilar 2023-yil yanvar-iyun oylarida 11,8 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bazaviy stavkalari
(dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bundan mustasno)

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bazaviy stavkalarini tuman (shahar)larning mahallalari kesimida o'z hududingizni tanlagan holda bilib olishingiz mumkin👉

📍Quvasoy sh.;
📍Qo‘qon sh.;
📍Marg‘ilon sh.;
📍Farg‘ona sh.;
📍Beshariq t.;
📍Bag‘dod t.;
📍Buvayda t.;
📍Dang‘ara t.;
📍Yozyovon t.;
📍Quva t.;
📍Oltiariq t.;
📍Qo‘shtepa t.;
📍Rishton t.;
📍So‘x t.;
📍Toshloq t.;
📍Uchko‘prik t.;
📍O‘zbekiston t.;
📍Farg‘ona t.;
📍Furqat t.

Misol: Farg‘ona shahri Shodlik MFYda yashovchi fuqaro A.ning xonadoni umumiy yer maydoni 600 kv.m (6 sotix), qishloq xoʻjaligi uchun moʻljalanmagan yerlar boʻyicha tasdiqlangan soliq stavkalariga koʻra, ushbu hudud boʻyicha 1 kv.m uchun yer soligʻi stavkasi 357 soʻm. Shundan kelib chiqib, ushbu fuqaroga 2023-yil uchun hisoblanadigan yer soligʻi summasi 600 x 357 = 214 200 soʻmni tashkil qiladi.

❗️Eslatib o'tamiz, yer va mol-mulk soliqlari jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to'lanishi lozim.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
#MXIK

1-oktabrgacha AKT sohasidagi xizmatlar uchun MXIKlar ro‘yxatini yangilang

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro‘yxati tasdiqlangan.
👉VMQ 447-son 04.09.2023 yil

Mazkur qarordan kelib chiqib, Mahsulotlar (tovar va xizmat)larning yagona elektron milliy katalogida ushbu soha xizmatlariga biriktirilgan MXIKlar inventarizatsiyadan o‘tkazilgan.

Inventarizatsiya natijasida kodlar strukturasi va tuzilishi o‘zgartirildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi MXIKlarning yangilangan ro‘yxati Katalogga joylashtirilgan. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab undan foydalanish majburiy bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, hozirda nazorat-kassa texnikalarida amal qilayotgan kodlarni belgilangan sanagacha qayta tekshirib chiqish hamda taklif etilayotgan kodlarga o‘zgartirish tavsiya etiladi.

📞Savollar va takliflar bo‘yicha 71-202-32-32 raqami orqali katalog Operatoriga murojaat qilishingiz mumkin.
__________
#ИКПУ

До 1 октября обновите ИКПУ для услуг в сфере ИКТ

Утвержден перечень видов услуг в сфере информационно-коммуникационных технологий (ИКТ).
👉ПКМ №447 от 4.09.2023

Исходя из этого, в Едином электронном национальном каталоге продукции (товаров и услуг) проведена инвентаризация ИКПУ в этой сфере.

В результате инвентаризации изменены структура и состав кодов. Обновленный перечень ИКПУ в сфере информационно-коммуникационных технологий размещен в Каталоге. Его использование станет обязательным с 1 октября 2023 года.

В связи с этим рекомендуется перепроверить коды, используемые в настоящее время в онлайн контрольно-кассовой технике, и заменить их на утвержденные ИКПУ к указанной дате.

📞По вопросам и предложениям обращайтесь к оператору Каталога по телефону 71-202-32-32.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_imtiyoz

Hisobotlarda soliq imtiyozlarini to‘g‘ri va avtomat shakllanishi uchun “E-imtiyoz” orqali murojaat qoldiriladi.

“E-imtiyoz” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan:
✔️ yuridik shaxslar;
✔️QQS va AOS to‘lovchilari bo‘lgan YATTlar foydalanadi.

👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha my3.soliq.uz portalidagi soliq to'lovchi shaxsiy kabineti orqali murojaat yuborish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Quva tumanida 4-sektor rahbari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi

Quva tumani Qoraqum mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu jarayonda uchrayotgan muammolar va aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan masalalarni o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Maqsudxon Mamatxanov hamda tumandagi barcha sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolarning hudud infratuzilmasini yaxshilashga, shuningdek, ularni qiynayotgan boshqa masalalarga oid 20 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi. O‘ndan ortiq masalalar shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

#4_sektor #sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt