Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#raqamlashtirish #keshbek

Farg‘onalik iste'molchilar yanvar-fevral oylarida 9,8 mlrd so‘m keshbek olgan

Joriy yilning dastlabki ikki oyida (27-mart holatiga) respublika bo‘yicha iste’molchilarga 50 mlnta chek uchun 158,9 mlrd so‘m keshbek to'langan.

To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 65,1 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 17,1 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 13,4 mlrd so‘m;
📍FARG‘ONA VILOYATI - 9,8 mlrd so‘m;
📍Qashqadaryo viloyati - 7,5 mlrd so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #murojaatlar

Call-markaziga mart oyida Farg‘ona viloyatidan 2,5 mingdan ortiq murojaat yo‘llandi

2023-yil mart oyida Soliq qo'mitasi Call-markazi (1198)ga respublika bo‘yicha 79 645 ta murojaat yo‘llangan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘ona viloyatida joriy yil 1-choragida 1 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlandi

2023-yil 1-choragida respublika bo‘yicha 37,8 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlangan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 foizga o‘sish kuzatilgan.

📌Soliq tushumlari hududlar kesimida:

📍Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo soliq inspeksiyasi 21,6 trln so‘m (2%📈);
📍Toshkent shahrida 6 trln so‘m (26%📈);
📍Toshkent viloyatida
1,5 trln so‘m (28%📈);
📍Samarqand viloyatida 1,1 trln so‘m (24%📈);
📍FARG‘ONA viloyatida 1 trln so‘m (10%📈);
📍Qashqadaryo viloyatida 987 mlrd so‘m (21%📈).

#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #YaTT

Farg‘ona viloyatida yakka tartibdagi tadbirkorlar soni qariyb 24 mingga yetdi

2023-yil 1-may holatiga respublika bo‘yicha YaTTlar 238 343 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4%ga (12,3 mingta) oshgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘onalik iste'molchilar aprel oyi uchun 5,3 mlrd so‘m keshbek olgan

Joriy yil aprel oyida (29-may holatiga) respublika bo‘yicha iste’molchilarga 26,2 mln chek uchun 89,6 mlrd so‘m keshbek to'langan. To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 36,3 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 10 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 7,6 mlrd so‘m;
📍FARG‘ONA viloyati - 5,3 mlrd so‘m;
📍Namangan viloyati - 4,4 mlrd so‘m.

#raqamlashtirish #keshbek

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

📌Eng ko'p soliq to'lagan TOP-20 ishlab chiqarish korxonasi

Respublika bo‘yicha ishlab chiqaruvchilar tomonidan 4 oyda 12 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #imtiyoz

Farg’onada qariyb 7 ming tadbirkor 512 mlrd so’mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi


Respublika bo’yicha esa joriy yil boshidan 92 mingdan ortiq korxona 20 trln so‘mdan ortiq imtiyozlardan foydalandi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #imtiyoz

Joriy yil boshidan Farg‘onadagi 7 mingdan ortiq korxona qariyb 700 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlardan foydalandi

🗓2023-yilning yanvar-may oylarida respublika bo‘yicha 95 541 ta tashkilot umumiy qiymati 25,7 trln so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan. Shundan 20,9 trln so‘mi (yoki 81,4 %) QQS bo‘yicha (nol stavka hisobga olingan holda).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

600 ming nafardan ortiq farg‘onaliklarning 70 mlrd so‘m qarzi hisobdan chiqarildi

2023-yil 14-iyundagi PQ-192-son qarorga asosan respublika bo‘yicha 5,4 mln nafar jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer solig‘i qarzdorligi uchun hisoblangan 501,9 mlrd so'm penya hisobdan chiqarildi.

Xususan, Farg‘ona viloyatidagi 617 887 nafar jismoniy shaxslarning ham 70,5 mlrd so‘m xuddi shunday qarzidan voz kechildi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi 61 720 nafar yakka tartibdagi tadbirkor uchun JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisoblangan 58,9 mlrd so‘m soliq qarzi, penya va jarimalar hisobdan chiqarildi.

Bundan tashqari, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatdagi 61 ta tadbirkorlik subyektlariga 9,7 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniyati berildi.
👉Soliqlarni kechiktirish yoki bo'lib to'lash bo'yicha videoqo'llanma

👆Hududlar kesimida batafsil maʼlumotlar infografikada.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #mobil_ilova

“Soliq” mobil ilovasining faol foydalanuvchilari soni 4 mln nafardan oshdi

Joriy yilning 30-avgust holatiga “Soliq” mobil ilovasida 4,5 mln nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan, bu bir oy avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 161,4 ming nafar ko‘p.

🤳🏻Faol
foydalanuvchilar – 4,1 mln nafar

🏆Mobil ilova:
🔹Eng ko‘p yuklangan ilovalarda – TOP-10;
🔹“Moliyaviy xizmatlar” toifasi eng ommabop ilovalarida – TOP-5.

🎗Eng ommabop xizmatlar:
Xaridlar uchun keshbek
Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
O‘zini o‘zi band qilish
Soliqlarni to'lash
Soliq hamkor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan TOP-20 korxona

Ular orasida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ) ham bor.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi respublikadagi 72 321 ta yuridik shaxs tomonidan 34,3 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 15,7 trln so‘mdan ziyodi 20 ta soliq to‘lovchi* hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning tovar aylanmasi 135,1 trln so‘m, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 2 trln so‘mni tashkil etgan.

*NKMK va OKMK AJdan tashqari.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘ona viloyatida soliq tushumlari 4,7 trln so‘mni tashkil qildi

2023-yilda Farg‘ona viloyati bo‘yicha soliq organlari tomonidan davlat budjetiga 4 trln 740 mlrd so‘m tushumlar ta’minlandi. Bu 2022-yilga nisbatan (420 mlrd so‘m) 10% ko‘p.

#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliqlarning ixtiyoriy to‘lanish darajasi Farg‘onada 97 foizga yetdi

2023-yilda respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 97 %ni tashkil etdi.

Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar, Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlariga tegishli – 98%;

📍Navoiy, Samarqand, Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlari – 97%;

📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Sirdaryo viloyatlari – 96%.

#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #keshbek

Farg‘onalik iste'molchilar qariyb 7 mlrd so‘m keshbek olgan

Joriy yil boshidan (1-aprel holatiga) respublika bo‘yicha iste’molchilarga 62,6 mln dona chek uchun 101,6 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 53,2 mlrd so‘mi fevral oyida berilgan.

To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 46,8 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 10,3 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 7 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 6,9 mlrd so‘m;
📍Andijon viloyati - 4,4 mlrd so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

2024-yil 1-aprel holatiga Farg‘ona viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 50,4 mingtani tashkil etdi. Shundan 1 746 tasi yanvar-mart oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt